54
foydalanish
maqsadga muvofiqdir, chunki unga har xil uzunlikdagi
polotnolarni o’rnatish mumkin.
9-
rasm. Metall kesuvchi dastaki arra.
Arra polotnosining uzunligi 250-300 mm, yeni 12-15 mm,
qalinligi 0,6 mm dan 1 mm gacha bo’lib, ular U10, U10A, U12, U12A
markali
uglerodli,
SHX15,
X6VF
legirlangan
asbobsozlik
po’latlaridan va R9, R18 markali tez kesar po’latlardan tayyorlanadi.
Polotnolarga qadami 0,8; 1; 1,3; 1,6 mm li tishlar chiqarilgan bo’lib,
ularga polotno qalinligidan 0,2.-0,5 mm ortiqroq qilib chapara
chiqariladi. Mis, latun kabi yumshoq va qovushoq metallarni
arralashda tish qadami 0,8-1 mm bo’lgan polotnolardan,
qattiqligi
yuqori bo’lgan po’lat va cho’yanlarni qadami 1,3 mm li, yumshoq
po’latlarni arralashda qadami 1,6 mm li polotnolardan foydalaniladi.
Chilangarlik arralarining tishlari duradgorlikdagi tiluvchi
arralarning tishlariga o’xshash qiyshiq tishli bo’lib, polotnoni
stanokka o’rnatishda tishlarni oldinga -
tortqi vint tomonga qaratib
o’rnatiladi vatortqi vint yordamida taranglanadi. Polotnoni
taranglashda quloqli gayka qo’l bilan buraladi. Ortiqcha tarang
tortilgan, shuningdek, salqi o’rnatilgan polotno ish vaqtida uzilib yoki
tishlari sinib ketishi mumkin. Shuning uchun uni normal holda
taranglash kerak. Arra polotnosi
arralanadigan materialning
o’lchamiga (uzunligiga) qarab ramka tekisligida yoki ramka
tekisligiga tik o’rnatilishi mumkin. Qisqa materiallarni arralashda
polotno ramka tekisligida o’rnatilib, uzun o’lchamdagilarini
arralashda yesa 90° ga burib o’rnatiladi. Stanokka yangi polotno
o’rnatish yoki polotnoning holatini o’zgartishda
quloqli gayka
bo’shatilib, dasta va tortqi vintdagi shtiftlar olinib (ular qisqa
55
o’lchamli mix yoki burama mixdan iborat bo’lishi mumkin), polotno
o’rnatiladi va shtiftlar qayta kiritilib, tarangligi hisoblanadi. Sortli
prokat zagotovkalarni va trubalarni kesishda
dastaki chilangarlik
arrasi qo’llanadi va sortli prokatni arra yordamida bo’laklari
ajratishdan iborat chilangarlik operasiyasidir.