I. Bob. Tabiiy geografiya fanining ob’ekti va predmetini o’rganishning ahamiyati
1.1. Tabiiy geografiyaning geografiya fanlar tizimidagi o’rniga umumiy tavsif
Geografiya (yun. geo... va ...grafik) — Erning geografik qobig`i, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar bo’yicha o’zaro ta’siri va taqsimlanishini o’rganadigan fanlar majmui.
Antik dunyo g`arb olimlari Er yuzasining manzarasini geografiya so’zi bilan ifodalaganlar. Geografiya terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194 y.larda yashagan) kiritgan. O’rta Osiyoda 9-10 asrlardan boshlab, geografiya so’zi ma’nosida «surati arz», «etti iqlim», «Kitob al-masolik valmamolik» («Mamlakatlar va masofalar kitobi») iboralari qo’llanilgan. 19-asrda va 20-asr boshlarida o’zbek tilida geografiya arabcha talaffuz bilan «jug`rofiya» shaklida yozilgan. Keyinroq geografiya shakli rasmiy tus oldi. Hozirgi davrda geografiya o’rniga geografiya fanlari sistemasi iborasini qo’llash ilmiy jihatdan to’g`riroqdir. Rus olimi Ya. G. Mashbist geografiya fanlari tizimiga 88 ta ilmiy yo’nalish kirishini hisoblab chiqqan.
Geografiya fanlari tizimi - sistemasi 3 asosiy tarmoqqa bo’linadi:
a) tabiiy, ya’ni tabiiy geografik fanlar — ularga tabiiy geografiya (umumiy er bilimi, landshaftshunoslik va paleogeografiyani o’z ichiga oladi), geomorfologiya, iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, glyastiologiya, geokriologiya, tuproklar geografiyasi va biogeografiya kiradi;
b) ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar — umumiy va regional iqtisodiy geografiya, xo’jalik tarmoqlari geografiyasi (sanoat geografiyasi, q. x. geografiyasi, transport geografiyasi va b.), aholi geografiyasi, siyosiy geografiya;
v) xaritagrafiya.
Undan tashqari geografiyaga mamlakatshunoslik, tibbiy geografiya, rekreastiya va harbiy geografiya ham kiradi.
Keyingi yillarda, koinotni o’rganish rivojlanishi bilan selenografiya (Oy geografiyasi), kosmos ershunosligi kabi sohalar ham vujudga keldi. Er sun’iy yo’ldoshlari va kosmik kemadan turib Er yuzasining suratini olish va xaritasini tuzish usullari ham yaratildi. Quyida geografiya fanlar tizimi (sistemasi) rus olimi B. N. Semevskiy tomonidan taklif etilgan (1-chizma).
1-rasm. B. N. Semevskiy tomonidan taklif etgan sxema.
B. N. Semevskiy tomonidan taklif etgan mazkur sxema ham ko’pgina olimlar tomonidan munozaralarga sabab bo’lmoqda. Ularning fikricha geografiya fanlar tizimi 4 qavatli “bino”ga o’xshaydi. Uning birinchi qavati “nazariy geografiya yoki geografiya nazariyasi”dir. Ikkinchi qavat esa tarmoqlar geografiyasi – tabiiy geografiya, sostial-iqtisodiy geografiya va xaritografiya bilan band. Uchinchi qavatda bu tarmoqlar geografiyasi yanada kichik tarmoqlarga “parchalanadi”. To’rtinchi qavatni esa fan qirralarida vujudga kelgan fanlar tashkil etadi.
|