• Analitik guruhlash
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/141
    Sana20.12.2023
    Hajmi3,01 Mb.
    #124927
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   141
    Bog'liq
    Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

    Tuzilmaviy guruhlash yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil 
    bo`lgan guruhlarning (birliklarning) salmog’i hisoblanadi va shu tariqa to`plam 
    tarkibi o`rganiladi. Bunday guruhlashlar yordamida aholining milliy, jinsik 
    tarkibi, ishchilarning kasbiy tarkibi yoki tuzilmasi kabilar o`rganiladi.
    Analitik guruhlash yordamida hodisalar o`rtasidagi o`zaro bog’lanish 
    o`rganiladi. Bunday guruhlashlar omil va natijaviy belgilar bo`yicha amalga 
    oshiriladi. Masalan, ishchi malakasining oshishi (omil belgi) mehnat 
    unumdorligining (natijaviy belgi) oshishiga olib keladi.
    Ikki va undan ortiq belgilar bo`yicha amalga oshirilgan guruhlashlar 
    kombinatsion guruhlashlar deyiladi. Bunday guruhlashlar bitta belgi bo`yicha 
    bajarilgan guruhlashlarga qaraganda kengroq analitik xususiyatga ega bo`ladi.
    3.4. Ikkilamchi guruhlash. 
    Dastlabki guruhlangan ma`lumotlarga asoslanib, yangi guruhlarni hosil 
    qilish statistikada ikkilamchi guruhlash deb yuritiladi. Bu usul odatda:

    sifat jihatdan bir xil tipga ega bo`lgan guruhlarni hosil qilish; 

    bir yoki bir necha guruhlarni bir-biri bilan taqqoslash; 

    umumiy qonuniyat yaqqol ko`rinuvchi yirik oraliqli guruhlarni hosil 
    qilish maqsadida qo`llaniladi. 
    Statistik guruhlashning yuqoridagi turlari asosan dastlabki statistik 
    ma`lumotlar bo`yicha amalga oshiriladi. Ikkilamchi guruhlash:

    dastlabki guruhlash oraliqlarini yiriklashtirish; 

    oraliqlarning nisbatiga asoslanib, yangi guruhlarni hosil qilish 
    usullarida amalga oshirilishi mumkin. 
    Amaliyotda har ikkala usulni ham juda keng qo`llash maqsadga 
    muvofiqdir. Xususan, ikkilamchi guruhlashning ikkinchi yo`li tadqiqotchi 
    qo`lida turlicha dastur va metodologiya asosida hisoblangan ma`lumotlar salmoq 
    ko`rinishida bo`lgan hollarda keng qo`llaniladi.
    1-jadval
    Tijorat magazinlarining tovaroborot hajmi bo`yicha guruhlanishi 
    № 
    IV chorakda tijorat do`konlarining 
    tovar oborot hajmi bo`yicha guruhlari 
    (ming so`m) 
    Do`konlar 
    soni 
    IV chorakda tovar 
    oborot hajmi
    (ming so`m) 




    1. 
    10 ming so`mgacha 
    15 
    93,0 
    2. 
    10-15 

    112,0 
    3. 
    15-20 
    13 
    200,0 
    4. 
    20-30 

    68,0 


    29 
    5. 
    30-50 

    378,0 
    6. 
    50-60 

    385,0 
    7. 
    60-70 

    180,0 
    8. 
    70-100 

    600,0 
    9. 
    100-200 
    22 
    2400,0 
    10. 
    200 va undan yuqori 
    12 
    3744,0 

    Download 3,01 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   141




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi

    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish