|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasiBog'liq Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
Jami
100
8160,0
Ko`rinib turibdiki, ushbu keltirilgan guruhlash ma`lumotlari etarli
darajada yaqqol emas va umumiy qonuniyatni ifodalab berolmaydi. Bu erda
faqat to`plam tuzilishini payqay olishimiz mumkin, xolos.
Tovar oborotining umumiy hajmi va bitta do`konga to`g’ri kelgan tovar
oborot hajmi o`rtasidagi bog’lanish darajasini aniqlash maqsadida yuqoridagi
o`nta guruhni 5 ta guruhga ajratib tegishli ko`rsatkichlarni hisoblaymiz (2-
jadval).
2-jadval
Oraliqni yiriklashtirish usuli yordamida ikkilamchi guruhlash tartibi
№
IV chorakda tovar
oborot hajmi bo`yicha
do`konlar guruhi (ming
so`m)
Do`konlar
soni
IV chorakda
tovar oborot
hajmi
(ming so`m)
1 ta do`konga
to`g’ri kelgan
o`rtacha tovar
oborot (ming so`m)
1
2
3
4
5 – 4:3
1.
10 ming so`mgacha
15
93,0
6,2
2.
10-20
21
312,0
14,8
3.
20-50
12
446,0
37,2
4.
50-100
18
1165,0
64,7
5.
100-200
22
2400,0
109,1
6.
200 va undan yuqori
12
3744,0
312,0
Jami
100
8160,0
81,6
Ushbu usulda yangi guruhlar soni boshlang’ich guruhlarning tegishli
oraliqlarini qo`yilgan maqsadga muvofiq yiriklashtirish yo`li bilan aniqlanadi.
Masalan, shartga binoan ikkinchi guruhga 10 ming so`mdan 20 ming so`mgacha
tovar oborot hajmiga ega bo`lgan 2 va 3-guruhdagi do`konlar kiradi (8+13).
Xuddi shu tariqa ular bo`yicha tovar oborotning umumiy hajmi aniqlanadi
(112+200). Natijada guruhlash ixcham va yaqqol ko`rinishni oladi. Umumiy
qonuniyat esa ko`zga tashlanadi: tovar oborot hajmi oshib borgan sari 1 ta
do`konga to`g’ri keladigan tovar oborot hajmi ham muttasil o`sib borish
yo`nalishiga ega (5-ustunga qarang).
Oraliqlar nisbatiga asoslanib, ikkilamchi guruhlash tartibini yuqoridagi
misol ma`lumotlarida ko`rib chiqamiz. O`nta guruh o`rniga yirikroq guruhlar
tashkil qilish maqsadida ularni beshta guruhga bo`lamiz (3-jadval).
Birinchi guruh (40 ming so`mgacha) tovar oborot hajmiga ega bo`lgan
do`konlarga boshlang’ich guruhlashning 1, 2, 3, 4-guruhlardagi do`konlar soni
(15+8+13+3) va 5-guruhning esa faqat bir qismi kiradi. Birinchi oraliq 40 sonini
tashkil qilishi uchun beshinchi guruhdan 10 sonini ajratib olish kerak. Bu
30
guruhning oraliq kattaligi 20 (50-30). Demak, 10 soni oraliqning 1/2 qismini
(10/20) tashkil qilar ekan. SHu nisbat asosida beshinchi guruhdan do`konlar
sonini aniqlab olamiz:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
|