35
10- rasm. Terini paypoqsimon shilish ketma-ketlgi:
а-og’iz atrofida kesik; b-shilish jarayoni.
Hayvon tanasidan terini unumliroq shilish va unga navbatdagi
ishlov berishlar bo‘yicha bir qator uslublar tavsiya etilgan, jumladan
terini ikki qavatli shilish (yondan tilib terini shilish).
Bu uslubga
muvofiq, qoramollar terilari so‘yilgan tanadan ikki qavat
ko‘rinishida shilinadi. Yuqorigi qavat (krupon) –
tagteri ishlab
chiqarish uchun, pastki qavat (qorin qismi) – poyabzalning yuqori
qismi uchun teri ishlab chiqarish mo‘ljallangan.
Terini naysimon shilish
Bu usulga muvofiq teri tanadan dumg‘aza bo‘ylab
kesik qilib
ajratib olinadi. Ko‘pgina momiq mo‘ynali hayvonlar: olmaxon,
bo‘ri, quyon, tulki, qorako‘zan va boshqalarning terilari naysimon
usulda shilinadi. Terini shilishda teri to‘qimasida quyidagi kesiklar
qilinadi:
– orqa oyoqlarning ichki tomoni bo‘yicha bir oyog‘ining o‘rta
barmog‘idan anal teshigi orqali ikkinchi oyog‘ining o‘rta
barmog‘igacha, dumg‘aza va tag teri soch qoplamini birlashtiruvchi
chiziq bo‘ylab;
– oldingi oyoqlarining ichki tomoni bo‘yicha o‘rta barmoqdan
tirsak bo‘g‘imigacha;
36
– dum terisi uning quyi tomonining o‘rtasidan choklanadi.
Bunda dastlab anal teshigidagi to‘g‘ri ichak qirqib tashlanadi.
Ba’zan dum terisi dum umurtqachasini sug‘urib olgandan so‘ng
choklanadi (9-rasm). Bunda dumni choklash uchun maxsus tarnovli
zonddan foydalanish o‘rinli. Zond dum
naychasiga kiritiladi va
tarnov bo‘ylab tekis kesik qilinadi. Hamma kesiklar bajarilgandan
so‘ng, teri tanadan quyidagi ketma-ketlikda
ajratiladi; orqa oyoqlar
va sondan boshlab, so‘ngra dum umurtqachasi ozod etiladi, so‘ngra
tanachani orqa oyoqlaridan tirbandga osiltirib bosh yo‘nalishi
tomon oldingi oyoqlarigacha tortiladi.
So‘ngra oyoqlar ozod etiladi.
Oldingi va orqa oyoqlar
barmoqlaridagi falangalar ombur bilan yo‘qotiladi, tirnoqlari odatda
terida saqlanadi.