44
3.2. Ishlab chiqarish partiyasi haqida tushuncha
Charm va mo‘yna xom ashyolari tayyor mahsulot ishlatish
maqsadiga qarab ishlab chiqarish partiyalariga ajratiladi.
Davlat standartiga muvofiq ishlab
chiqarish partiyalariga
ishlab chiqarish maqsadini belgilaydigan ma’lum miqdordagi bir xil
tozalangan terilar kiradi, ular turi, massasi (yoki maydoni), qalinligi,
kelib chiqish tumani (yoki nasli), so‘yish va konservalash usuli,
zichligi va navi bo‘yicha ma’lumotlar bir hujjatga rasmiylashtiriladi.
Bu hujjatda xom ashyo sifati ham ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Ishlab
chiqarish partiyalarining hajmi ishlov berishda ishlatiladigan
apparatlar quvvatiga va xom ashyoning
katta yoki kichikligiga
qarab aniqlanadi.
Terilarni ko‘rib navlarga ajratish stol ustida o‘tkaziladi.
Terilarni navlarga ajratishni mexanizatsiyalashtirishda ancha
qulayliklarga ega bo‘linadi. Bunda bir smenada 3000 tagacha terini
navga ajratib ishlab chiqarish partiyalarini g‘aramlash imkoni paydo
bo‘ladi. Hozirgi kunda xom ashyoni navlash va ishlab chiqarish