O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/70
Sana30.05.2024
Hajmi1,35 Mb.
#257452
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
Psixologik maktablar 
XIX va XX asrdagi psixologiya - bu asosan empirik psixologiyadir. Psixologiyada XVII 
asrda paydo bo'lgan bu yo'nalish XIX va XX asrning boshlarida o'z taraqqiyotining eng yuqori 
cho'qqisiga erishdi. Uning yutuqlariga erishuviga sabab eksperiment metodining tatbiq qilinishi 
edi. Uning predmet doirasi juda kengaydi. Yuqorida aytilganday, psixologiya fanining maxsus o'z 
vazifalari va metodlariga ega bir qancha shaxobchalari maydonga keldi. Empirik psixologiya bir 
butun narsa emas edi. Bu psixologiyaning ichida bir qancha yo'nalish va oqimlar mavjud edi. 
Psixologiya tarixida bulardan ancha mashhur va muhimlari assotsionizm, intellektualizm, 
volyuntarizm, geshtal`psixologiya va freydizmlar edi. Intellektual psixologiya - bu psixikaning 
asosiy elementi va psixologik faoliyatning asosiy funktsiyasi aql-intellektdir deb hisoblaydigan 
yo'nalish. Intellektualistlarning fikricha, turli-tuman psixik jarayonlar, shu jumladan emotsional 
va iroda jarayonlari ham sezgi, tasavvur va tushunchalarning qo'shilishidir deb tushuntiriladi. 
Assotsiativ psixologiyaning vakillari ham intellektualistlarga kiradi, chunki ular ham birlamchi va 
asosiy element tasavvurlardir deb hisoblaganlar. Psixologiya va pedagogikada intellektualizmning 


eng ko'zga ko'ringan vakili Gerbart hisoblanadi. Volyuntaristik psixologiya, intellektualizmdan 
farq qilib psixik hayotning asosi sifatida shaxsning irodasini, aktivligini, faolligini ilgari suradi. 
Barcha murakkab psixik jarayonlar, xususan, tafakkur ham insonning irodaviy aktivligi deb talqin 
qilingan. Volyuntaristik psixologiyaning vakillari G.Linne (1889-1941), G.Myunsterberg (1863-
1916) edilar. Vilgel`m Vundt ham garchand irodaning asosiy hislardir deb hisoblagan bo'lsa ham 
volyuntarist edi. Freydizm - bu o'z nomini avstriya nevropatologi va psixologi Zigmund Freyd 
(1856-1939) nomidan olgan bo'lib, psixologiya va nevropotologiyadagi alohida yo'nalishdir. Freyd 
ta'limotiga ko'ra, shaxs psixologik hayotining asosi jinsiy lazzat olishga qaratilgan, tug'ma ongsiz 
mayl(instinkt)dir. Lekin tarixan tarkib topgan odat, axloqiy printsiplar tufayli, ijtimoiy 
«senzura»ning mavjudligi tufayli bu mayl to'g'ridan
-to'g'ri to'siladi. Shuning uchun ham ba'zi 
kishilarda bu ongsiz tabiiy mayl bilan anglab turilgan vaziyat o'rtasida ichki ruhiy konflikt 
(to'qnashuv) paydo bo'ladi. Bu to'qnashuvlar ba'zan asab kasalligiga (nevrozga) olib keladi. 
Kishilik jamiyatida ko'pchilik kishilarning hayoti va taraqqiyoti jarayonida bu tabiiy ongsiz 
mayl energiyasi mehnat faoliyatiga aqliy va ijodiy faoliyatga qaratiladi va sarf etiladi. Hayotning 
yuksak sohasiga energiyaning shu tariqa ko'chirilishini sublimatsiya deb ataladi. Freydning ayrim 
shogirdlari uning ta'limotiga ba'zi bir o'zgarishlar kiritganlar. Masalan, Adol`f Adler (1870-
1937y.) fikricha, psixik hayotning asosini seksual (jinsiy) mayl emas, balki ustunlikka, 
hokimiyatga, boshqa kishilar ustidan hukumronlik qilishga bo'lgan tabiy mayl tashkil qiladi. 
Geshtal psixologiya yoki boshqachasiga struktura, yaxlit psixologiya. Bu yunalishning 
asosiy vakillari X.Erenfel`s (1859-1932), V.Keller (1887-1967), K.Kofka (1886-1941) lardir. 
”Geshtal`t” tushunchasini fanga Erenfel`s kiritgan. Bu psixologlar barcha murakkab psixik 
jarayonlar elementlar hodisalardan-sezgilardan tarkib topadi deb hisoblangan assotsiativ 
psixologiyani tanqid qilib chiqdilar. Geshtal`t psixologiyaning vakillari bu ta'limotga qarama-
qarshi o'laroq, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kirgan qism va elementlarning 
yig'indisiga nisbatan mazmundorroq hamda boyroqdir. Ayrim element va qismlarning yig'indisi 
butunning mazmunini belgilamaydi, balki, aksincha, butun (yaxlit struktura)qism elementlarning 
hususiyatlarini belgilab beradi. 
Bu psixik strukturaning yaxlitligi nazariyasi, avvalo idrok faktlari, asosida ishlab chiqilgan 
edi. Idrok - bu sezgilarning yig'indisi emas, balki yaxlit obrazdir, deb ta'kidlanardi. Psixik 
mahsullar va strukturalarning yaxlitligi haqidagi bu ta'limot keyinchalik xotira, tafakkur va iroda 
hodisalariga ham tatbiq qilingan edi. Bu alohida-alohida yo'nalish va oqimlar, bir qancha umumiy 
hususiyatga ega bo'lgan holda «Empirik psixologiya» degan umumiy nom ostida birlashdilar. 
Psixologiyaning predmeti va metodlarini bir xilda tushunish bu barcha oqimlarning birlashuviga 
sababchi bo'ldi. 
Empiriklar psixologiyani ruh haqidagi 
fandir deb emas, «ruhiy hodisalar» yoki «ong 
hodisalari» yoki bo'lmasa faqatgina ong hakidagi fandir deb ta'kidladilar. Bu «ruhsiz» 
psixologiyadir (N.N.Lange), «hech qanday metafizikasiz psixologiyadir» (A.I. Vvedenskiy). 
Empirik psixologiyaning tarixiy xizmati shundan iboratki, uning vakillari ilmiy jihatdan o'rganish 
predmeti sifatida ruhni inkor qildi. Bu holatni psixologiyaning metafizik va idealistik qarashlardan 
xoli bo'lish yo'lidagi katta qadami deb hisoblash mumkin.
Yuqorida aytilganiday, empirik psixologiyaning asosiy metodi kuzatish, tajribadir. Lekin 
tabiat fanlaridan psixologiya sohasiga ko'chirilgan bu metod ichki metod ichki tajriba sifatida 
boshqacha tus oladi. Empirik psixologiya ob'ektiv kuzatish metodidan ham, eksperiment 
metodidan ham foydalangan: psixik hodisalar har xil maxsus asboblar yordami bilan maxsus 
labaratoriyalarda o'rganildi; materiallarni tekshirish va yakunlashda matematik statistika 
(korrelyatsiya) metodlaridan foydalanildi. Empirik psixologiyaning psixologiya fani tarixidagi 


ikkinchi katta xizmati tajribadan foydalanishdan, psixologik eksperimentlar o'tkazishning metod 
va texnikasini ishlab chiqishdan iborat.
Psixologiya tomonidan eksperimentning tadbiq qilinishi tufayli inson psixologiyasi sohasida 
boy materiallar to'plangan. Bu materiallarning ko'pchilik qismi hozirgacha ham ahamiyatini 
yo'qotmagan (masalan, Vundt va Ebbingauzning eksperimental ishlari) empirik psixologiya 
aniqlangan ma'lumotlar va ishlab chiqqan eksperimental metod va usullar amaliyotda ham, 
masalan, meditsina va pedagogika sohalarida foydali bo'lib chiqdi.

Download 1,35 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish