42
tomonida tuz qatlami bo‘lgani uchun nuqsonlarni aniqlab
bo‘lmaydi. Ya’ni derma qurishi bilan jun soch xaltachalariga
mustahkamlanadi,
shu sababli qizilcha, soch va derma orasidagi
mustahkamlik bo‘shashganmi-yo‘qmi va boshqa nuqsonlarni
aniqlash qiyinlashadi. Shu bois quruq tuzlangan terilarga ishlov
berishda navlashni buzilishi kuzatiladi.
Bu usulni yoz kunlarida o‘tkazish
maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Quruq tuzlangan terilarning (junsiz) namligi 18–20%,
osh tuzining miqdori 15–20% sarf bo‘ladi. Bu usulda
konservalangan hamma turdagi terilarning massasi xom ashyo
massasining 50%ni tashkil qilishi davlat standartlari tomonidan
o‘rnatilgan. Xom ashyoga nisbatan quruq tuzlangan qo‘y, echki
terisining maydoni 94 %ni, cho‘chqa terisiniki 88%ni tashkil qiladi.
Pikellab konservalash. Terilarni
kislota va tuz eritmasida
ishlov berish
pikellash deyiladi. Bu usul qo‘y va echki teri
to‘qimasi uchun qo‘llaniladi (ivitish-kullash jarayonlarini o‘tagan va
juni bo‘lmagan terilar uchun). Pikel eritmasi asosan 15–20%li osh
tuzi bilan 2 %li xlorid yoki sul’fat kislota eritmasidan tashkil
topgan.
Pikellangan teri to‘qimasi ho‘l joylarda va ho‘l
holatda
saqlansa mog‘orlaydi va chiriy boshlaydi. Pikellangan teri
to‘qimasini yaxshi saqlash maqsadida u xromlanadi.
Achitib konservalash. Achitish usuli deb terilarni non
achitqisi bilan ishlov berishga aytiladi. Suvga arpa yoki tariqning
yormasi bilan osh tuzi aralashtirilganda, non achitqisi hosil bo‘ladi,
bu pikellash ham deyiladi. Un tarkibida proteolitik va diastatik
fermentlar, kraxmal, kletchatka va oqsil moddalar bo‘ladi.
Fermentlar kraxmal va oqsillarni hamda
bir qator mahsulotlarni
parchalaydi. Mikroorganizmlar, asosan sutli va nordon bakteriyalar
non achitqisini bijg‘itib, organik kislotalar va gazlar hosil qilishiga
olib keladi.
Achitish murakkab jarayon hisoblanadi va uni organik
kislotalar bilan pikellash deyish mumkin. Asosan sut kislotalari
dermaga fermentativ ta’sir ko‘rsatib epitelial to‘qimasini
buzadi
hamda dermaga gazlar ta’sir ko‘rsatadi. Bunda teri derma
mikrostrukturasida bir qator o‘zgarishlar ro‘y beradi; tolalar
bog‘lami alohida tolalarga va fibrillarga ajraladi. Bu o‘zgarishlar
43
tufayli terilar achitilib, quritilgandan so‘ng u uzoq muddatda yaxshi
saqlanishga ega bo‘ladi.
Quruq tuzlangan qorako‘l qo‘zi terilari suvda ho‘llanadi va u
tuz iflosliklardan tozalanadi. Shundan keyin non achitqisi bilan
terilar 8–12 sutkagacha (haroratga bog‘liq holda) achitiladi.
Achitish jarayonida
jun qoplami yaltiroq, tabiiy rangga,
qo‘ng‘iroqlari avvalgi tabiiy shakliga qaytadi va uni elastiklikligi va
zichligi oshib, derma yumshayadi. Bu usul bilan konservalangan
terilarda nuqsonlar juda kam bo‘ladi.
Achitish bilan konservalashning kamchiligi shundan iboratki,
bu usulda oziq-ovqat mahsulotlari
ishlatiladi hamda jarayon
muddati uzoq bo‘lib, mehnat ko‘p talab qiladi. Bundan tashqari,
jarayonni tugashini aniqlash ham qiyin.