95
zararlantirish mumkin bo‗lib qoladi. Eng ko‗proq viruslar bilan diskning
yuklanadigan sektori va .EXE, .COM, .SYS yoki BAT kengaytmasiga ega bo‗lgan
fayllar zararlanadi. Kam matnli va grafikli fayllar kam zararlanadi.
Zararlangan dastur, bu unga tadbiq qilingan dastur – virusni o‗z ichiga olgan
dasturdir. Kompyuter virusi bilan zararlanishda o‗z vaqtida uni payqash juda
muhimdir. Buning uchun viruslarni paydo bo‗lishining asosiy belgilari to‗g‗risida
bilimlarga ega bo‗lish kerak. Ularga quyidagilar tegishli bo‗lishi mumkin:
- oldin muvaffaqiyatli ishlagan dasturlarning ishlashdan to‗xtashi yoki noto‗g‗ri
ishlashi;
- kompyuterning sekin ishlashi;
- operatsion tizimni yuklash imkoni yo‗qligi;
- fayl va kataloglarni yo‗qolib qolishi yoki ularning mazmunini buzilishi;
- fayllarni o‗zgartirilganlik sanasi va vaqtining o‗zgarishi;
- diskda fayllar soni bexosdan juda oshib ketishi;
- bo‗sh tezkor xotira o‗lchamining jiddiy kamayishi;
- ekranga ko‗zda tutilmagan xabarlarni yoki tasvirlarni chiqarish;
- ko‗zda tutilmagan tovushli xabarlarni berish;
- kompyuter ishlashda tez-tez bo‗ladigan osilib qolishlar va buzilishlar.
Ta‘kidlash kerakki, yuqorida sanab o‗tilgan hodisalar viruslarni kelib chiqishi
bilan bo‗lishi majburiy emas, boshqa sabablarning oqibatlari ham bo‗lishi mumkin.
Shuning uchun kompyuter holatini to‗g‗ri diagnostikalash har doim mushkuldir.
Kompyuter virusi kompyuterda mavjud bo‗lgan disklardagi istalgan faylni
yetarlicha o‗zgartirish va buzishi mumkin. Lekin fayllarning ba‘zi bir turlarini
virus «zararlantirishi» mumkin. Bu shuni bildiradiki, virus bu fayllarga «tadbiq»
qilinishi mumkin, Ya‘ni ularni shunday o‗zgartiradiki, ular virusni o‗z ichida
saqlaydi va bu virus ba‘zi bir holatlarda o‗zining ishini boshlashi mumkin.
Ta‘kidlash lozimki, dastur va hujjatlarning matnlari, ma‘lumotlar bazasining
axborotli fayllari, jadvalli protsessor jadvallari va boshqa shunga o‗xshash fayllar
virus bilan zararlanishi mumkin emas, bu fayllarni viruslar buzishi mumkin.