25
Poyabzal uchun charm
Poyabzalning ostki qismi uchun charm ishlab chiqarishda,
katta shoxli mollar, ot, tuya va cho‘chqa terilaridan foydalaniladi.
Bu charmlarni ishlab chiqarishda, o‘simlik, sintetik va
anorganik oshlovchilar hamda ularning aralashmasi qo‘llaniladi. Bu
charmlardan taglik, pataklar, baxyalar, nag‘allar, oxircho‘plar va
boshqa poyabzalning ostki qismi uchun charm detallari bichiladi.
Odatda, bu charmlar tabiiy ko‘rinishda, ya’ni oshlashda olgan
rangda yoki ochiq ranglarda ishlab chiqariladi. Standartga asosan,
poyabzalning ostki qismi uchun charm besh toifaga bo‘linadi.
I-toifaga qalinligi 4,5mm dan yuqori bo‘lgan charmlar, II–4,1–
4,5, III–3,6–4,0, IV–2,6–3,5, V–2,6 mm dan kichik charmlar kiradi.
Birinchi uch toifa taglik charmlar, IV va V–patak charmlar
hisoblanadi.