II-BOB. MATERIAL VA TADQIQOT USLUBLARI




Download 464.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana14.07.2022
Hajmi464.15 Kb.
#24880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
go`za, matematika 10 uzb, система уравнений, Irratsional tenglamalar, Bir noma\'lumli tenglamalar, Matematika o`qitish metodikasi S.Alixonov Toshkent 2011 y, momogul, Doc11, 5, 41986 1.1-маъруза матни, Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org, uz, Nomzod tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi (1), паспорт 37 уй
II-BOB. MATERIAL VA TADQIQOT USLUBLARI 
 
Bitiruv malakaviy ishga 2011-2013 yillar davomida. Farg‟ona viloyati 
tumanlaridagi paxta bilan shug‟ullanuvchi fermer xo‟jaligi dala ekin maydonlarida 
olib borilgan kuzatishlarimiz va yiqqan materiallarimiz asos bo‟ldi. Materiallarning 
asosiy qismi aprel oyidan IX oyigacha qadar, ma‟lum nazariy qisimlar esa qish 
mavsumida kuzatildi. 
G‟o‟za navlari va ularning zararkunandalarga chidamlik hususiyatlari 
o‟rganildi. Jumladan, zararkunandalarning biologiyasi va ekologik o‟zgaruvchan 
sharoitlarga moslashishiga oid kuzatish hamda amaliy majribalar o`tkazildi. 
Pahta agrobiotsenozlari bilan bir qatorda dala chetlaridagi begona o‟tlarda 
mavjud zararkunandalarni kuzatish, ayrim natijalar esa zoologiya kafedrasi ilmiy 
laboratoriya xonalarida tashkil etilgan tajribalar natijalari asosida tahlil etildi. 
G‟o‟za navlarida zararkunandalarning rivojlanishi, zarar keltirish darajalari qiyosiy 
o‟rganildi.
G‟o‟zada uchrovchi so‟ruvchi va kemiruvchi zararkunanda turlarning 
mavsumiy rivojlanishi, biologiyasi, ekologiyasini kuzatish va taqqoslash usullari 
orqali o`rganildi. Zararkunanda turlarni bir qancha guruxlarga bo‟lib o‟rganildi. 
Jumladan: ildiz, barg, poya, gul, ko‟sak zararkunandalari guruxlarga bo‟lib 
o‟rganildi. Zararkunandalarning qishki tinim davrini o‟rganish maqsadida kuzatish 
ishlari nafaqat o`simlikning vegetatsiya mavsumi, balki yilning barcha
mavsumlarida uzluksiz davom etdi. Zararkunanda turlarning madaniy va yovvoyi 
ekinlardagi o‟zaro bog‟likligi o‟rganildi. Zararkunandalarning tabiiy va madaniy 
senozlardagi migratsiyasi, ularning tabiiy kushandalarini, madaniy senozlardagi 
ko‟chish xarakterlari o‟rganildi. 
Bajarilgan barcha kuzatuv ishlari, kuzatuv maydonlariga qo‟yilgan tajribalar 
ularning tahlil natijalari malakaviy ishning materiali sifatida xizmat qildi. 
Tajribamizning asosiy uslubi turlarning zararkunandalik faoliyati va ular bilan 
oziqlanuchvi tabiiy kushandalar, tekinxo‟r turlar orasidagi miqdoriy nisbatlarni 


14 
o‟rganish, ularni hisob-kitob qilishga asoslandi. Hisobga olish uchun kuzatuv olib 
borilayotgan ekin maydonlarida har 7-10 kunda ekinlarning ikki diagonal bo‟ylab 
erkin tanlash usuli bilan har bir namunadan 4 tupdan g‟o‟za o‟simligi kuzatildi. 
Har bir namunadagi o‟simlikning ichki novdalarida 10 sm 4 tomondan hisob 
olindi. Kuzatilayotgan tabiiy kushandalar, ularning samaradorligi va miqdori, tur 
tarkiblari bo‟yicha qayd etish daftariga yozib borildi. 
G‟o‟za agrobiotsenozidagi zararkunanda va entomofoglarni hisobga olishda 
umumiy qabul qilingan metodikadan foydalaniladi. Maxsumov A. I, Narziqulov 
M. N. (1961yil) tabiiy senozlardagi zararkunanda va foydali hasharotlarni to‟plash, 
yig‟ish, hisobga olish ishlari amaliy entomologiya printsiplari va uslublari asosida 
olib borildi. (V.P. Pristovka 1974 yil). Shiralarning oziqa o‟simliklarini aniqlash, 
ularning rivojlanishini o‟ziga xos xususiyatlarini o‟rganish uchun V.P. Nevskiy 
(1929 yil), M.N. Narziqulov (1952 yil). V.N. Mamayevlar (1968 yil) tomonidan 
ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan uslublardan foydalanildi. 
Shiralarning tur tarkibi va ularning tabiiy kushandalari, tekinxo‟rlarning tur 
tarkibini o‟rgansih uchun g‟o‟za ba‟zi yovoyyi o‟simliklar, yem-xashak 
o‟simliklaridan kemiruvchi va so‟ruvchi zararkunandalar yetuk va lichinka 
formalari yig‟ib olinib, laboratoriya sharoitida ularning tur tarkibi o‟rganildi, 
tekinxo‟r va yirtqich formalardan esa kolleksiyalar tayyorlandi, xo‟l preparatlar 
tayyorlab, laboratoriya xonasiga topshirildi. 
Laboratoriya sharoitida tekinxo‟r va yirtqichlarning samaradorlik darajasini 
aniqlash uchun,turlar laboratoriyada saqlanib suniy muhitda boqish orqali 
o‟rganildi. Buning uchun maxsus shisha bankalar og‟zi ikki qavat doka bilan 
bekitildi va g‟o‟zaning 10 sm li shirali novdasi kesib olinib maxsus shakarli eritma 
ichiga solingan idishni bankaga solindi. Shoxchadagi shiralar sanab olinib ular 
ichida yirtqichlarni samaradorlik darjasi o‟rganildi. Tekinxo‟rlarning tur tarkibi 
(T.Voxidov 1986 yil) maxsus aniqlagichlar yordamida aniqlandi. Shiralar va 
kemiruvchi zararkunandalar tur tarkibini aniqlashda (T.E.Osmolovskogo 1976 yil) 
xasharotlar aniqlagichlaridan foydalaniladi.Tabiatdan yig‟ilgan hasharotlar 96% 
meditsina spirti quyilgan maxsus entomologik idishchalarga solinib, topilgan tur, 


15 
sana yozildi, dala kuzatuv daftariga topilgan turning yashash joyi zarar keltirish 
xarakteri, to‟dalar xolati, ular orasidagi foydali xasharotlarning tur tarkibi, joy 
nomi, sana to‟liq qayd etib borildi. Zararlangan o‟simlik qismlaridan gerbariylar 
tayyorlanadi. G‟o‟zaning yer osti zararkunandalarini o‟rganishda dioganal 
bo‟yicha 0,25 m
3
tuproq maxsus elakchalarda elanib, u yerdagi hasharotlar yig‟ilib, 
laboratoriya sharoitida aniqlagich orqali aniqlanildi.
Go`za hosili yig`ib olingach,urug`larini alohida uslub yordamida tekshirib 
ko`rish mumkin.Buning uchun mahsus omborlarda kuzatuv olib borildi.Urug`‟lik 
chigitlar qоg‟оz qоplarga sоlinib, faqat yaxshi shamоllanadigan оmbоrlarda 
saqlanadi. Urug`‟lik chigitni alоhida yopiq оmbоrlarda to‟kilgan hоlda saqlash 
mumkin. 
Chigitli paxta, tоla, lint, chigit va tоlali chiqindilarni saqlashda, ular оmbоr 
zararkunandalari (hashоratlar, kanalar, kemiruvchilar) bilan zararlanishi mumkin. 
Bu zararkundalar paxta mahsulоti ichida yil bo‟yi yashashi natijasida ko‟p zarar 
yetkazadi; ularning faqat ba`zi birlari qish sоvug‟ida o‟lishi mumkin. 
Zararkunandalar paydо bo‟lganini va qanchalik ko‟p tarqalganini bilish uchun 
saqlanayotgan mahsulоt, idishlar, оmbоrlar tekshirib turiladi.
Tayyor mahsulоtni tekshirish uchun ularning 10-15 yeridan 100-150 g dan 
(hammasi bo‟lib 1 kg ) namuna оlib, labоratоriyaga beriladi. Оmbоrlarni 
tekshirganda bunday namunalar iflоsliklar, supirindi va to‟kilgan mahsulоtlardan
ham оlinadi. 
Tayyor mahsulоtlar uchun zararlanishning uch darajasi belgilangan: 
Birinchi darajasi – yengil zararlanish. Bunda 1 kg namunadan 5 tagacha 
hashоrat va 20 tagacha kana tоpiladi; 
Ikkinchi darajasi – o‟rtacha zararlanish. Bunda namunadan 5. . .10 dоna 
hashоrat va 21 dоnadan ko‟p kana tоpiladi; 
Uchinchi darajasi – kuchli zararlanish. Namunada ko‟pi bilan 10 ta hashоrat 
va kana bo‟ladi. 
Оmbоr va binоlar uchun zararlanishning ikki darajasi belgilangan: 
Birinchisi- yengil zararlanish- hashоratlar qiyinlik bilan tоpiladi;


16 
Ikkinchisi- kuchli zararlanish- hashоrat va kanalar оsоnlik bilan tоpiadi. 
Оmbоr zararkunandalariga qarshi kurashish va ularni yo‟qоtish uchun zavоd 
xududini tоza saqlash, devоrlarni оxak bilan оqlab turish va yorilgan jоylarni 1 kg 
lоyga 30 g, dust aralashtirib suvab turish, оmbоrlar atrоfida zоnalar tashkil qilib, 
ularga kimyoviy dоrilar sepib turish kerak. 
Kemiruvchi zararkunandalarga qarshi har xil qоpqоnlar ishlatish mumkin. 
Texnikaviy nazоrat bo‟limi temir yo‟l vagоnlarini ham tоzaligini tekshirib, iflоs va 
buzuq vagоnlarni ishlatishga ruxsat bermasligi kerak. 


17 
III-BOB.G`O`ZA ZARARKUNANDALARI 

Download 464.15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 464.15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB. MATERIAL VA TADQIQOT USLUBLARI

Download 464.15 Kb.
Pdf ko'rish