20
6-rasm.Soch o’qlarining egilganlik
va buralganlik toifalari.
1-to’g’ri; 2-egilgan; 3-siniq;
4-to’lqinsimon; 5-burama.
Sochning o‘zagi uning markaziy qismida joylashgan bo‘lib,
ko‘p qirrali hujayralardan tashkil topgan bo‘sh, g‘ovakli
to‘qimadan iborat. Ushbu hujayralar
shoxlangan qobiq va
protoplazmaga ega. Hujayralar qobig‘ini tashkil etuvchi oqsillar
yumshoq keratinlar sinfiga kiritiladi. Hujayralar ichida burishgan
yadro, havo pufakchalari va pigment donachalarini kuzatish
mumkin. Havoning kattagina miqdori hujayralararo bo‘shliqlarda
joylashgan bo‘lib, bu bo‘shliqlar bir vaqtning o‘zida soch ichiga
har xil
suyuqliklar, masalan bo‘yoq eritmalarining singish yo‘llari
bo‘lib xizmat qiladi.
Po‘stloq qavatining qalinligi sochning butun uzunligi
bo‘yicha ko‘pmi-ozmi doimiy bo‘lgan paytda, o‘zakning qalinligi
etuk soch qalinligiga proportsional o‘zgarib, keskin farq etib
turadi. Etuk sochning uchi va ildizining quyi qismida o‘zak
bo‘lmaydi. Soch ildizida o‘zakning bo‘lishi, uning o‘sishi davom
etayotganidan dalolat beradi. O‘sayotgan soch, soch xaltachasining
g‘uddalari bilan bog‘langan bo‘ladi.
Soch etilganida, birinchi
bo‘lib o‘zak qavatining hujayralari ko‘payishdan to‘xtaydi, ayni
paytda kutikula va po‘stloq qavatining o‘sishi yana bir muddat
davom etadi. So‘ngra piyozchaning yuqori hamda o‘rta
qismlarining shoxlanishi ro‘y beradi va ildiz soch xaltachasining
g‘uddasidan ajraladi. Bunday soch qin bo‘ylab bir oz ko‘tariladi va
ildizning qalinlashgan qismida
soch
kanalining devoridagi
maxsus chuqurchada, xuddi shu
soch xaltachasida rivojlangan
yangi sochning,
uni yuzaga itarib
chiqarguniga
qadar
mahkam
ushlanib
turadi.
Hayvonlar
sochining yoppasiga almashinuvi
tullash deb aytiladi.