Bog'liq 13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
4.9. Metall qaychilar, ularni ishga sozlash, qirqish usullari Metall qirqish asboblari. Chilangarlik o’quv ustaxonalarida
metallarga ishlov berishda qirqiladigan metallning turi, o’lchami va
ulardan qirqib olinadigan zagotovkaning shakliga qarab turli xil metall
qirqish asboblari ishlatiladi. Chilangarlik qaychilari dastaki va richagli
(mexanik) qaychilarga bo’linadi. O’quv ustaxoialarida, ko’pincha
dastaki qaychilar ishlatiladi (7-rasm).
7-rasm. Dastaki qaychi. Dastaki qaychilar dasta va tig (ish qism) lardan iborat bo’lib, U7,
U8 markali uglerodli asbobsozlik po’latidan tayyorlanadi. Dastaki
qaychilar yordamida qalinligi 1 mm gacha bo’lgan temir tunukalar va
qalinligi 2 mm gacha bo’lgan rangli metall listlarni qiyish mumkin.
Dastaki qaychilar o’naqay va chapaqay bo’ladi. O’naqay qaychining
pastki tig’i o’ng tomonda, chapaqay qaychiniki esa chap tolonda
joylashgan bo’ladi. O’naqay qaychi bilan soat strelkasi yo’nalishida,
chapaqay qaychilar bilan soat strelkasiga teskari yo’nalishda qiyiladi.
Qaychi tig’lari qiyiladigan metallarning turiga qarab: rangli metallar
uchun 60-65°, temir tunukalar uchun 70-75º burchak ostida
charxlanadi. Qaychi tig’larini o’rnatganda ular orasida 0,2 mm zazor
qoldiriladi. Tig’lar orasidagi zazor ortib kesa, qiyish qiyinlashadi,
qiyish vaqtida tunukaning cheti buklanib qoladi. Shuning uchun ish
vaqtida qaychining gaykasi bo’shab ketsa, uni qotirib olish kerak.
Dastaki qaychilar yordamida qiyish vaqtida qo’yiladigan metallning
qalinligiga qarab qaychini qo’lda tutib yoki qisqichga o’rnatib olib
qiyish mumkin. Dastaki qaychilar bir qator afzalliklariga ko’ra
qaychini qisqichga o’rnatib olib qiyish qulaydir. Bu usul bilan
qiyishda ortiqcha kuch sarflamasdan oson va to’g’ri qiyiladi.
Qalinligi 1 mm dan ortiq temir tunuka va listlarni qiyishda
richagli qaychilar bilan bir qatorda kundaga o’rnatiladigan
53
qaychilardan foydalanish qulaydir, chunki ularning dastasi (yelkasi)
uzun bo’lib, qiyish vaqtida ortiqcha kuch qo’yilmaydi (2.9-rasm).