31
binoan bu qismlarning rivojlanish darajasi charm nomi bilan undan
foydalanishni va bichishni belgilaydi.
Terining kimyoviy tarkibi uning xossalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Terining muhim tarkibiy qismlariga charm xom ashyolari uchun
kollagen, momiq mo‘yna xom ashyolari uchun kollagen va keratin
oqsillari kiradi. Qolgan tarkibiy qismlarning ma’lum darajasini (60–
70%) suv va yog‘lar tashkil qiladi. Bu esa o‘z navbatida oqsil
moddalarning miqdoriga nisbatan ta’sir ko‘rsatadi.
Charm va mo‘yna xom ashyolarida nuqsonlarning bo‘lishi
uning sifatiga ta’sir etadi: nuqsonlar terida qancha ko‘p bo‘lsa,
shuncha terining muhim topografik qismlarini zararlantirib, uning
sifatini yomonlashtiradi.
Jun qoplami xarakteri terining qanday saqlanishiga, ayniqsa,
momiq mo‘yna xom ashyosiga katta ta’sir ko‘rsatadi.