23
moddalar taxminan terining quruq moddasi miqdori hisobidan 90–
95 %ni tashkil qiladi. Lipidlar ikki guruhga: yog‘larning o‘zi hamda
mum va murakkab yog‘larning boshqa moddalar bilan birikmalariga
bo‘linadi. Terida lipidlar miqdori 3–10% atrofida bo‘ladi.
Uglevodlar terining 1,5–2,5%ini tashkil qiladi.
Terilarda mineral moddalar natriy va kaliy ionlari,
ozroq
Kal’siy, temir, magniy, alyuminiy, rux va boshqa moddalar ionlari
holatida bo‘lib, ularning miqdori
terining quruq moddasi
massasining 0,8 %ni tashkil qiladi.
Oqsillar – bular organik birikmalardan tashkil topgan bo‘lib
asosan aminokislotalar qoldig‘idan iborat.
Aminokislotalar – kislotalarning hosilalari bo‘lib, kislota-lar
radikalidagi bir yoki bir necha vodorod atomlarining bir yoki bir
necha aminoguruhga almashinishi natijasida hosil bo‘ladi.
Aminokislotalarda
bitta amin va bitta karboksil, bir asosli
monoaminokislotalar, bitta amin va ikkita karboksil,
ikki asosli
monoaminokislotalar, bitta karboksil va ikkita amin guruhlar, bir
asosli diaminokislotalar bo‘lishi mumkin. Hayot uchun juda zarur
bo‘lgan oqsillarning gigant molekulalari aminonokislotalardan
tuzilgan, shu jihatdan ham aminokislotalarning
ahamiyati juda
kattadir. Yuqori polisaxaridlar (masalan, kraxmal) gidrolizlanganda
monosaxaridlarga parchalanganidek, oqsillar gidrolizlanganda
amino-kislotalarga parchalanadi.