IV bob. CHARM VA MO‘YNA ISHLAB CHIQARISH




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

IV bob. CHARM VA MO‘YNA ISHLAB CHIQARISH 
KORXONALARINING UMUMIY TAVSIFI 
 
4.1. Umumiy tushunchalar 
 
Charm va mo‘yna ishlab chiqarishda hayvon terilariga har xil 
kimyoviy va mexanik jarayonlar ta’sir etadi. Kimyoviy va fiziko-
kimyoviy jarayonlar, terilarning partiyalari ustida bajarilsa, mexanik 
jarayonlar esa, har bir teriga alohida-alohida ta’sir etish natijasida 
bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayonida 
partiyalab ishlab chiqarish bilan birga alohida-alohida ishlov berish 
ketma-ket kelishi mumkin. Ba’zi vaqtlarda, masalan, terining junini 
surkash usuli bilan ajratiladigan bo‘lsa, unda fiziko-kimyoviy 
jarayonlar ham alohida teriga ishlov berish bilan amalga oshadi. 
Mexanik jarayonlarni partiyalab ishlov berish mumkin, bunda 
derma strukturalari mexanik ta’sir yordamida o‘zgartiriladi. Har bir 
jarayon uchun mexanik ta’sir ishlab chiqariladigan charm mahsuloti 
tavsifiga qarab uslub asosida olib boriladi.
Terilarga partiyalab ishlov berishda terilar bir vaqtning o‘zida 
mexanik ta’sirga chalinadi. Apparat ichidagi ishlov berish 
suyuqligidagi kimyoviy reagentlar kontsentratsiyasi apparat hajmi 
bo‘yicha bir xil saqlanadi. Terilar apparat devorlariga urilib 
yumshaladi va reagentlarning diffuziyasi bu bilan oshadi.
 
Charm ishlab chiqarish sanoatida olib boriladigan 
jarayonlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi 


53 
1. Tayyorlov jarayonlari (xom ashyodan teri to‘qimasi 
olgunga qadar). 
2. Oshlash jarayonlari (teri to‘qimasidan oshlangan charm 
yarimmahsuloti olgunga qadar). 
3. Pardozlash 
jarayonlari 
(oshlangan 
charm 
yarimmahsulotidan tayyor mahsulot olgunga qadar). 
Pardozlash jarayonlari uchta maydonchalarda olib boriladi: 
a) bo‘yash-moylash maydonchasi; 
b) quritish-ho‘llash maydonchasi; 
v) pardozlash maydonchasi. 
Tayyorlov sexining asosiy maqsadi charm xom ashyolaridan 
teri to‘qimasini (dermani) ajratib olish va ishlab chiqariladigan 
charm mahsulotining maqsadiga qarab derma mikrostrukturalarini 
o‘zgartirishdan iborat. Tayyorlov jarayonlari tagcharm va yumshoq 
charmlar uchun bir-biridan farq qiladi. Masalan, kullash jarayoni 
tagcharmi uchun terining juni saqlangan holda olib borilsa, 
yumshoq charmi uchun juni saqlanmagan holda olib boriladi. Bunga 
asosiy sabab shuki, yumshoq charmlar uchun kullashda 
qo‘llaniladigan reagentlar kontsentratsiyasi yuqori bo‘ladi. Bu esa 
o‘z navbatida teri dermasini yaxshi yumshalishiga olib keladi. 
Tagcharmda reagentlar kontsentratsiyasi yuqori qo‘llanilsa, unda 
qattiq charm emas, balki yumshoq charm olinadi. Bulardan tashqari 
tayyorlov jarayonlari har bir xom ashyo turi va ishlab chiqariladigan 
charm maqsadiga qarab turlicha olib boriladi.
Oshlash jarayonining asosiy maqsadi, terini suv va 
mikroorganizmlar ta’siriga chidamliligini oshirish hamda pishish 
haroratini oshirishdan iborat. Natijada, oshlangan yarimmahsulot 
tayyor mahsulot xossalariga xos sifatlarga ega bo‘ladi. Ba’zi 
holatlarda oshlanmagan teridan tayyor mahsulot pergament hamda 
siromyat (quritilgan xom teri) olinadi. Siromyat, ya’ni xom charm 
olish uchun teri to‘qimasi qo‘l yordamida ishqalanadi va 
yumshatiladi.

Download 1,97 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV bob. CHARM VA MO‘YNA ISHLAB CHIQARISH

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish