• Oshlash jarayonida trans- ta’sirning mohiyati
  • 7.1.2. Tarkibida gidrokso- va Ol guruhlari bo‘lgan Cr(III) birikmalari Charm va mo‘yna sanoatida xrom birikmalarining tutgan o‘rni.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

    Trans-ta’sir hodisasi 
    Trans-ta’sir hodisasini qanday tushuntirish mumkin? 
    Addendlarni kompleks hosil qiluvchilar bilan birgalikdagi 
    qutblanish energiyasi bir xil emas. Kompleks hosil qiluvchi bilan 
    kislota qoldig‘ini qutblanish energiyasi kompleks hosil qiluvchi 
    bilan akvo guruhning qutblanishi energiyasidan yuqori. Agar xrom 
    atomining koordinatsion sferasida bir vaqtning o‘zida akvo guruh 
    bilan kislota qoldiqlari joylashsa, bu vaqtda akvo guruh bu 
    anionlarga nisbatan asosan trans holatda joylashadi. 
    Oshlash jarayonida trans- ta’sirning mohiyati 
    Oshlash jarayonida kollagen bilan xrom kompleksining 
    bog‘lanishida trans ta’sir holati kuzatiladi, masalan, kollagenning 
    karboksil guruhi xromkompleksning ichki sferasiga kirib kuchsiz 
    bog‘langan addend bilan o‘rin almashinadi va birikmalari teri 
    to‘qimasi bilan bog‘lanadi. 
    Kollagenning aktiv guruhlari, faqatgina suv molekulalarini 
    emas, balki kuchsiz bog‘langan kislota qoldig‘ini siqib chiqarib 
    o‘rin almashinishi mumkin. 
    Ko‘p asosli karbon kislotalar anionlari, koordinatsion sferasi 
    ichida sikllik tuzilishga ega komplekslar, ya’ni halqasimon va 
    qisqichsimon tuzilishga ega bo‘lgan komplekslar hosil qiladi.


    121 
    7.1.2. Tarkibida gidrokso- va Ol guruhlari bo‘lgan Cr(III) 
    birikmalari 
    Charm va mo‘yna sanoatida xrom birikmalarining tutgan o‘rni. 
    Bizning eramizdan 2 ming yil oldin Misr yodgorliklari, 
    Piramida qabrlaridagi jasadlarga o‘simlik oshlovchilari bilan 
    oshlangan charmdan poyabzal kiygizilganligi qadimdan ma’lum 
    ekanligi aniq.
    Keyinchalik kimyo sanoatining rivojlanishi charm va mo‘yna 
    sanoatining rivojiga katta hissa qo‘shdi. Buning asosiy sababi, 
    anorganik tuzlarning xossalarini o‘rganish ularni boshqa sanoat 
    mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llash mumkinligini ko‘rsatdi. 
    Xrom birikmalari bilan oshlash XIX asrning oxirlaridan 
    qo‘llanila boshlangan. Tabiatda alyuminiy va temir tuzlari ko‘p 
    tarqalganligi sababli, ularga qiziqish katta bo‘lgan.
    Qadimdan temir tuzlari bilan oshlash xrom tuzlari bilan 
    oshlashdan oldin ma’lum bo‘lgan bo‘lsada, keyinchalik xrom tuzlari 
    bilan terini oshlash boshqa temir va alyuminiy tuzlari bilan 
    oshlashni siqib chiqargan. Buning asosiy sababi, xrom tuzlari bilan 
    oshlangan charmning xususiyatlari yaxshi bo‘lgan.

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish