34
9- rasm. Terini naysimon shilish.
Kesiklar tasviri.
tomonining o‘rtasidan qorin va ko‘krakka qilingan ko‘ndalang
kesikgacha halqali kesish yo‘li bilan shilinadi.
Cho‘chqa terilari bosh qismisiz, butunlikcha ikkita kesik qilib
shilinadi. Bu kesiklar so‘rg‘ichlarning tashqi tomonida, ulardan 5–6
sm masofa uzoqlikda o‘tadi. Oldingi oyoqlar terisi bilak
bo‘g‘inlarining o‘rtasigacha, orqa oyoqlar terisi esa sakrovchi
bo‘g‘inlar
o‘rtasigacha
shilinadi.
Jarayonlar
ketma-ketligi
quyidagicha: so‘yilgan tana qonsizlantiriladi va yuvilgandan so‘ng,
quloqlar ortida pastki
tumshuq asosigacha halqali kesik qilinadi.
So‘ngra oyoqlarning muvofiq keluvchi bo‘g‘inlarida va ularni
qorindagi ko‘ndalang kesiklar bilan birlashtirib ichki tomondan
halqali kesiklar qilinadi. Teri avval ko‘krak qismidan, keyin elka
oldi, oyoqlarning ichki tomonidan, bo‘yin va ko‘krak qismlaridan,
so‘ngra tananing boshqa qismlaridan shilinadi.
Tuya terilari o‘rkachlar bo‘ylab kesik qilib shilinadi. Tuya
terilarini qorin qismidan kesik qilib shilish, shuningdek terini uch
qismga – ikkita yarimtalik va bo‘yin qismlariga bo‘lib shilishga
ham ruxsat etiladi.
Oqlash-bichishning sifatini yaxshilash, tanadan go‘sht va yog‘
yulishni, shuningdek, terining tana bilan bog‘lanishini susayishi
oqibatida terining shikastlanishini kamaytirish uchun terini
shilishdan oldin, teri ostiga pnevmatik pistoletdan siqilgan havo
yuboriladi. Buning uchun yog‘li fil’trda tozalangan havo qo‘llanilib
0,3–0,4 MPa bosim ostida yuboriladi.
Siqilgan havo teri osti yog‘ qavatlari
va
muskulli
to‘qimalarga
tegiztirmasdan, teri ostining ma’lum
qismlariga yuboriladi.