113
8-jadval
Oshlangan va oshlanmagan kollagenning ishqorlar
ta’sirida erishi
Oshlanmagan kollagen
85 %
Tannid bilan oshlangan
34 %
Xrom tuzlari bilan oshlangan
29 %
Formaldegid bilan oshlangan
8 %
Charmni ekspluatatsiya qilish jarayonida oyoq terlaydi va ter ishqor
xususiyatiga ega bo‘lib, uni asta-sekin oshsizlaydi.
Oksidlovchilar ta’siri. Charmni oksidlar bilan ishlov berishda
u kuchli darajada, ayniqsa, nordon muhitda buziladi.
Teri to‘qimasini neytral muhitda
vodorod peroksidi bilan
ishlov bersak, u bir haftada buziladi. Tannid bilan oshlangan
charmlar mustahkamligi 15–30 % ga kamayadi.
Temir tuzlari
ta’sirida charm tez buziladi, chunki
temir oqsil bilan kislorod
bog‘lanishida katalizator vazifasini o‘taydi.