• Oshlashning kollagen va charm mikrostrukturasiga ta’siri
  • . ANORGANIK OSHLOVCHI BIRIKMALAR 7.1. Xromli oshlovchi birikmalar 7.1.1. Xromkompleks birikmalarning tuzilishi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

    Fermentlar ta’siri. Oshlangan kollagenning fermentlarga 
    ta’siri oshadi. Oshlovchi moddalar kollagenning peptid guruhini 
    himoya qilishida uning fermentlarga chidamligi oshadi. Oshlangan 
    charm bakteriyalar bilan zararlanmaydi. Formaldegid va xrom 
    tuzlari bakteriotsid xususiyatiga ega. Lekin turli xil mog‘orlar bu 
    charmlarda ham rivojlanadi. 
    Oshlashning kollagen va charm mikrostrukturasiga ta’siri 
    Oshlash uchun o‘lchamlari turli xil bo‘lgan oshlovchi 
    moddalar ishlatiladi. Masalan, formaldegid molekulasining zarrasi 
    3A
    0
    , xromniki 6 dan 20 A
    0
    , tannidlarniki 20 A
    0
    va hokazo.
    Shu sababli ularning fiksatsiyasi, ya’ni kollagen strukturasiga 
    joylashishi turli xil darajada amalga oshadi. Masalan, formaldegid 
    kollagen zanjirlari polipeptidlari bilan reaksiyaga kirishadi va ichki 
    molekulyar bog‘lanish hosil qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu 
    bog‘lanish qaynashda ham buzilmaydi. Biroq harorat chidamliligi 
    xrom charmlari uchun yuqori bo‘lsada, bu charmlarni qaynatishda 
    bog‘lanish uziladi, chunki xrom tuzlari ichki bog‘lanish hosil qilish 
    qobiliyatiga ega emas. Tannid bilan oshlangan charmlarda 
    bog‘lanish juda notekis bo‘lib, ular fibrillyar strukturaga kirish 
    qobiliyatiga ega emas. 


    114 
    VII bob. ANORGANIK OSHLOVCHI BIRIKMALAR 
     
    7.1. Xromli oshlovchi birikmalar 
    7.1.1. Xromkompleks birikmalarning tuzilishi 
     
    Oshlovchilarning qo‘llanilishi 
     
    Oshlovchi anorganik moddalarning ko‘p qismi bizga ma’lum 
    bo‘lib, bularga xrom, alyuminiy, temir, titan, sirkoniy, kremniy, 
    molibden, ruh va boshqa birikmalar kiradi. Bularning asosli 
    birikmalari oshlash xususiyatiga ega hisoblanadi. 
    Anorganik birikmalarning oshlash qobiliyati ikki omilga 
    bog‘liq:
    – ikki va undan ko‘p markaziy atomi bo‘lgan metall ionining 
    kompleks hosil qilish hamda organik kislotalar anioni va 
    kollagenning funksional guruhlari bilan barqaror komplekslar hosil 
    qilish qobiliyatiga bog‘liq; 
    – metall gidroksidini cho‘kmaga tushirish pH muhitiga bog‘liq; 
    pH muhitning pasayishi bilan anorganik birikmalarning oshlovchi 
    xususiyati ham pasayadi va bu bilan bir necha anorganik 
    birikmalarning oshlash xususiyati xrom birikmalarinikidan past 
    ekanligi bilan tushuntiriladi. 
    Xrom 
    birikmalari 
    yordamida 
    ham 
    texnologik, 
    ham 
    ekspluatatsion jihatdan juda yaxshi charm olish mumkin. Bu 
    charmlar uzoq muddat saqlanish xususiyatiga ega. Xrom oshlovchi 
    birikmalarni dastlabki qo‘llash davrida ular asosan poyabzalning 
    ustki qismi uchun charm ishlab chiqarishda qo‘llanilgan. Hozirgi 
    kunda xrom birikmalari qariyb barcha charm turlari uchun alohida 
    yoki o‘simlik va sintetik oshlovchilar hamda boshqa anorganik va 
    organik birikmalar bilan birgalikda qo‘llanilib kelinmoqda.
    Alyuminiy birikmalar boshqa oshlovchilar bilan birgalikda 
    oshlash uchun charm sanoatida qadimdan qo‘llaniladi. Biroq 
    alyuminiy birikmalari bilan oshlash ma’lum bir vaqtgacha ishlatildi, 
    xolos. Bunga asosiy sabab shuki, oshlash uchun ishlatiladigan 
    alyuminiyning asosli sul’fat, xlorid va nitrat birikmalari derma 


    115 
    oqsillari bilan mustahkam bog‘lanish hosil qilmaydi. Suv ta’sirida 
    bunday bog‘lanish uziladi va charm esa oshsizlanadi. Lekin bu 
    birikmalarga organik oksikislotalar, oksiorganik birikmalar
    aminosmolalarni alohida holda yoki boshqa kompleks hosil 
    qiluvchilar bilan birgalikda qo‘shib ishlatish alyuminiy tuzlarini 
    charm va mo‘yna ishlab chiqarishda qo‘llash imkonini beradi. 
    Temir tuzlari bilan charm olish xrom birikmalardan oldin 
    ma’lum bo‘lsada, lekin hozirgi kungacha qo‘llanilmayapti, bunga 
    sabab shuki, temir tuzlari bilan oshlangan charmning sifati vaqt 
    o‘tgan sayin yomonlashib boradi. Anorganik birikmalarning 
    orasidan oshlash xususiyatiga ega bo‘lgan sirkoniy va titanning (IV) 
    tuzlari muhim ahamiyatga ega. Sirkoniy va titanning asosli sul’fat 
    birikmalari oshlash xususiyati bo‘yicha xrom birikmalariga yaqin. 
    Sirkoniy sul’fatining oshlash xususiyati 1907 yilda aniqlangan 
    bo‘lsada, 1960 yillardan boshlab u ishlab chiqarishda qo‘llanila 
    boshlandi.
    Oshlash xususiyatiga kremniy kislotasi ham ega bo‘lib, u bilan 
    oshlangan charm vaqt o‘tishi bilan o‘z xususiyatini o‘zgartiradi, 
    ya’ni mustahkamligi pasayib, sinuvchan bo‘lib qoladi.
    Charm va mo‘yna ishlab chiqarishda turli xil oshlovchi 
    xususiyatiga ega bo‘lgan anorganik moddalardan, (III) valentli Cr
    AI va (IV) valentli sirkoniy va titan tuzlari ishlatiladi.
    Tabiatda xrom tuzlarining ikki va olti valentli birikmalari 
    mavjud bo‘lib, ular oshlash xususiyatiga ega emas, faqatgina, asosli 
    (III) valentli xrom kompleks birikmalari oshlash xususiyatiga ega 
    hisoblanadi. 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish