45
3.3. Charm xom ashyolarining asosiy turlari haqida
qisqacha ma’lumot
3.3.1. Charm xom ashyolari tasnifi
Charm
xom ashyolari kichik, katta va cho‘chqa terilariga
bo‘linadi. Kichik xom ashyolariga qoramollarning buzoq terilari
(o‘lik tug‘ilgan buzoqcha, emadigan buzoqcha, buzoqlar), toy (o‘lik
tug‘ilgan toycha, toy), qo‘y (rus va cho‘l qo‘ylari) jun qoplamining
holatiga qarab junli qo‘y,
yarim junli, cho‘l qo‘yining yalang‘och
terisi, echki (cho‘l echki terisi, daromadli va yovvoyi echki)
terilariga bo‘linadi.
Katta xom ashyoga: qoramollar (buzoqlar, novvos, ho‘kiz,
buqa, sigir, qo‘tos), otlar (otning old terisi va ort terisi), tuyalar,
eshaklar va xachirlar hamda boshqa turdagi hayvonlarning (katta
bug‘u, morj) terilari kiradi.
Cho‘chqa xom ashyosiga cho‘chqa va undan baliqcha shaklida
qirqilgan cho‘chqa va xryak terilari kiradi.
Turli xil charm ishlab chiqarishda
ishlatiladigan charm xom
ashyolari 382 GOST standartlari yordamida belgilab berilgan.