O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

Taglik charmning maqsadi, kishi tovonini bosilgan yuzadan 
ajratib turadi, tovonga mexanik ta’sirini yumshatadi, poyabzalning 
ustki qismidagi charmni suv va axlat kirishidan va eyilishidan 
saqlaydi. Poyabzalni kiyib yurishda taglik mexanik, fizik va 
kimyoviy ta’sirlarga chalinadi (grunt tomonidan ishqalanishi, ko‘p 
martalab siqilish va egilishga, harorat va boshqalarga), bu esa o‘z 
navbatida uni buzilishiga ya’ni eyilishiga olib keladi.
Poyabzalning 
ustki 
va 
ostki 
qismlarini 
bir-biriga 
mustahkamlanish usuliga qarab, taglik charmlar:
a) vintli va mixli mustahkamlanish usullarigaog‘ir turdagi 
ishchi poyabzallar charmiga; 
b) ipli va yelimli mustahkamlanish usullariga har kun 
kiyiladigan yengil poyabzallar charmiga bo‘linadi.
Poyabzal maqsadining ko‘rsatmasiga asosan xom ashyo va 
teriga ishlov berish usuli tanlanadi. Poyabzalning ostki qismi uchun 
charmlar tabiiy rangda, to‘g‘rirog‘i oshlashda olgan rangi bilan 
ishlab chiqariladi. Bu charmlarning eyilishiga, ko‘p martalab 
deformatsiyalani-shiga, siqilishiga, harorat ta’siriga va boshqalarga 
chidamli bo‘lishi talab qilinadi. Patak charmlar, namlikka, terga va 
issiqlikka chidamli bo‘lishi kerak. 
Poyabzalning ustki qismi uchun charmlar rangiga qarab tabiiy 
va oq, ko‘k rangliga; pardozlash turiga qarab anilinli, kazein 
qoplamasi bilan emulsion kazeinli, emulsiyali qoplama, shu 


26 
jumladan yarim anilinli va boshqa turdagi qoplamalarga; qalinligiga 
qarab yupqa, o‘rta va qalinga bo‘linadi.
Poyabzalning ustki qismi uchun charmlar taglikka va yelim 
usuli bilan mustahkamlanadiganlardan (modadagi yoki har kun 
kiyiladigan) poyabzallar ishlab chiqariladi. Chiroyli va ko‘rkam 
poyabzallar baxmalsimon charmlardan (moylar bilan oshlangan) va
lok charmlaridan tayyorlanadi. Baxmalsimon charmlar xom ashyosi 
sifatida kiyik, bug‘u, echki va qo‘y terilari ishlatiladi. Baxmalsimon 
charm qalin bo‘lib, past tukka ega bo‘ladi. U juda silliq va yumshoq 
bo‘ladi, tabiiy yoki rangli holda ishlab chiqariladi. Lok charmlari 
buzoqcha, buzoq, toychoq, ayniqsa kichkina echki terilaridan ishlab 
chiqariladi.
Og‘ir ishchi poyabzallarni va armiya etiklarini tikish uchun 
vintli va mixli usul bilan mustahkamlanadigan, xrom va o‘simlik 
moddalari bilan oshlangan bulg‘ori charmlar ishlatiladi. Bulg‘ori 
charmi poyabzal va shippak turlariga bo‘linadi. Poyabzalning ustki 
qismi uchun ishlab chiqarilayotgan charmning arralangan qismi 
ya’ni dermaning ikkinchi qatlami ham poyabzal uchun ishlatiladi. 
Bu charm teri to‘qimasining yoki xromlangan yarimmahsulotning 
ikkilashdan hosil bo‘ladi. Arralangan (poyabzal uchun) charm 
qoramollar va cho‘chqa terilaridan olinadi. Bu charmlar qoplama 
bo‘yash usulida bo‘yaladi. Ular silliq va naqshli bo‘ladi, rangiga 
qarab qora va rangli; qalinligiga qarab qalin, o‘rta va yupqa
maydoni bo‘ylab besh guruhga: 100 dm
2
va undan yuqorilarga 
bo‘linadi. Astarli charm oshlangan, lekin poyabzal uchun yaroqsiz 
bo‘lgan charm yarimmahsulotlardan tayyorlanadi. Ular tashqi 
ko‘rinishiga, oshlash usuliga, pardozlash xarakteriga, qoplab 
bo‘yash xususiyatiga qarab bir necha turlarga bo‘linadi. Astarli 
charm qattiq bo‘lmasligi, yaxshi oshlangan, butun maydoni bo‘ylab 
ishlov berilgan, sinmaydigan, qoplama plyonkasi to‘kilmaydigan 
bo‘lishi kerak. 

Download 1,97 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish