1.2. Tabiiy geografiya fanining ob’ekti va predmetining mazmuni va mohiyati
Tabiiy geografiya - Erning geografik kobig`i, tabiiy tarkibi va uning strukturaviy kismlari: barcha daraja-dagi tabiiy hududiy majmualarini (shuningdek, suv havzalarini ham) o’rganuvchi fan; tabiatshunoslik fan-larining muhim tarmoklaridan biri. Tabiiy geografik majmualarning ma-kon va zamonda ob’ektiv mavjudligini e’tirof etish tabiiy geografiyani eng muhim metodologik tamoyillaridan biri.
Geografik qobiqning murakkab tuzilishi va xususiyatlari uni har to-monlama tadqiq qilishni, ya’ni bir butun hamda alohida komponentlar bo’yicha ham va undagi katta-kichik tabiiy geografik majmualar bo’yicha ham tadqiq qilishni taqozo etadi. Bu, o’z navbatida, tabiiy geografiyaning tarmoqlanishiga olib keladi. Hozirgi kunda tabiiy geografiyaning quyidagi asosiy tarmoklari mavjud: umumiy er bilimi, regional geografiya, landshaftshunoslik, paleogeografiya, xususiy geografiya (iqlimshunoslik, geomorfologiya, biogeografiya va h.k.)
|