Hayvonlarning yashash sharoitlari va




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

 
3.1.2. Hayvonlarning yashash sharoitlari va 
kelib chiqish omillari 
Hayvonlarning kelib chiqish omillari: turi, nasli, jinsi va uning 
yoshi, yashash sharoitlari, iqlim, boqish va ularni saqlash sharoitlari 
kiradi. 
Hayvon turi ham terilarning xossalariga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Har bir hayvon turi uchun terilar o‘ziga xos xususiyatlarga va 
maxsus tuzilishga ega.
Terilarning maydoniga hayvonning nasli ta’sir etadi, chunki 
har bir hayvonning nasli uchun o‘ziga xos aniq tirik vazn va 
terilarning maydonini aniqlovchi gavda hajmi mavjud.
Hayvon o‘sishi bilan uning massasi, teri maydoni, qalinligi va 
mikrostrukturasi o‘zgarib boradi. Katta yoshdagi mollar terisi kichik 
yoshdagiga qaraganda zichroq, yumshoqligi pastroq, qalinligi esa 
notekisroq bo‘ladi. Ko‘pgina yosh mollarning jun qoplami 
kattalarnikiga 
qaraganda 
ingichkaroq, 
yumshoqroq, 
baxmalsimonroq bo‘ladi va ular rangiga qarab farq qiladi. Mollar 
jinsi ham ularning terilar o‘lchamiga ta’sir etadi, ayniqsa, jinsiy 
etuklikka etgan erkak mol terisi urg‘ochisinikidan kattaroq bo‘ladi.
Yovvoyi hayvon terilarining xossalari uy hayvonlari 
terilarining xossalaridan ancha farq qiladi. Bu farq asosan geografik 
ta’sir ostida va mavsum sharoitlariga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.


32 
Hayvon terilari qalinligi, yuzasi, teri osti to‘qimasi qatlami va 
jun qoplami, qaysi iqlim sharoitida etishtirilganligiga bog‘liq. Bir 
turli, jinsli, yoshli va bir mavsumda tayyorlangan terilar bo‘lsada, 
ular bir-biri bilan rangi, yaltiroqligi, jun qoplamining qalinligi, va 
yumshoqligi, geografik yashash tumaniga bog‘liq holda farq qiladi. 
Yovvoyi hayvon turlarining bir nechtasining (olmaxon, tulki 
terilari) terilari bir-biridan xossalari bilan farq qiladi, shunga 
muvofiq terilar "kryaj" bo‘yicha bo‘linadi (kryaj deganda terilar 
tayyorlangan tuman tushuniladi). Hayvonning yashash sharoitlari 
ular terilarining sifatini belgilaydi.
Yil fasllarining o‘zgarishi bilan yovvoyi va uy hayvonlarining 
terilari mavsumga qarab o‘zgaradi. Uy hayvonlari terisining sifati 
yoz va kuz fasllarining oxirida yaxshi bo‘ladi. Bu vaqtda teri 
dermasi qalin va yumshoq bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar, mavsumga 
qarab yovvoyi hayvonlar mo‘ynasi, himoyalovchi rangga o‘tishi, 
issiqlikni o‘tkazmaydigan xususiyatga ega bo‘lishligi, junining 
qalinlashuvi, hurpayishi, yaltiroqligi bilan bir-biridan ajralib turadi. 
Terining sifati hayvonning boqilish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. 
YAxshi oziqlanmaydigan mol terisi yupqa, notekis va bo‘sh bo‘lib 
tez kasallanadigan bo‘ladi. 

Download 1,97 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish