O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/189
Sana30.01.2024
Hajmi4,62 Mb.
#148361
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Cho’zish. Cho’zishda tegishli profildagi tishli jo’va yoki reyka 
ko’rinishdagi ko’p tig’li tishli jo’va yoki reyka ko’rinishdagi ko’p 
tig’li asbob (protyajka) ishlanadigan teshikdan (tashqi sirtdan) tortib 
o’tkaziladi. 2-chizmada ko’rsatilgan protyajka quyidagi qismlar: 1 - 
quyruq (protyajkani stanok patroniga o’rnatish uchun); 2 - bo’yin 
konusi; 4 - yo’naltiruvchi qism (ish boshlanishda protyajkani oldindan 
ishlangan teshik bo’ylab yo’naltirish uchun;) 5 - kesuvchi qism (bu 
qismga asosiy quymani qirquvchi tishlar joylangan; 6 - kalibrlovchi 
qism (bu qismga teshikni kalibrlab, yuzaning tozaligini zarur darajaga 
yetkazuvchi tishlar joylashgan; 7 - yo’naltiruvchi qismdan iborat (bu 
qism uzun protyajkaning shikaslanishidan saqlash va protyajkalash 
oxirida zagotovkaning qiyshayishiga yo’l qo’ymaslik uchun xizmat 
qiladi). Protyajka tishlari, ko’p tig’li asbob, masalan, ishlanadigan 
teshikdan yoki tashqi sirtdan tortib o’tkaziladi. Uning har bir tishi 
ma’lum qatlamni qirindi tarzida yo’nadi. Ushbu chizma, a da silindrik 
protyajkada teshikning ishlanishi, ushbu chizma, b da proish va ushbu 
chizma, d da doiraviy protyajkalash sxemasi keltirilgan. Protyajkaning 
kesuvchi qismida navbatdagi har bir tish o’zidan oldingi tishdan biror 
o’lchamsiz yuqori bo’ladi. Bu o’lcham tishga to’g’ri keladigan 
ko’tarilish yoki bir tishga to’g’ri keladigan surish deb ataladi.
Ishlanuvchi metall xossasiga, protyajka materialiga va 
geometriyasiga qarab, siz qiymati 0,015-0,2 mm oralig’ida bo’ladi. 
Protyajkaning har bir tishida keskichdagi kabi elementlar bor. 
Protyajka tishlarida qirqindini maydalash uchun shaxmat tarzida 
maxsus ariqchalar qilinadi. Kalibrlovchi tishlar esa bir tekis bo’ladi. 
Proshivkalash ham protyajkalashga o’xshaydi. Lekin bunda proshifka 
deb ataluvchi keskich ishlanadigan teshikdan bosib o’tkaziladi. 
Proshivka ish jarayonida bo’yiga egilmasligi uchun kaltaroq qilinadi. 
Odatda uning uzunligi diametrining 15 barobaridan ortiq bo’lmaydi. 
Proshifkalash usulidan kalta teshiklar ishlaniladi. Bajaradigan ish 
harakat yo’nalishiga ko’ra - gorizontal va vertikal, harakat xarakteriga 
- uzluksiz va uzlukli hamda kesish asboblari soniga ko’ra - bir va bir 
necha keskichli turlarga ajratiladi. Bunday stanoklarning xarakterli 
parametriga protyajkaning tortish kuchi va yurish yo’li uzunligi kiradi. 
Tortish kuchi 2,5-120 t gacha, urish yo’li esa 350-2000 mm ga yetadi. 


60 

Download 4,62 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   189




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish