O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

 
Egar-jabduq charmlar 
Egar-jabduq charmlar egar-jabduq buyumlari, odam va ot 
aslaha-anjomlari uchun ishlatiladi. Bu charmlar o‘ta mustahkam 
(ayniqsa, tasmalar uchun charmlar), ko‘p martalab ho‘llanishga va 
yorug‘lik tushishiga hamda past haroratda chidamli bo‘lib, 


27 
ishqalanganda, uzoq muddat saqlanganda va ekspluatatsiya 
qilinishida o‘z xususiyatlarini o‘zgartir-masligi lozim. 
 
 Texnik charmlar 
Maqsadiga qarab texnik charmlar harakatlantiruvchi tasma, 
mashina detallari va boshqa texnik maqsadli charmlarga bo‘linadi. 
Harakatlantiruvchi tasmalar uchun charm, faqat qoramollar 
terisidan, 
yopqich 
holida 
ishlab 
chiqariladi. 
Ularning 
cho‘ziluvchanlikka mustahkam, zich, qalinligi bo‘ylab tekis 
bo‘lishi, havoning nisbiy namligi o‘zgarishi bilan ularning 
o‘lchamlari o‘zgarmasligi kerak.
Har bir texnik charmga, uning ishlatilish maqsadiga qarab, 
turli xil talablar qo‘yiladi. Ba’zi hollarda charmdan yuqori qattiqlik 
va mustahkamlik (poyga uchun charmlar oshlanmagan va quritilgan 
teri to‘qimasi bo‘lib, ular pergament deb yuritiladi) talab qilinsa
baxmalsimon 
texnik 
charmlar 
yumshoq 
va 
g‘ovaksimon 
xususiyatga ega bo‘lishi talab qilinadi.
 
Kiyim - attorlik charmlar 
 
Kiyim uchun charmlar asosan xrom bilan oshlangan bo‘lib, 
qo‘y terilaridan ishlab chiqariladi. Bu charmlar "kiyim shevreti" deb 
nom olgan. Poyabzal uchun charmdan farqli, shevret yumshoqroq 
va cho‘ziluvchanroq bo‘ladi.
Attorlik charmlari qo‘y, echki, toychoq, cho‘chqa, it va 
poyabzal uchun yaroqsiz arralangan terilardan ishlab chiqariladi. 
Bularga nubuk, movut, baxmalsimon charm, mayin layka charmlar 
turlari kiradi. Layka charmi qo‘y, echki, toychoq va it terilaridan 
alyuminiyli achchiqtoshlar, natriy xlorid, un va tuxum sarig‘i bilan 
ishlov berilib olinadi. Attorlik charmlari tekis va mustahkam 
rangga, chiroyli tashqi ko‘rinishga, sirti mustahkam qatlamga ega 
bo‘lishligi bilan, qo‘lqop charmlari yaxshi cho‘ziluvchanligi, 
plastikligi va yumshoqligi bilan ajralib turishi kerak.
Iskandariya muzeyida papirus va pergamentga yozilgan 700 
mingga yaqin qo‘lyozma bor edi. Pergament buzoq va qo‘zilarning 
yaxshi ishlangan terisidan olingan. Kichik Osiyoda Pergam shahri 
pergament ishlab chiqarish markazi edi. Uning pergament deb 
atalishining sababi ana shundadir. Pergament pishiq, lekin juda 


28 
qimmat edi. Katta bir kitob yozish uchun butun bir podaning terilari 
sarf etilardi.

Download 1,97 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish