metodi esa o'z-o'zini eksperimental nazorat qilish to'g'risidagi tushunchadan iborat bo'lgan. XX
asrning 30-yillari boshida psixologiya kapitalistik mamlakatlarda yana krizisga uchradi.
Bundan oldingi davrni asosiy maktablari tarqaldi. Ammo u maktabning siniq parchalarida
ko'plab yangilari paydo bo'ldi. Psixologik o'rganishni metodologik muammolariga qiziqish
kuchaydi va bir necha yirik tarixiy psixologik ishlar paydo bo'ldi. Sobiq sovet psixologlarining
ishlarida psixologik fikrni o'sishi amerikalik va boshqa chet el tarixchilariga qaraganda boshqa
g'oyaviy - teoretik pozitsiyada ko'ringan.