31
qoidalarga, qonuniyatga bo`ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega to`plamlar barpo
etiladi.
Tasniflar hamma ilmiy va amaliy sohalarda qo`llanadi. Kimyo, biologiya,
fizika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlarda yaratilgan tasniflar olamshumul
kashfiyotlar hisoblanadi, masalan, Mendeleevning
davriy elementlar sistemasi,
Linneyning botanika sistemasi, Charlz Darvinning o`simliklar sistematikasi,
Ulug’bekning astronomik jadvallari («Zij Kuragoniy») va h.k.
shular
jumlasidandir.
Statistikada ham ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning tasniflar
tizimi ishlab chiqilgan. Ularni eHM yordamida tuzish uchun xalqaro va milliy
tasniflagichlar yaratilgan.
Tasniflash hodisa va jarayonlarni
sifat xossalariga asoslanib, o`zaro
bog’lanishda tartiblash bo`lsa, guruhlash tasniflarni kundalik hayotda tuzish va
ijtimoiy-iqtisodiy tahlil jarayonida qo`llashdir. Guruhlash ko`proq miqdoriy
belgilarga tayanadi. SHu bilan birga u guruhlarni
tuzish va chegaralash uchun
belgilarni saylab olish va hamda pirovard natijalarini talqin (tahlil qilish)
qilishda o`rganilayotgan ob`ektlarning sifat mohiyatini hisobga olishni talab
qiladi.
Shunday qilib, guruhlash to`la qonli statistik usulidir.
Tasniflashning har xil turlari va usullari bo`lganidek, guruhlashning ham
turli usullari mavjud. Tipologik, analitik
va tuzilmaviy guruhlashlar, oddiy va
kombinatsion, bir o`lchovli va ko`p o`lchovli, birlamchi va ikkilamchi
guruhlashlar shular jumlasidandir.
Guruhlash usulidan amaliy ishda foydalanayotganda guruhlarni
tuzish va
ularni ta`riflovchi birlamchi mutlaq va o`rtacha ko`rsatkichlarni hisoblash bilan
odatda chegaralaniladi. Ammo bu holda statistika uslubi ya`ni analitik statistika
to`la qonlikda qo`llanildi, deb bo`lmaydi, chunki u guruhiy ko`rsatkichlarni va
ular orasidagi bog’lanishlarni baholashni, ishonchli ekanligini aniqlashni talab
qiladi. SHuning uchun guruhlash natijalarini
elastiklik va barqarorlik
ko`rsatkichlarini hisoblash hamda dispersion tahlil bilan to`ldirish va
takomillashtirish kerak. Natijada guruhlash statistika usuli sifatida boy
mazmunga ega bo`ladi va analitik ahamiyati kuchayadi.