• Kichik xom ashyoga
  • Emadigan buzoqcha
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

     
    3.3.2. Qoramollarning terilari
    Chorvachilikning yo‘nalishiga qarab qoramollarni to‘rt 
    guruhga: go‘shtli, sutli, go‘shtli sutli va ishchi guruhlariga ajratish 
    mumkin. 
    Go‘shtli hayvon terilari o‘zining katta o‘lchamlari, qalinligi, 
    bo‘shlig‘i, teri osti to‘qimasi qatlamining yaxshi rivojlanganligi, 
    qisqa qalin juni bilan tavsiflanadi. Bularga gereford, qozog‘iston, 
    qalmiq mollari zotlari misol bo‘la oladi. Toza so‘yilgan terilarining 
    vazni hayvon tirik vaznining 6–7%ini tashkil qiladi.
    Sutli hayvon terilariga Gollandiya, Yaroslavl va zotli mollar 
    terisi kiradi. Bu terilar og‘irligi va maydoni jihatdan katta 
    bo‘lmaydi. Ular yupqa va zich, teri osti to‘qimasi qatlami uncha 
    rivojlanmaganligi va jun qoplamining qayishqoqligi bilan 
    xarakterlanadi. Toza so‘yilgan terilarga shved, bestujev, Kastroma 
    va boshqa zotli mollar terisi kiradi. 
    Ishchi hayvon terilariga kulrang, ukraina va boshqa naslli 
    mollar terisi kiradi. Ular katta, og‘ir, qalin va zichligi bilan ajralib 


    46 
    turadi. Toza so‘yilgan terilarning vazni hayvon tirik vaznining 7–8 
    %ini tashkil etadi.
    Kichik xom ashyoga yalang‘och terilar kiradi, ya’ni o‘lik 
    tug‘ilgan va tug‘ilmagan buzoqchalar terisi kiradi, ularning vazni 
    hisobga olinmaydi. Mo‘yna ishlab chiqarishga yaroqsiz bo‘lgan 
    terilar mavjud bo‘lib, ularning maydoni 40–50 dm
    2
    , dumg‘aza 
    atrofidagi qalinlik 1,2–1,4 mm ni tashkil qiladi. Terilar 
    epidermisining qalinligi teri qalinligini 3–4 %ini va bu bo‘sh 
    o‘ralgan kollagen bog‘lami bilan ajralib turadi. O‘lgan buzoqchalar 
    yalang‘och terilari attorlik buyumlari uchun charm ishlab 
    chiqarishda ishlatiladi.
    Emadigan buzoqcha terilari junlari hali to‘kilmagan, vazni 
    hisobga olinmaydi va jinsi bo‘yicha navlanmaydi. Buzoqchalarni 
    so‘yish odatda bahor va yozning boshlarida o‘tkaziladi. Ularning 
    terilari asosan quyuq tuz eritmasida konservalanadi. emadigan 
    buzoqchalar terisining maydoni 40 dan 90 dm
    2
    gacha bo‘lib, tekis 
    qalinligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, buzoqcha terilarining 
    g‘uddali qatlami katta yoshdagi hayvon terilariga qaraganda 
    qalinroq 
    bo‘ladi. 
    Sut 
    emadigan 
    buzoqchalar 
    terilaridan 
    poyabzalning ustki qismi uchun xrom charmlari ishlab chiqariladi. 
    Oshlangan bunday charmlarning yuza sirti juda nozik va chiroyli 
    naqshga ega bo‘lib, katta yoshdagi hayvon terilaridan olingan 
    charmdan farq qiladi.
    Emadigan buzoqchalar terisining xom ashyodagi navi, teri 
    to‘qimasi va charm holatidagidan yuqori, chunki xom ashyoda tuz 
    dog‘lari, sutli yo‘lakchalari nuqsonlarini bilish juda qiyin. 
    Buzoqcha bosh terisi, yaxshi navli jelatin olish uchun yuqori sifatli 
    xom ashyo hisoblanadi.

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish