89
balki shu bilan birga zamon va makon (joy) jihatidan taqqoslama bo`lishi kerak.
Zamon jihatidan taqqoslamalik deganda ko`rsatkichlar
tegishli vaqt uzunliklari
teng bo`lishi bilan birga davrlar, ayniqsa, boshlang’ich va oxirgi davr bir-biridan
tasodifan farq qilmasligi, masalan, favqulodda voqealarga ega bo`lmasligi
nazarda tutiladi. Makon jihatdan taqqoslamalik ko`rsatkichlar
teng chegarali
hududlarga tegishli bo`lishini anglatadi. Bundan tashqari, o`rganilayotgan
ob`ektlarni chegaralash tartibi va uning birliklarini
aniqlash masalasi bir xil
tarzda echilishi kerak. Ko`rsatkichlarni hisoblash ham yagona usulga tayanishi
lozim.