Kriptovalyutalar elektron tijoratida to‘lov tizimlari




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/197
Sana21.10.2022
Hajmi7.29 Mb.
#27653
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   197
Bog'liq
Дарслик

5.2. Kriptovalyutalar elektron tijoratida to‘lov tizimlari 
Xozirgi zamondagi an’anaviy to‘lov instrumentlari bo‘lgan 
mamlakatlar valyutalari bilan amalga oshiriladigan internet tarmog‘i
orqali mamlakatlararo to‘lovlarda bir qancha o‘ziga xos muammolar 
mavjud. Bular jumlasiga, masalan, quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
– 
to‘lovlarni amalga oshirishda albatta banklar tomonidan
belgilangan yuqori komission haqni to‘lash; 
– 
tomonlarning to‘liq rekvizitlarini (manzili, hisob raqami, ismi-
sharifi va boshqalar) o‘zaro oldi-sotti qilayotgan shaxslardan tashqari,
albatta uchinchi tomonga (bankka) ma’lum bo‘lishi;
– 
to‘lovlarni markazlashgan holda qaysidir tashkilotlar tomonidan 
boshqarilishi;


127 
– 
ayrim holatlarda to‘lovlar amalga oshirilgach, uni bekor qilish
ham mumkinligi tufayli, sotuvchi ham ishonch hosil qilishi uchun
ko‘proq ma’lumotlar so‘rashi kerak bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan barcha kamchiliklarni hal qila oladigan bir
tizim sifatida ilk kriptovalyutalardan biri bo‘lgan raqamli pul birligi 
bitkoin paydo bo‘ldi. Bitkoin 2009 yil 3 yanvarda o‘zini Satoshi Na-
kamoto deb atagan shaxs tomonidan yaratilgan va 2008 yil 31 ok-
tabrida «Birkoin – elektron to‘lovlarga mos raqamli tizim» («Bitcoin:
A Peer-to-Peer Elektronic Cash System») deb nomlangan maqolada
ommaviy e’lon qilingan. Ushbu bitkoin valyutasi ishonchga emas, balki 
kriptografik kodlash tizimiga asoslangan va o‘zaro hech qanday
vositachilarsiz (bank yoki boshqa moliyaviy instrumentlarsiz) to‘lovlar-
ni bevosita ishtirokchilar orasida amalga oshirilishini ta’minlovchi
to‘lov tizimi valyutasidir. Bunda nazorat qiluvchi organlarsiz, raqamli
valyutalarning haqiqiyligini murakkab matematik algoritmlar asosida
tasdiqlanadigan tizim amal qilgan xolda ishtirokchilarning har biri 
ushbu pul birliklarni emissiya qilishi ham mumkin.
Bitkoinning o‘ziga xos jihatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz 
mumkin:
– 
markazlashmagan tizim – har bir ishtirokchi teng huquq va 
imkoniyatlarga ega;
– 
hisob-kitoblarning to‘liq shaffofligi – har bir ishtirokchi
barcha tranzaktsiyalarni ko‘rishi mumkin;
– 
nazoratning yo‘qligi – hech bir davlat yoki tashkilot tizim
ichidagi operatsiyalarni nazorat qila olmaydi;
– 
sirlilik – tizim ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni
tasdiqlanishini so‘ramaydi; 
– 
kriptotangalarni emissiya qilish cheklangan –jami 21 million btc 
(bitkoin tangasi) chiqariladi;
– 
balans ikki yoqlama yozuv asosida bo‘lmaydi, balki barcha 
tranzaktsiyalar xronologik tartibda barcha ishtirokchilarda ko‘rinadi;
– 
kriptovalyutalar inflyatsiyaga uchramaydi. Qiymati esa
bozordagi talab va taklifga qarab o‘zgaradi;


128 
– 
yuridik (huquqiy) jihatdan kriptovalyutalarning ishlatilishi
uchun hech qanday asos mavjud emas;
– 
bitkoin va u bilan bog‘liq operatsiyalarning amalga oshirilishi
uchun faqatgina internet tarmog‘iga ulangan va tegishli dasturiy-texnik 
ta’minotga ega bo‘lgan ishtirokchilarning mavjud bo‘lishi kifoY.

Download 7.29 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   197




Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kriptovalyutalar elektron tijoratida to‘lov tizimlari

Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish