Frantsiyada materialistik psixologiya
. Frantsiyada eng avvalo Vol`ter (1694-1778) va
Kondel`yak (1715-1780) tajribali bilimlar metafizika va sxolastikaning o'tkir tanqidchilari
tomonidan fikr yuritilgan. Kondel`yak o'zining “His qilish haqidagi traktat”ida (1754
) o'z oldiga
har xil hal qilingan shu vazifani qo'ydiki, u sezgilar bilishga sof qobiliyatning dastlab boshqa
narsani o'z ichiga olmaydigan haykal modelini taklif qildi. Haykal birinchi bo'lib his qilishni oladi.
Bir hid boshqasi bilan almashadi va bu hamm
a narsani bilishga yetarli bo'ladi. De¬kart o'zining
qalb aktlarida tug'ilgan g'oyalar hisobiga munosabatda bo'ldi, Lokk esa refleksiya hisobiga, kuchli
va kutilmagan his qilish diqqatni paydo qiladi: bu his qilish yana takrorlansa, bizning oldimizda
xotira paydo bo'ladi. Ikki his qilish solishtirish, farq, muhokama va shu kabi intellektning
murakkab harakatigacha bo'lgan yaqinlikni beradi. Har bir his qilish sezish toniga ega. U yoqimli
va yoqimsiz bo'ladi. Ijobiy va salbiy yo'nalishdagi iroda impul`si paydo bo'ladi.
Kondel`yak haykali Dekartning jonli mashinasidan shunisi bilan farq qilardiki, uning tanasi
psixik yo'nalishlari uchun hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Kondel`yak sensualizmi
fenomenalistik xarakter kasb etdi. Frantsiyaning jamoatchilik hayoti sekin - asta materialistik
dunyoqarashni eski tartiblarini buzishga yo'naltirilgan xulosalarni talab qildi.
Frantsuz vrachi Lametri (1709-1751) sensualizmni Dekartning jonli tanani mashina
shaklidagi xulqi haqidagi ta'limoti bilan birlashtirdi. U tasdiqladiki, ikki substantsiyani Dekart
tomonidan bo'linish teologlari aldash uchun o'ylab topilgan "stilistik ayyorlik" ekanligini jon
haqiqatdan ham mavjud, faqat uni tanadan ajratish mumkin emas, tana qanchalik mashina bo'lsa,
u holda odam ham uni jonli qobiliyatlari bilan bir butunlikda his etadigan, fikrlaydigan huzur-
halovatga intiladigan qurilmadir. Mashina so'zi ostida moddiy determinatsiya ko'rinishdagi
sistema ko'zda tutilgan. 1748 yil Londonda ingliz olimi Sharkaning "Odam-mashina" deb
nomlangan va o'z nomi bilan chaqiriq sifatida yangragan traktati bosmadan chiqdi. Bu narsa go'yo
kitoblar atrofida bo'ron ko'tardi. Lametri traktati Frantsuz filosofo-
psixo¬logik fikrlarni
rivojlantirishga jangovar materializmga aylanma burilish namoyish etdi. Nerv - muskul
fiziologiyasi tadqiqotlari falsafiy materializm uchun bekorga ketmadi hamda butun odam
psixikasini mashina shakllilik printsipini yoyib Lametri "portizm bilim" tana substantsiyasiga olib
kirdi. Lametri o'z mehnatini Gallerga tasodifan bag'ishladi. Materiya Lametri fikri bo'yicha
o'zining tuzilish quvvatida fikr yuritish qobiliyatidir. Tuzilish haqidagi tushuncha determinizm
printsipi umumiy siljishda muhim siljishni simptomi bo'ladi.
Empirizm tajribani, hissiy irodani bilishning birdan bir vositasi deb hisoblab, mantiqiy analiz
va nazorat umumlashtirishning ahamiyatini kamsituvchi ta'limot. Empirik psixologiya mavhum
psixologiyaga qarama-qarshi bo'lib, tajribaga asoslangan psixologiya hisoblanadi. Empirik
psixologiyaga ko'ra psixologiyaning predmeti ong hodisasidir. Psixologiyaning metodi esa o'z-
o'zini kuzatishdir. Empirik metodga ko'ra ong hodisalarini eksperimental ravishda o'rganish
mumkin emas. Empirik ong hodisalarini faqat assotsiatsiyalarning, eng oddiy elementlarning
qo'shilishidan iborat deb hisoblanadi.
Assotsionalizm psixik faoliyatining barcha qonuniyatlarini faqat assotsiotsiyalarning hosil
bo'lishi va yuzaga chiqib ketishi degan qoidani ilgari suruvchi oqim XVIII asrda Angliyada paydo
bo'lgan. Bunda materialistik oqim asoschisi Gobbs, idealistik oqim asoschisi Berkli bo'lgan.
Olimlarning assotsiatsiya haqidagi fikrlari yangi mexanikaning ildiziga borib taqaladi.
Berkli va Yungning assotsiatsiyaning xossalariga aylantirishga bo'lgan urinishlarini
olimlarning tartib va psixik hodisalarni moddiy-ma'naviy ilmiy dunyoqarashidan kelib chiqishi
bilan isbotlamoqchi bo'ldilar.
Ongli ravishda bir faktordan ikkinchi bir faktorga qonuniy o'tish neyrodinamika bilan
aniqlanib, bu ilmiy qarashga ideologik dunyoqarash, ijtimoiy kuchlarini ko'tarilishini ifodalash,
moddiy jihatdan psixik qo'llashga qiziqish kiradi.
XVII va XVIII asrlarda nerv mexanizmining hech qanday real fiziologik tayanchga ega emas
edi.
XIX asrda fiziologiya keskin o'zgara boshladi, inson ongining shu kungacha o'rgangan
bilimlari Dekart va N`yutonning fizikadagi yangiliklardan so'ng keskin o'zgaradi.
Gartliochilarning fikricha, inson miyasining psixologik to'qimalari psixik hayotning
«simfoniya»sini yaratishda real hayotning o'zgarishi katta ta'sir ko'rsatadi. Lekin Gartli va uning
tarafdorlarini fikrini olimlar real hayotini inson o'zining aql-idroki bilan o'zgartirishi mumkinligi
bilan inkor etadilar.
Shunday qilib, o'tgan asrda sodir bo'lgan hodisalar inson tanasini emas, balki inson
miyasidagi aqlni natijasidir. Buning isboti sifatida Tomas Braunning (1778-
1870) “Inson ongi
falsafasi haqida lektsiyalar” traktatini misol qilish mumkin.
Tomas Braun asli kasbi vrach, Edingburg universiteti professori shotland falsafa maktabiga
hurmat bilan qaraydi. Braun ma'ruzalarida shotland maktabining assotsiatsiyaning yo'nalishlari
bilan sug'orilgan bo'lib, Ridning psixologik qiziqishlari va Berkli hamda Yungning ideologik
assotsionizmidan yuqori qo'ygan.
Shotland maktabi tarafdorlari bilan birgalikda ideologik assotsiatsiya tarafdorlari ongning
psixologik o'zgarishi faqat tashqi faktorlarga emas, balki ichki faktorlarga ham bog'liqligini
isbotlashdi. Shu faktorlar Braunning tendentsiyani ikki xil yo'nalishda sintez qilishiga sabab
bo'ladi.
Braunning assotsiativ psixologiya tarafdorlari tomoniga o'tishi, uni shotland maktabi
tarafdorlaridan ongning qobiliyatga, aqlga yoki kuchga qarab o'zgarishini isbotladi. Braunning
shotland maktabi tarafdorlari idealizmga sodiq holda D.Yumning skentitsizmi va solipsistik
qarashlariga qarshi borishdi.
Ular Brau
nning fikricha hayotni real tushunishga harakat qilishgan. «Assotsiatsiya» termini
materialistik dunyoqarash ifodalaganligi uchun Braun bu terminni «sunestiya» so'zi bilan
ifodaladi.
Braun argumentatsiyasiga tanqidiy nazar bilan qaralganda, uning asosiy roli bu g'oyalar
makon va zamonni birgalikda bir-biriga bog'lashdir.
XVIII asrning klassik assotsionizmi N`yuton mexanikasidagi kuchlarni tushuntirish hisobiga
olingan. N`yutonning fizika qonunlari bilan birgalikda intellektual ishlarini tushuntirish mumkin
emas edi.
Yerga tushayotgan olma haqidagi N`yuton fikrlariga bog'lab, olmani tushuntirishda Braun
assotsiatsiyani sunestiya bilan tushuntiradi. Braun assotsiatsiyani sunestiya qonunlarini birlamchi
va ikkilamchi qonunlarga ajaratadi. Birlamchi qonunda ular tajribalarga emas, balki o'zaro
ongning tafakkuriga hamda o'zaro munosabatga bog'liqligini ifodalaydi. Assotsiatsiyaning
birlamchi qonuni zarur, ammo buning kamchiligi shundaki, kuchlarni psixik fenomenini ongda
paydo bo'lishini tushuntira olmaydi.
O'tgan asrning 20-yillarida, ya'ni Braunning ma'ruzalari chiqqan paytda Jeyms Milliyaning
«Inson ongini fenomenlarining analizi» nomli kitobi 1829 yilda nashrdan chiqdi. Jeyms Milliya
assotsiatsiyasi ongning tafakkuriga bog'liqligini analiz qilishni introspektsiyalash deb hisoblar edi.
Germaniyada assotsiativ psixologiya g'oyalari Gerbart (1776-1841) kontseptsiyalarida
ifodalangan. Bu mamalakatda Buyuk Britaniyaga nisbatan o'zgacha g'oyaviy dunyoqarash
hukmron edi, bunga sabab uning tarixiy rivojlanishi edi. Shuningdek falsafiy an'analar ham asosiy
rol o'ynaydi. Leybnitsdan Kantgacha hamda Gegelning nemis falsafasi sub'ektning boshlang'ich
aktivligi, qarama-qarshiliklar hamda uning xarakterini shaxsiy hayotga qarashini ifodalab
berar edi.
Yosh avlod Fixte Shilling va Gegelning falsafiy sistemasida ilmiy dunyoqarashning ilmiy
tajribalar asosida yuzaga kelishiga ishonganlar. Ko'pchilik yoshlar bu g'oyalarni inson hayotini
hamda tabiatini o'zgartirishda foydalanishga harakat qiladilar.
Lekin nazariy jahatdan nemis klassik idealizmidan yuz o'girdilar. Ammo tanqidchilar
bundan javob tariqasida Germaniyadagi Gerbart kontseptsiyasining pedagogik tajribalari va
Benekkening falsafiy xulosalarini misol qilish mumkin.
Gerbart mashhur psixologik qobiliyat egasi Kristian Vol`fga hamda Kantning falsafiy
qarashlarga qarshi chiqib ularning g'oyalarini transtsendental appertseptsiya, ongning akti va
hokazo bilan nomladi. Gerbart avvalgi avlodni o'qitish va tarbiyalashda yosh avlodga bemaqsad,
tushunarsiz g'oyalarini o'rgatishda ayblaydi hamda qobiliyat, qiziqishga qarab psixologiyasini
o'zgartirish mumkinligini tushuntiradi.
Gerbartning asosiy mehnati «Metafizika, tajriba va
matematikaga asoslangan psixologiya» (1816) deb nomlangan.
Bu asrda Gerbart ruhining fanga ma'lum bo'lmagan tomonlarini va bu inson ongi va
psixikasiga ta'sir etishni yoritib beradi. Shuningdek, Gerbart psixodinamikadagi o'zaro qarama-
qarshilikni va komplikatsiyani ifodalab beradi.
Har qanday falsafaning buyuk asosiy masalasi tafakkurning borliqqa, ruhning tabiatga
munosabati masalasidir.
Gerbart har doim qanday bo'lmasin biron tarzda din bilan bog'liq bo'lgan idealizmni qat'iy
suratda rad qilish bilan birga, o'sha vaqtda tarqalgan Yum va Kant nuqtai-nazarini, turli tusdagi
agnostitsizm, kiritizm ham rad qildi.
Olamning birligi uning borligida emas, uning moddiyligidadir. Bu moddiylikni falsafa va
tabiiyot ilmining uzoq va qiyinchilik bilan taraqqiy qilishini isbot qilib kelmoqda. Harakat
materiyaning borliq formasidir, hech qaerda va hech vaqt harakatsiz materiya, materiyasiz harakat
bo'lgan emas va bo'la olmaydi.
Agar tafakkur va bilish nima, ular qaerdan olinadi degan savolga javob, ularning kishi
miyasining mahsuli ekanini va odamning o'zi esa tabiat mahsuli bo'lib, ma'lum tabiiy sharoitda u
bilan birga rivojlanganligi ko'rish mumkin. Shunga binoan o'z-o'zidan tushunarli, kishi miyasining
mahsuli ekanini va odamning o'zi esa tabiat mahsuli bo'lib, ma'lum tabiiy sharoitda u bilan birga
rivojlanganligini ko'rish mumkin. Shu g'oyalarni T.Braun, Jeyms Milliya va Benekke tasdiqlagan.
Assotsiatsiya haqida fikr yuritilganda ingliz psixologlari Yum va Gartlini alohida ta'kidlash
joiz. Chunki ular XVIII asrdayoq har xil psixik hodisalar va elementlar ideal-tasavvurlarning
yaxshi bo'lib birlashishini asosiy qonun sifatida assotsiatsiyalar haqidagi ta'limotini ilgari surdilar.
Assotsiatsiyalar haqidagi bunday ta'limot bir vaqtda ham idealistik, ham materialistik yo'nalishda
paydo bo'ladi.
Idealistik yo'nalishning vakili bo'lgan David Yum ongning barcha murakkab hodisa va
mahsullar o'zining «meni» ekanligini (o'z
-o'zini) anglash, o'zaro tashqi bog'lanishlar
assotsiatsiyalar bilan bog'langan «tasavvur birikmalari» dir xolos, degan ta'limotni ilgari suradi.
Materialistik aqlning vakillari David Gartli (1705-1757) va uning shogirdi Jozef Pristli
(1733-1804) edilar. Ular assotsiatsiya tasavvurlarini miyadagi fiziologik bog'lanishlarga
tenglashtirib qo'ydilar. Gartli psixologiyaga ruhning fizikasi deb qaradi. Assotsiatsiyalar va
ularning inson psixik faoliyati tarkibidagi muhim roli haqida ta'limot XIX asrda juda keng tarqaldi.
Empirik psixologiyaning «Assotsiativ psixologiya» deb atalgan alohida oqim paydo bo'ladi. Bu
oqim XIX asrning uch choragi mobaynida mavqeni egallab qoldi.
Assotsiativ psixologiya vakillari barcha murakkab psixik jarayonlar (xotira, tafakkur, nutq,
xayol, iroda) bir xil birlamchi psixik element bo'lgan sezgilardan va ularning nusxasi bo'lgan
tasavvurlardan hosil bo'ladi deb da'vo qiladilar. Ayrim sezgi va tasavvurlarning assotsiativ
qonuniga binoan o'zaro mexanik bog'lanishlar bilan birlashadilar. Masalan: xotira jarayonlari -
assotsiatsiyalarga tenglashtirib qo'yiladi, ya'ni esda qoldirish yangi assotsiatsiyalar hosil qilishdir,
esga tushirish esa avval mustahkamlangan assotsiatsiyalarning jonlantirishdir.
Assotsiativ psixologiya vakillarining xizmatlari shundan iboratki, ular ongning yuksak
murakkab jarayonlarini, ya'ni tafakkur, nutq va ideallarning tajriba asosida (asosan o'z-o'zini
kuzatish bilan) o'zgarishini diqqat markazida tutdilar.
Biroq keyinchalik assotsiativ psixologiya vakillari va boshqa psixologlarning bu ta'limoti
amalda o'zining yaroqsizligini ko'rsatadi. Psixik hayotning murakkab hodisalarini faqat assotsiativ
jarayonlarga tenglashtirib qo'yish mumkin emasligi ma'lum bo'ldi.
Assotsiativ psixologiya tarafdorlari sifatida angliyalik Jeyms Mill` (1773-1836), Aleksandr
Ben (1818-1903), Gerbert Spenser (1820-1903), germaniyalik Teodor Sigen (1862-1950),
Ebbinguaz(1850-1909)ni aytish mumkin.
AQSH dagi psixologik inqiroz mamlakat rivojlanishining ichki sharoiti davrida avj oladi,
ya'ni bir paytda rivojlangan kapitalistik davlatga aylanayotgan sanoat rivojlanishining o'sishi,
raqobatning kuchayishi odamlarning hayot tarzini keskin o'zgartirib yuboradi. Mazkur holatda esa
hamon Bibliya kontseptsiyasi gullab yashnamoqda edi. 1890-yillarda ko'plab Amerika
universitetlarida tarbiyaviy psixologiya laboratoriyalari vujudga kela boshladi. Amerika
psixologlaridan eng yirik namoyandasi Jems Kettel bo'lgan. 1892 yil bir vaqtning o'zida AQShga
ikki Yevropa psixologi E.Titchener va G.Myunsterberg keladi.
Amerika psixologiyasi o'z miqyosi va xilma-xilligi bilan Yevropa psixologiyasini siqib
chiqara boshlaydi. AQShdagi psixologiya fanini rivojlanishi jarayonini to'g'ri baholash uchun
Yevropa mamlakatlari va Amerika kontinenti g'oyaviy sharoiti orasidagi farqni hisobga olish
kerak edi, Yevropa mamlakatlarida psixologiya falsafadan ajralib chiqayotgan bo'lsa, Amerikada
bir vaqtning o'zida ham falsafadan, ham diniy e'tiqoddan mustaqil bo'la boshladi.Funktsiyaning
strukturaga qarama - qarshi qo'yilishi.Eksperimental psixologiya avvalo "Vundt'' dasturi bo'yicha
ishlab chiqildi. Birinchi bo'lib elementlarga bo'lish va strukturaga munosabatlarini topish talab
qilinar edi. Bu strukturaga funktsiya qarama-qarshi qo'yilgan edi. Bu qarama-qarshilik Yevropada
ham, Amerikada ham katta isyon, qarshilikka sabab bo'ldi.
Yangi psixologiyaning metodlarini o'rgangan yoshlar hammasi funktsionalistlar edilar.
Vil`yam Jeyms. Vil`yam Jeyms ta'limoti yangi psixika ta'limotiga o'tishda salmoqli xissa qo'shdi.
Rodjerning fikriga asosan Jeyms qarama-qarshi turdi. Uni shaxsning kuchli psixofizik
bog'lanishlari qiziqtirar edi. Jeyms 1870 yillardayoq psixologiyaga murojaat qildi. U Garvard
universitetida dars berish davomida fiziologiyaning psixologiyaga ta'siri haqida ma'ruzalar o'qidi.
1880-yillarda u jurnallarda psixofiziologik savollar bilan chiqdi 1890 yilda esa unga katta shuhrat
keltirgan "Psixologiya negizlari" kitobi nashrdan chiqdi. U psixologiyaning o'quv dasturiga
aylandi. Jeyms o'qituvchilar bilan psixologiya haqidagi suhbatlarida Vundtning maktabini tanqid
qildi. U o'zining fiziologiyaning psixologiyaga ta'siri kursini Vundt fikri bo'yicha emas, Spenser
fikri bo'yicha o'qidi. Uning ta'kidlashicha, psixika funktsiyasining qimmati faqat evolyutsion
ta'limotining (o'qishning) negizidagina ko'rinishi mumkin. Vundt psixologiyani alohidalik ob'ekti
bilan qo'shib ko'rsatdi. Jeyms esa sub'ektni ajratish yo'llarini axtardi. Jeymsning diqqat markazida
shaxsning integratsiyasi, o'zini tutishi irodaga bog'liq xususiyatlari kiradi.
Ongdan tashqari, individ organizm bilan mujassamlashgan. Jeyms “Emotsiya nima bu?”
maqolasida emotsiya - bu odam o'zini-o'zi his qilishideb aytadi. Keyinchalik hamma ong
motorlidir deb xulosa qiladi. Bu xulosa "progmatizm" bilan bog'liqdir.
|