40
teri qatlamida osh tuzining to‘yingan eritmasini hosil qilishdan
iborat. Bu usul bilan konservalashda, osmotik bosimning muhitda
o‘zgarishi, teri oqsillarining fizik-kimyoviy almashinishi va aktiv
guruhlari bilan natriy xloridning kimyoviy bog‘lanishi kuzatiladi.
Bu bilan teri oqsillariga ta’sir etuvchi mikroorganizm va fermentlar
rivojlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Charm xom ashyolari uchun bu usul ko‘proq qo‘llaniladi.
Xom ashyolarga ishlov berishda namligi 5%dan
oshmagan va tuz
chiqindilari juda kam bo‘lgan toza tuzlar ishlatiladi. Birinchi marta
ishlatilgan tuz, ikkinchi marta antiseptik qo‘shilib ishlatilishi
mumkin.
Yaxshi tuzlangan terining dermasi zich va qayishqoq bo‘lib,
nam holatda bo‘lishi kerak. Jun qoplami esa derma bilan
mustahkam bog‘langan bo‘ladi. Katta, kichik cho‘chqa, qo‘y, echki
terilari alohida tuzlanadi. Quyuq tuz eritmasida konservalashda ikki
usul qo‘llaniladi. Birinchi usul bo‘yicha tuzlashda terilar ag‘darma
tomoni bilan yuqoriga qaratilgan cho‘pli javonda ustiga tuz sepilgan
boshqa teri ustiga yaxshilab yoyiladi. Namakob oqishi uchun javon
o‘rtasidan chetlariga qarab egiltirilgan bo‘ladi.
Terining ustiga yana tuz sepilib, qalin joylarga u ko‘proq
sepiladi. Ikkinchi teri ham uning ustiga, ag‘darmasi yuqoriga
qaratilib,
yoqasi yoqaga, dumg‘aza-dumg‘azaga taxlanib, terilar
g‘aramining balandligi 1–1,5 m bo‘lgungacha tuzlanadi.
Kichik xom ashyolar tuzlanib 4–5 sutkaga, katta xom ashyolar
6–7 sutkaga g‘aramlanadi. Bu usul bilan tuzlashda, uning sarfi, xom
ashyo
massasining
40–45%ini
tashkil
qiladi.
Osh
tuzi
aralashmasida, osh tuzi massasiga nisbatan 1,5% natriy ftor silikati
va 1% paradixlor-benzol antiseptiklarni qo‘shib ishlov berilishi
mumkin.
Xorijiy davlatlarda bu usul quruq tuz bilan olib boriladi.
Bunda barabanga tuz va antiseptik solinadi, keyin tozalangan va
yuvib
siqilgan
terilar
yuklanadi.
Bu
usul
mexanizatsiyalashtirilganligi tufayli muddati qisqa.
Ikkinchi usul,
tuzluk usuli deyiladi.
Tuzlukning maqsadi -
terilar osh tuzining quyuq eritmasida ishlov berilib, keyin yana
quruq tuz sepilib g‘aramlanadi. Tuzluk usulida terilar 26 %li osh
tuzi eritmasida saqlanadi, uning kontsentratsiyasi har 6 soatda osh
tuzi qo‘shish bilan 4–6 marta tartibga keltiriladi.
41
Eritmaga (1–2g/l) miqdorida natriy ftor silikati antiseptik
sifatida solinadi. Tuzluk usuli jarayonining
umumiy muddati teri
massasi, ishlov beradigan apparatning hajmi va turiga qarab 26–24
soatni tashkil qiladi. Suyuqlik koeffitsienti 2,5–4, optimal harorat
15
o
С ni tashkil qiladi va u 20
o
С dan yuqori, 10
o
С dan kam
bo‘lmasligi kerak. Tuzluk usulini chanda, barkasda va osma
barabanlarda olib borish mumkin. Tuzlukdan chiqqan terilardan suv
oqishi uchun kamida u 2 soat yotqizib qo‘yiladi. Tuzluklash
tugagach, terilar toza so‘yilgan xom ashyo massasiga nisbatan yana
15–25 % quruq tuz bilan qo‘shimcha tuzlanib,
terilar javonda
g‘aramlanadi.
Tuzluk usulida konservalangan xom ashyo birinchi usul
tuzlashga qaraganda saqlashga ancha chidamli, maydoni bo‘ylab
yaxshi tekis konservalangan, nuqsonlari, iflosligi va eruvchan
oqsillar miqdori kamligi bilan farq qiladi.
Charm va teri
to‘qimasining chiqim miqdori 1–2 %ga oshadi.
Usulning kamchiligi, bu tuzning ko‘proq miqdorda sarf
bo‘lishidir, ya’ni xom ashyo og‘irligiga nisbatan 50–60% tuz
ishlatiladigan bo‘lsa, yoyib tuzlashda esa 40–45% tuz hamda ishchi
kuchi ko‘p sarf bo‘ladi.
Quruq tuz eritmasida konservalangan terilar uzoq muddatga
saqlanganda, qizilcha va tuz dog‘lari paydo bo‘ladi. Bu nuqsonlarni,
oldini olish uchun konservalashda osh tuzi bilan natriy karbonati,
paradixlorbenzol, rux xloridi,
natriy gidrosulfit, kaliy fosfat, borat
kislota, naftalin, alyuminiyning kaliyli achchiqtoshlari, kerosin
qo‘shib ishlov beriladi. Masalan, buzoqcha
terisini konservalash
aralashmasi natriy xlorid, natriy karbonat va paradixlorbenzoldan
iborat bo‘lsa, ular mutanosibligi 100:3:3 ni tashkil qiladi.
Ho‘l holatda tuzlangan terilar o‘z namligini yo‘qotib, tarkibiga
tuzni singdiradi. Singgan tuzga nisbatan namlik ko‘proq yo‘qotiladi.
U derma massasiga nisbatan 30%ni tashkil etadi. Ho‘l holatda
tuzlangan terilarning massasini kamayishi,
usol deb yuritiladi
.
Birinchi usul bilan konservalangan terilar massasi, xom ashyo
massasining 87%ni, ikkinchi usul bo‘yicha 83 %ni tashkil qilishi
aniqlangan va bu davlat standartlari tomonidan belgilangan.