Terilarni tozalash va yog‘sizlantirish




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

3.1.5. Terilarni tozalash va yog‘sizlantirish 
Teri hayvon tanasidan shilingandan so‘ng go‘sht, yog‘ 
qoldiqlari va boshqa turli xil iflosliklardan tozalanadi. Iflos teri tez 
buzilishi mumkin, shuningdek, uni konservalab quritish va massasini 
aniqlash ham bunday holda qiyinlashadi. Iflosliklarni tozalashning 
qulay usuli, bu hayvonning so‘yishdan oldin yuvish hisoblanadi. 
Asosan terini tozalash tozalash mashinalari yordamida olib boriladi. 
Ayrim hollarda faqat yuvish ishlarini olib borish bilan chegaralanadi. 
Hayvonning shoxlari, tuyoqlari, quloqlari pichoq bilan olib 
tashlanadi. Teridan yog‘ va go‘sht qoldiqlari mezdralash mashinasida 
yoki taxtakachda qo‘l yordamida olib tashlanadi. Cho‘chqa 
terilaridan yog‘ni olib tashlash uchun qirtishlash mashinalaridan 
foydalaniladi. Konservalashdan oldin mezdralashda toza terining 20–
22 % massasi kamayadi, terining sifati yaxshilanadi, keyingi ishlov 
berishlar osonlashadi, konservalash xarajatlari va ularni tashishga 
sarf bo‘ladigan xarajatlar ham kamayadi.
Po‘stin uchun mo‘yna xom ashyosini yog‘sizlantirish asosiy 
jarayon hisoblanadi. Agar xom ashyodan yog‘ olib tashlanmagan 
bo‘lsa, ularni saqlash davomida dermaning sifati va soch qoplami 
buziladi va ularni to‘g‘ri navlashni qiyinlashtiradi. Yog‘sizlantirish 
mexanik usulda yoki sirti aktiv moddalar bilan ishqorlarni kuchsiz 
eritmalarida, suvli muhitdagi emul’gatorlar bilan hamda organik 
erituvchilar yordamida olib boriladi.
 
3.1.6. Konservalash 
Hayvon terilari uning tanasidan ajratilgan paytdan boshlab 
toza so‘yilgan terilar deb yuritiladi, lekin hayvonni so‘yishdan 
keyin, terilar bakteriyalar va fermentlar ta’sirida o‘zgara boshlaydi. 
Buning oqibatida nuqsonlar paydo bo‘lib, xom ashyo sifatiga va 
charm chiqimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Teri buzilishining birinchi belgisi bu uni ag‘darma tomoni 
rangi o‘zgarishi bo‘lib, u shilimshiqlanadi. Yiringga o‘xshash xil 
paydo bo‘lib, soch ildizi bilan xaltasi orasidagi bog‘lanish susayadi 
va u to‘kila boshlaydi hamda epidermisning shoxli qatlami 
qatlamlarga ajrala boshlaydi.
Bularning hammasi terilarni konservalash zaruratini keltirib 
chiqaradi. Shu sababli, mol so‘yildimi, terilar 1–2 soatda 


39 
chiqindilardan tozalanadi va sovitiladi. Shundan so‘nggina ular 
konservalanadi. Konservalashning maqsadi bakteriya va fermentlar 
ta’sirining oldini olish, bunda kimyoviy moddalar yordamida 
terilarning oqsil moddalariga ta’sir etib, namlikni yo‘qotish bilan 
amalga oshiriladi.
Konservalash usullariga: muzlatish, quritish, ho‘l tuzlash (osh 
tuzi bilan suvsizlantirish), quruq tuzlash (osh tuzi bilan 
suvsizlantirish va quritish), pikellash (kislota va tuz eritmasida 
ishlov berish), achitish, nurlash kiradi.
Muzlatish usuli sovuq iqlim sharoitida konservalashning juda 
qisqa muddatlari uchun o‘tkaziladi. Bu usul bilan ya’ni past 
haroratda bakteriya va ferment faoliyati to‘xtaydi. Agar teri juda 
past haroratda, va kuchli shamolda muzlatilsa, terini ag‘darma 
tomoni shamolda suvsizlanib oq dog‘lar paydo qiladi, natijada bu 
joylar oshlanmaydi. 
Davlat 
standartlariga 
muvofiq 
muzlatish 
usuli 
bilan 
konservalangan terilar 5% vaznini yo‘qotadi, ya’ni muzlatilgan 
xom-ashyo, toza so‘yilgan terining 95 % massasini tashkil qiladi.
Quritib 
konservalash 
usulida, 
suvsiz 
muhitda 
mikroorganizmlar faoliyati to‘xtaydi. Quritish jarayonida terilar 
maydoni va qalinligi bo‘ylab tekis suvsizlanishi lozim.
Terilar (20–35
o
С) haroratda, (45–60%) havoning ma’lum 
nisbiy namligida tekis yoyilib quritiladi. Quyosh harorati yuqori 
bo‘lganda, quritish amalga oshirilmaydi, chunki terida nuqsonlar 
paydo bo‘ladi.
Ko‘pgincha uy va yovvoyi mo‘yna terilari quritish usuli bilan 
konservalanadi. Terilar ayvonlarda, maxsus qurilmalarda yaxshilab 
yoyib quritiladi.
Quritishda terilar tortilib (qisqarib) quriydi, ya’ni uning 
maydoni va qalinligi kichiklashadi. Bu usulda quritilgan terilar, toza 
so‘yilgan holatidagiga qaraganda maydoni 15%gacha, qalinligi 30–
40% gacha kichiklashadi. Yaxshi quritilgan terida 15% namlik 
saqlangan bo‘ladi (20 dan oshmasligi zarur). Qurigan terilar massasi 
so‘yilgan paytdagi massasining 40%ini tashkil qiladi. Bu massa 
charm xom-ashyolari uchun qabul qilingan. Quritilgan qo‘y va 
echki terilarining maydoni 90 %ni tashkil qiladi.

Download 1,97 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Terilarni tozalash va yog‘sizlantirish

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish