• Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti




    Download 0,62 Mb.
    bet2/18
    Sana27.06.2021
    Hajmi0,62 Mb.
    #15201
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    KIRISh

    Mavzuning dolzarbligi. Geografiya qariyb yigirma ikki asrlik uzoq va murakkab tarixga ega bo’lgan qadimgi fanlardan biridir. U jamiyatda doimo bir necha vazifalarni bajarib kelgan. Geografik bilimlar umumiy ta’limning asoslaridan birini tashkil qilishi bilan bir vaqtda insonning haqiqiy ilmiy dunyoqarashining shakllanishi uchun muhimdir. Geografiya bugungi kun fani sifatida rivojlanishning tabiatdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, jamiyatning turli sostial-iqtisodiy vazifalarni to’g`ri hal etishida ahamiyati katta.

    Geografiya o’zining uzoq tarixi davomida g`ayratli va donishmand insonlarning shijoati tufayli Er yuzasining barcha qismlari, mamlakatlari kashf qilindi, ularning tabiiy sharoitlari, tabiiy boyliklari, xalqlari va boshqa geografik xususiyatlariga oid ko’pdan-ko’p ma’lumotlar to’plandi. Natijada to’plangan ma’lumotlarni o’rganish, solishtirish, umumlashtirish va qonuniyatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan ilmiy izlanishlar yuzaga chiqa boshladi, ya’ni geografiya fanining ilmiy asoslari va nazariyasi shakllana boshladi.

    Er yuzasi va turli qismlarining, turli o’lka va mamlakatlarning tabiiy sharoiti, tabiiy boyliklari, xo’jaligi va aholisiga taalluqli ma’lumotlar ko’paygan sari geografik izlanishlar ham murakkablashib, ixtisoslashib bordi. Joylarning tabiiy sharoitini, iqtisodiy geografik xususiyatlarini chuqurroq va batafsilroq bilish ehtiyoji ularning qismlarga, komponentlarga bo’lib o’rganishni taqozo eta boshladi. Bu hol o’z navbatida geografiya fanining tabaqalanishiga va yangi geografik fanlarni paydo bo’lishiga olib keldi. Buning oqibatida bir butun fan sifatida shakllangan geografiya endilikda murakkab tuzilgan fanlar tizimiga aylandi. Bu tizimda tabiiy geografiyaning ham o’z o’rni bor.

    Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, mamlakatimizning barcha ta’lim tizimlarida tabiiy geografiya fanining turli tarmoqlarini o’qitishga katta e’tibor berila boshladi. Bu esa geografiya darslarida ta’lim sifati va mazmunini yaxshilashni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgiladi.

    O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g`risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining talablaridan kelib chiqib, geografiya fanlar tizimidagi qonuniyatlarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi ta’lim sifatini ta’minlovchi muhim omildir.

    Men yuqoridagi talablardan kelib chiqib, bitiruv malakaviy ishim mavzusi sifatida tabiiy geografiyaning ob’ekti va predmeti hamda uni o’qitishning ahamiyati mavzusini tanladim.

    Bugun mamlakatimizda ta’lim sohasiga katta mablag`lar ajratilmoqda.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov 2016 yil 16 yanvarida mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig`ilishida “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” nomli ma’ruzalarida “Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etmoqda. Bu YuNESKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo’naltirilishi zarur bo’lgan investistiyalar miqdori bo’yicha tegishli tavsiyalaridan, ya’ni 6-7 foizdan qariyb 2 barobar ko’pdir” - deb ta’kidlab, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini yanada isloh etish va takomillashtirish dolzarb masala ekanligini qayd etib o’tdilar.

    Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Mazkur ishning asosiy maqsadi Tabiiy geografiyaning ob’ekti va predmeti tushunchalarining mazmun-mohiyatini ochib berish hamda uni o’qitishning amaliy tavsiflashdan borat.

    Ushbu maqsad yo’lida quyidagi vazifalarni bajarish ko’zda tutilgan:



    • Tabiiy geografiyaning ob’ekti va predmeti tushunchalari to’g`risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish;

    • Tabiiy geografiyaning ob’ekti va predmeti tushunchalarini o’rganish va bayon etish;

    • Tabiiy geografiyaning ob’ekti va predmeti tushunchalarini asoslagan olimlarning ilmiy g`oyalarini o’rganish;

    • Tabiiy geografiyaning ob’ekti va predmeti tushunchalarini bilishning amaliy ahamiyatini tavsiflash.

    Mazkur mavzu yuzasidan ma’lumotlar to’plash va ularni mazmunan tahlil qilishda yaqindan yordam bergan ilmiy rahbarim X.R.Toshovga, kafedraning dostenti A.Mavlonovga, katta o’qituvchilar A.Qodirov, A.Ne’matov va I.Mirzaeva, M.Ergasheva, o’qituvchilar Z.Anvarova, G.Halimova va D.Qalandarovalarga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 0,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti

    Download 0,62 Mb.