22
Momiq sochlar nisbatan ko‘psonli bo‘ladi. Qishda momiq
mo‘ynali hayvonlarda momiq va oraliq
sochlar ulushiga hamma
sochlarning 94–98 %i to‘g‘ri keladi. Ayni paytda qiltiq sochlar esa
0,1–0,6 %ni tashkil qiladi.
Terida sochlar yakka yoki guruh bo‘lib joylashadi. Oddiy
guruhlar, tutamlar va murakkab guruhlar farqlanadi (7-rasm). Yakka
joylanishda sochlar teri yuzasi bo‘ylab ozmi yoki ko‘pmi tekisroq
va
tartibsiz ravishda, soch xaltachasida bittadan o‘rnashadi.
Tutam bo‘lib joylanishda faqat momiq yoki momiq bilan birga
bitta qiltiq sochdan tashkil topgan
soch guruhi bitta teshikdan
chiqadi. Bu tutamlar qiltiq sochning xaltachasiga ega bo‘lib, u
kurtaklanish yo‘li bilan tutamdagi boshqa (momiq) sochlar uchun
zamin yaratadi.
Murakkab tutamlarda momiq sochlar bitta qiltiq soch
atrofida
joylashgan bo‘ladi va har bir soch mustaqil chiqish teshigiga ega
bo‘ladi. Murakkab guruhlarni bitta yo‘naltiruvchi
soch atrofida
joylashgan bir necha soch tutamlari tashkil qiladi. Sochning bunday
joylanishi ko‘pchilik momiq mo‘ynali yirtqich hayvonlar,
shuningdek quyon, olmaxon va boshqa
hayvonlar terisiga xos
xususiyat.
Soch qoplami deb bir qancha soch tayoqchalar to‘plamiga
aytiladi va bu junlar terini qoplab turadi. Ko‘pgina yovvoyi yirtqich
va bir necha uy hayvonlari terilari mo‘yna olishda ishlatiladi.
Ularning jun qoplami yaxshi rivojlangan bo‘lib, juda ko‘p sonli
sochdan tashkil topgan bo‘ladi.