30
dumg‘azadan yoqaga qarab, ko‘ndalang yo‘nalishda arrakushtdan
etakka qarab kamayishi yoki yopqichdan qorin qismiga qarab
yo‘nalishda terining yupqalanish nuqsoni qalinlikni yo‘qotish
hisoblanadi.
Terining
maydoni uning bichish xususiyatlarini belgilaydi.
Maydoni 20 dm
2
dan kichik terilar charm ishlab chiqarishda
qo‘llanilmaydi. Mo‘yna xom ashyolarining maydoni 100 dan 20000
sm
2
gacha oralig‘ida bo‘ladi.
Terining
massasi, qoramollar, ot terilaridan ishlab chiqarish
partiyasini tanlashda muhim rol’ o‘ynaydi. Bitta partiyaga massasi
bir-biriga yaqin terilar g‘aramlanadi. Qo‘y, echki terilari esa juniga
qarab g‘aramlanadi.
Terining
zichligi ishlov berish muddatini asosan turli
moddalarning ayniqsa, teriga diffuziyalanish tezligini aniqlab
beradi, hamda terini cho‘zishda uning mustahkamlik chegarasiga
ta’sir ko‘rsatadi.