57
boshqa ko’rsatkichlariga bog’liq. Sof metallarning plastikligi qattiq
qotishmalarnikidan,
qattiq
qotishmalariniki
esa
kimyoviy
birikmalardan yuqori. Metallarning temperaturasi ko’tarilgan sari
plastikligi ortadi. Lekin ularni o’ta qizdirilsa, donachalarining
yiriklashishi sababli plastikligi ancha pasayadi.
Deformatsiya
tezligining ortishi plastikligining pasayishiga olib keladi, lekin bunda
deformatsiyaning issiqlik effektini hisobga olmoq kerak. Metall har
tomonlama notekis bosim bilan ishlansa, uning deformatsiyalanishi
oson kechadi. Metallning plastikligi ortgan sari unga qo’yilgan
kuchning qiymati kamayadi.
Yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlarga ko’ra amalda bu
faktorlarini
birgalikda hisobga olib, oqilona ishlov rejimlari
belgilanmog’i lozim. Ma’lumki, plastik deformatsiya atomlar
guruhlarining bir-biriga nisbatan eng zich joylashgan tekisliklar
bo’yicha siljishga olib kelidi. Siljish zonasida kristall panjara buziladi
va donachalar maydalashadi va cho’ziladi. Ayrim donachalarda va
donacha chegaralarida boradigan
bu murakkab hodisa metall
strukturasini o’zgartiradi. Metallarni plastik deformatsiyadan keyin
donachalarning deformatsiya yo’nalishi tomon oriyentirlashuvi
(tolaligi) tekstura deb ataladi. Ichki kuchlanishlar olinib, qayta
kristallanishi tufayli teng o’qli mayda donachalar hosil bo’ladi. Plastik
deformatsiyalangan metalning strukturasini o’zgarturuvchi
bu hodisa
kristallanish deyiladi. Akademik A.A.Bochvaning tadqiqotlariga ko’ra
sof metallda kristallanishning boshlanish harorati shu metallning
suyuqlanish absolut haroratining taxminan 0,4 % ulushiga teng
bo’ladi. (Tr= 0,4 Tabs). Shunday qilib, temir uchun bu temperatura
450 °C, qo’rg’oshin va qalay uchun esa 0 °C dan past bo’ladi. Agar
metallni bosim bilan ishlash davrida rekristallanish to’la bo’lsa,
bunday ishlashga qizdirib bosim bilan ishlash deyiladi.
Agar metallni bosim bilan ishlash davrida kristallanish o’tmasa
bunday ishlashga sovuqlayin bosim bilan ishlash deyiladi.
Metallni
qizdirib turib bosim bilan ishlashda donachalar chegarasida
joylashgan qo’shimchalar deformatsiya yo’nalishiga cho’zilib, tolali
makrostuktura hosil qiladi. Zagotovkani qizdirib bosim bilan ishlashda
teng o’qli mayda donachalar olinganda ham tolalik saqlanadi, shu
sababli metall xossalarining tola bo’ylab
va unga perpendikular
yo’nalishda turlicha bo’lishiga olib keladi. Deformatsiya darajasi
58
qanchalik katta bo’lsa, tolalik shunchalik ortadi. Masalan, St3 markali
po’latning tola bo’ylab zarbiy qovushoqligi unga perpendikular
yo’nalishidagiga qaraganda 30 % ortiq bo’ladi.