97
• viruslar-«yo‗ldoshlar» (companion). Viruslar-«yo‗ldoshlar» fayllarni
o‗zgartirmaydi. Uning ta‘sir mexanizmi bajariluvchi fayllarning nushalarini
yaratishdan iboratdir.
• Viruslar-«qurtlar» tarmoq orqali ishchi stansiyaga tushadi, tarmoqning
boshqa abonentlari bo‗yicha virusni jo‗natish adreslarini hisoblaydi va virusni
uzatishni bajaradi.
Algoritmlarning murakkabligi, mukammalik darajasi va yashirinish
xususiyatlari bo‗yicha yashash makonini o‗zgartiradigan viruslar quyidagilarga
bo‗linadi:
• talaba viruslar;
• «stels» viruslar (ko‗rinmaydigan viruslar);
• polimorf viruslar.
Talaba-viruslar malakasi past yaratuvchilar tomonidan yaratiladi. Bunday
viruslar, odatda, rezident bo‗lmagan viruslar qatoriga kiradi, ularda ko‗pincha
xatoliklar mavjud bo‗ladi, osongina taniladi va yo‗qotiladi.
«Stels» viruslar malakali mo‗taxasislar tomonidan yaryatiladi. «Stels»-
viruslar operatsion tizimning shikastlangan fayllarga murojaatlarini ushlab qolish
yo‗li bilan o‗zini yashash makonidagiligini yashiradi va operatsion tizimni
axborotning shikastlanmagan qismiga yo‗naltiradi. Virus rezident hisoblanadi,
operatsion tizim programmalari ostida yashirinadi, xotirada joyini o‗zgartirishi
mumkin. «Stels» - viruslar rezident antivirus vositalariga qarshi ta‘sir ko‗rsata
olish qobiliyatiga ega.
Polimorf viruslar ham malakali mo‗taxasislar tomonidan yaratiladi, va doimiy
tanituvchi guruxlar-signaturalarga ega bo‗lmaydi. Oddiy viruslar yashash
makonining zaxarlanganligini aniqlash uchun zaxarlangan obyektga maxsus
tanituvchi ikkili ketma-ketlikni yoki simvollar ketma-ketligini (signaturani)
joylashtiradi. Bu ketma-ketlik fayl yoki sektorning zaxarlanganligini aniqlaydi.