25
kiritish engillashadi, hududiy ko`rsatkichlarni hisoblash imkoniyati tug’iladi.
Ammo markazlashmagan svodkalash ma`lumotlarning tarqoqlanishiga olib
keladi. SHuning uchun ham statistika amaliyotida har ikkala ko`rinishdagi
svodkalash uyg’unlashgan tarzda amalga oshiriladi.
Qayta
ishlash
texnikasiga
qarab
svodkalash
qo`lda
yoki
mexanizatsiyalashgan usulda mashinada bajarilishi mumkin.
Mexanizatsiyalashgan usulda kam mehnat
sarflanadi va svodkalash
arzonga tushadi, uni bajarish muddati qisqaradi va olingan natijalarning aniqligi
oshadi. Hozirgi kunda ko`pgina statistika tashkilotlari zamonaviy mikro eHMlar,
va zamonaviy komp’yuterlar bilan ta`minlangan.
Keng
ma`noda
svodkalash
deyilganda
to`plangan
boshlang’ich
ma`lumotlarni ilmiy tekshirishda ko`zlangan maqsad va vazifalar nuqtai
nazaridan qayta ishlanishi tushuniladi. Bu holda svodkalash:
ma`lumotlarni guruhlash;
tipik guruhlar va guruhchalarni tavsiflovchi ko`rsatkichlar tizimini
ishlab chiqish;
har bir guruh va guruhlar bo`yicha umumiy yakunlarni chiqarish;
guruhlash natijalarini statistik jadvallarga
joylashtirish va ularni
grafiklarda tasvirlash kabi bosqichlarni o`z ichiga oladi.
3.2. Guruhlash to`g’risida tushuncha va uning unsurlari.
Statistik guruhlash deb ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har
tomonlama o`rganish maqsadida eng muhim, xarakterli belgilar bo`yicha bir xil
guruh va guruhchalarga ajratib o`rganishga aytiladi. Guruhlash o`rganilayotgan
hodisaning xarakterli xususiyatini, undagi qonuniyatni aniqlashga imkon beradi.
Ana shu tomoni bilan u ilmiy svodkalashning asosiy unsuri bo`lib hisoblanadi.
Arastu jamiyatdagi kishilarni 3 tabaqaga bo`ladi: 1)
eng boy tabaqa; 2)
o`rtacha boy tabaqa; 3) eng kambag’al tabaqa. Bulardan eng boy va o`rtacha
tabaqalar go`zal fazilatlarga ega bo`lib, kambag’al kishilarda bu axloqiy
fazilatlar yo`qdir, deb xulosa qiladi.
Guruhlash usuli ommaviy to`plamlarda miqdor o`zgarishlaridan
sifat
o`zgarishlariga o`tish jarayonini aniqlash maqsadida juda keng qo`llaniladi.
Masalan, korxonalarni:
samaradorlik darajasi bo`yicha quyidagi uch guruhga:
ilg’or;
o`rta;
qoloq;
katta-kichikligiga qarab:
yirik;
kichik;
mulkchilik shakliga qarab:
davlat; jamoa;
xususiy kabi guruhlarga bo`lish mumkin.
26
Murakkab hodisalarni o`rganishda
kombinatsion guruhlash usuli juda
keng qo`llaniladi.
Guruhlash usuli yordamida bir-biri bilan bog’liq bo`lgan
quyidagi uch
turdagi vazifa echiladi:
hodisalar ijtimoiy-iqtisodiy tiplarga ajratiladi;
ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar tuzilmasi o`rganiladi;
hodisalar o`rtasidagi bog’lanish aniqlanadi.
Har qanday guruhlashni amalga oshirish uchun dastlab guruhlash belgisi
va oralig’i aniqlab olinadi. Agar bular noto`g’ri belgilab olingan bo`lsa, u holda
guruhlash ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy hayotni bo`yab ko`rsatuvchi
natijalarni beradi.