62
5.2. Rezinaning asosiy xossalari
a) yuqori elastiklik;
b) yuqori egiluvchanlik;
v) suyuqlik va gaz o’tmaslik:
g) yaxshi elektroizolyatsiyaligi.
Ba’zilari ishqalanishga qarshilik, yaxshi demfirlash,
aviatsiya
yoqilg’ilariga va yog’lariga turg’unligi, qarama-qarshi va ko’p marta
ta’sir qiluvchi kuchlarga chidamligi xossalariga ham ega.
2-rasm. Rezina granulalari.
Yuqoridagilarni hisobga olib, rezina o’zi
va boshqa materiallar
bilan birgalikda mashinasozlikda ko’p qo’llaniladi:
a) mashina pnevmatikalarini;
b) mashina egiluvchan shlanglarini va truboprovodlarini;
v) amartizatorlarni;
g) membranalarni;
d) prokladka va zichlagichlarni (“uplotniteli”);
e) yoqilg’i uchun yumshoq baklarni;
j) rezinalashtirilgan gazmollarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Tashqi muhit ta’sirida (yoruglik, harorat, azot,
kislorod,
radiatsiya va h.k.) rezina eskiradi - o’z xossalarini o’zgartiradi.
Eskirish koeffitsienti:
K=Z1/Z2;
Z1-yangi rezina egiluvchanligi; Z2-eskirgan, ya’ni 3 yil
davomida tabiiy sharoitda yoki -700Sda 144 soat davomida sun’iy
eskirgan rezina egiluvchanligi. Umuman, sovuqqa chidamlilik
63
rezinaning mo’rtlashish harorati bilan aniqlanadi.
Bunda rezina
o’zining elastikligini yo’qotadi, urilsa mo’rtligi buziladi.