G‟o‟zaning so‟ruvchi zararkunandalari




Download 464.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana14.07.2022
Hajmi464.15 Kb.
#24880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
go`za, matematika 10 uzb, система уравнений, Irratsional tenglamalar, Bir noma\'lumli tenglamalar, Matematika o`qitish metodikasi S.Alixonov Toshkent 2011 y, momogul, Doc11, 5, 41986 1.1-маъруза матни, Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org, uz, Nomzod tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi (1), паспорт 37 уй
3.2. G‟o‟zaning so‟ruvchi zararkunandalari 
 
O‟qgamchakkana- Tetranychus urticde Koch. G‟o‟zaning ashaddiy va doim 
tushadigan zararkunandasi. U g‟o‟za o‟stiriladigan maydonlarda keng tarqalgan
xammaxo‟r zararkunandan hisoblanadi. O‟rgamchakkana asosan bargning orqa 
tomonida joylashib, unga shikast yetkazadi. Bargni juda ingichka kulrang 
o‟rgamchak iplari bilan o‟raydi. Uning nomi ham shunga qarab berilgan. 
o‟rgamchakkana barcha o‟rgamchaklar singari so‟rib oziqlanadi. Zararlangan 
barglarning ustki tomonida och tusli, qattiq zararlangan joylarda qo‟ng‟ir-qizg‟ish 
tusli dog‟lar paydo bo‟ladi. Kuchli shikastlangan barglar to‟kiladi, o‟simlik 
yalang‟ochlashib qoladi. O‟rgamchakkaning zarar keltirishi, uning g‟o‟zaga 
tushish muddatiga va o‟simliklarda qancha turishiga bog‟liq. O‟rgamchakkana 
qancha erta tushsa,o`simlikni shuncha ko‟p shikastlaydi. 
F.M. Usnenskiy ma‟lumotiga ko‟ra tabiiy holda o‟sgan, himoya choralari 
ko‟rilmaganda hosilning 50-60% ni, avgustda tushganda 2-6% ni yo‟qotadi. 
O‟rgamchakkana ayrim jinsli bo‟lib, oval shaklida, bo‟yi 0,3-0,6mm boradi. 
O‟rgamchakkananing baxorgi-yozdagi avlodi ko‟kish-sarg‟ish, qishlovdan 
chiqqanlari to‟q-sariq, qizil rangda bo‟ladi. Tananing yon tomonlarida ikkita 
qoramtir dog‟lari bor. Urg‟ochisi to‟liq rivojlanish bosqichini boshdan o‟tkazadi, 
rivojlanishda tuxum, lichinka, deytonimfa va imago davrlarini kechiradi. Tuxum 
yumaloq sharsimon. Lichinka, pronimfa, deytonimfa shakildagilari yetuk 
formasidan kichikligi bilan farq qiladi. Lichinkasida 3 juft, nimfa va imagoda 4juft 
oyoq bo‟ladi. 
O‟rgamchakkana yozda (iyun, iyul, avgustda ) 8-12 kunda, may oylarida 15-
20 kunda, mart-aprel oylarida esa 25-30 kunda rivojlanadi. Yil mobaynida 
geografik holat, ob-havo sharoiti hamda g‟o‟za naviga qarab 12 dan 20 tagacha 
avlod beradi, shundan 8-12 avlodini iyun-avgust oylari mobaynida beradi. 
Rivojlanish vaqtida ularning 40% va undan ko‟prog‟i tabiiy ravishda qirilib 
ketadi. O‟rgamchakkana uchun harorat +26 +33
0
havoning nisbiy namligi 55-60% 
bo‟lishi optimal sharoit hisoblanadi. Yozda harorat pasayib ketganida, 


22 
yomg‟irgarchilik bo‟lib, shabnam tushganida, kushanda yirtqichlar paydo 
bo‟lganida o‟rgamchakkanalar soni kamaydi. 
Kuz yaqinlashgan sari, g‟o‟zada to‟q-sariq rangli urg‟ochi o‟rgamchakkana 
paydo bo‟ladi, ular diapuzaga tayyorlanadi. O‟tlarda esa ular xatto XI-oygacha 
ham sarg‟ish-yashil rangligicha qoladi. Urug‟langan yetuk urg‟ochilari paxta 
dalalarida, yo‟l va ariq yoqalarida, xazonlar ostida, ko‟sak chanoqlarida, tuproq 
yoriqlarida, tut daraxti po‟stlog‟i tagida yakka holda yoki guruhlab qishlaydi. 
Qishlashga kirganlari sovuqqa juda chidamlidir. Sernam joylarda sovuq -29
0
va 
undan ham kuchayganida kanalar 100% qiriladi. 
O‟rgamchakkana odatda, shamol yordamida, o‟rgamchak iplari vositasida, 
shuningdek, ish qurollari va hokazo… orqali tarqaladi. O‟rgamchakkana 
qishlovdan juda barvaqt, o‟rtacha 7,3

haroratdan oshganda chiqadi. 1-chi avlodi 
begona o‟tlarda, ayniqsa qo‟ypechak kabi o‟tlarda rivojlanadi. Begona o‟tlar qurib 
dag‟allashganidan keyin yoki zararkunandaning ko‟chishi natijasida, shuningdek, 
ekinlarning nihollari unib chiqqach, o‟rgamchakkana o‟tlardan g‟o‟zaga o‟tadi. 
Shu boisdan dastlab g‟o‟za va boshqa ekinlarning chekka tomondagilari 
zararlanadi. Dalalarning yo‟l yoqalaridagi uchastkalari kanadan eng ko‟p 
shikastlanadi. Chunki yo‟l changi o‟rgamchakkana iplariga o‟rnashib, ularni tabiiy 
kushandalardan himoya qiladi. Shunday o‟simliklardagi zararkunandalarga zaxarli 
ximikatlar ham yaxshi ta‟sir etmaydi.
O‟rgamchakkana ingichka tolali navlarga sust, o‟rta tolali g‟o‟za navlariga 
kuchli ta‟sir etadi. Bu ko‟proq ana shu turlarning morfologik-fizik xususiyatlariga 
bog‟liq. G‟o‟zaning o‟rgamchakkanaga chidamligini oshiradigan g‟oyat muhim 
ommilarini aniqlab, ulardan navlar selektsiyasida foydalanishga doir ko‟plab ishlar 
G.K. Shek, V.V. Yaxontov, V.A. Lebedevlar, tomonidan aniqlandi. Tadqiqotlar 
har-xil g‟o‟za navlari bargining hamda g‟o‟zaning boshqa xususiyatlariga qarab 
shikastlanishi aniqlandi. 
Qator olimlar raxbarligida ostki epiderma xujayralarining va g‟ovak 
parenxima xujayralari qavatining balandligi, o‟rgamchakkanaga chidamli navlar 
uchun xarakterli (150-166 mkm) bo‟lganida kana ustunchasimon parenxima


23 
3-rasm. G‟o‟zaning changlanmagan guli 


24 
hujayralarining 
shirasi 
bilan 
oziqlana 
olmaydi, 
chunki 
yetuk 
o‟rgamchakkanada og‟iz apparatining uzunligi 116,9-120 mkm ni, katta yoshdagi 
lichinkalarda esa 102,6-165,4 mkm tashkil etadi. 
Y. Sodiqovning tadqiqotlari esa superfosfat solish g‟o‟zaning 
o‟rgamchakkana bilan zararkunandalarni ikki marta kamaytiradi. Shiralardan 
akatsiya, katta g‟o‟za, platnikov bitlari zarar keltiradi. O‟simlik shiralari g‟o‟zaga 
may-iyun oylarida eng ko‟p zarar keltiradi, g‟o‟zaning xujayra shirasi bilan 
oziqlanishi 
tufayli, 
o`1simlikni 
rivojlanishdan 
orqada 
qoldiradi. 
Tirik 
tug‟uvchisining tanasi yaltiroq, qora bo‟yi 1,3-2,2mm boradi. Qurtchasi tanasining 
bo‟yidan kaltaroq, sariq tusli, undan yuqoriroq qismi, soni, panjalari, naychalari va 
dumi qoramtir qo‟ng‟ir rangli. Tuxum qo‟yadigan urg‟ochilari to‟q tusli bo‟lib, 
hamma segmentlarida qop-qora bo‟rtiqlari bor. Erkagi qanotli, qora bo‟ladi. 
Lichinkasi qo‟ng‟ir, sal-pal mumdog‟chali bo‟ladi. 
Akatsiya biti beda yoki akatsiyada tuxum xolatida qishlaydi. Mart oyida 
bedaning poyasi dag‟allashgunga qadar bedapoyada hosil bo‟ladi. Bedada 
oziqlanadi. Akatsiya biti g‟o‟zada 30 kun yashaydi. Lekin shu davr ichida ham 
novda va barglarda juda ko‟payib ketishi tufayli, o‟suv nuqtalarini zararlaydi, 
o‟sishini kechiktirib yoki qurib qolishiga olib keladi. Havo harorati quruqlashishi, 
entomofoglarni, rivojlanishi natijasida zararkunandalar kamaya boshlaydi. Qanotli 
formalar yana bedapoyaga uchib o‟tadi, lekin ko‟paymaydi. Sovuq tushishidan 
oldin erkak va tuxum qo‟yuvchi urg‟ochilar paydo bo‟ladi. 
Poliz biti- Aphis dossypit Glov. Xammaxo‟r zararkunanda hisoblanadi. 
Qanotsiz bit bo‟yi 1,25-2,1 mm bo‟ladi. Rangi ko‟kish yoki sarg‟ish-yashil, 
baxorda sarg‟ish, kuzda- to‟q yashil rangda bo‟ladi. Tirik tug‟uvchi 
urg‟ochilarining bosh, ko‟krak, oyoqlarining uchlari va shira so‟radigan naychalari 
quyruqchalari qanotsizlarga nisbatan kaltaroq bo‟ladi. Poliz bitining o‟ziga hos 
hususiyati ham shunda. Poliz biti begona o‟tlarda lichinka va yetuk bit xolida 
qishlaydi. Poliz biti aprel oyida qishlovdan chiqib, dastlab begona o‟tlarda, may 
oyidan g‟o‟zaga, poliz ekinlariga uchib o‟tadi. May-iyun va IX-X oylarida 
yoppasiga urchib ko‟payadi. Hozirda g‟o‟zaga kuchli zarar keltirmaydi. Faqat 


25 
zararkunandalarga qarshi kurashda bir dori turidan foydalanish tufayli,ayrim 
turlarni jumladan,poliz bitini miqdoriy zichligi ortib ketishi mumkin. 
Katta g‟o‟za biti- Acyrfhos gossypii Mordy. O‟rta Osiyoning deyarli barcha 
paxta maydonlarida uchraydi. Begona o‟tlardan yantoqda ko‟p uchraydi. Katta 
g‟o‟za biti, kollonoya hosil qilmaydi. Yetuk bit tanasining uzunligi 3,5-2 mm 
gacha boradi. Rivojlanish davrida tanasi ko‟kish, sarg‟ish, ko‟zlari qizil, oyoq 
uchlari qo‟ng‟ir tusli bo‟ladi. Oyoqlari va shira naychalari juda uzun, keyingisiniki 
qariyib 1,7 mm yetadi. Qanotlilari qanotsizlaridan kichikroq bo‟ladi. 
Kata g„o‟za biti g‟o‟zapoya yoki yantoqda tuxum xolatida qishlaydi. U 
baxorda mayning ikkinchi yarmida g‟o‟zapoyada paydo bo‟ladi. Katta g‟o‟za biti 
bir yil davomida to‟liq rivojlanish davrini kechiradi, yozda partonogenez yo‟l bilan 
ko‟payadi. Bundan tashqari u qadar ahamiyatga ega bo‟lmagan tamaki biti-
Myzodes persicoe Silz, xoldor bit- Therioaphis maculato Backt, ildiz biti- 
Trifidaphis phaseoli Pass turlari uchraydi. 
Qandalalar- 
qandalalarning 13 turi g‟o‟zaga tushishi to‟g‟risida 
adabiyotlarda ma‟lumotlar berilgan bo‟lib, turlar ichida ikki tur eng ko‟p zarar 
keltiradi. Qandalalar sanchib zarar keltirish, turli kasalliklarni tarqalishiga sabab 
bo‟ladi. 
Beda qandalasi- Adelphocoris Lineolatus Coeze. Beda qandalasi asosan 
o‟zining og‟iz apparati bilan g‟o‟zaning shona, gul ko‟saklarni sanchib- so‟rib 
zararlaydi. Qattiq zararlangan shona va gullar qurib qoladi, ko‟rakdagi tola 
kamayib, dag‟alashishi tufayli sifati pasayadi. Beda qandalasi 6,5-9,5 mm bo‟ladi. 
Qoramtir yoki sarg‟ish-yashil erkaklari to‟qroq rangda bo‟ladi. 
Yelkasida ikkita nuqta bo‟lishi, turga xos xususiyat hisoblanadi. Qandala 
o‟simlik poyalari, xususan beda va boshqa begona o‟tlar ichiga joylashgan tuxum 
beda va boshqa fazasida qishlaydi. Bahorgi issiq boshlanishi bilan tuxumdan 
lichinka chiqadi. Beda qandalasi yoz davomida 3-4 avlod beradi. Beda o‟rib 
olingandan keyin qandalalar yoppasiga g‟o‟zaga uchib o‟tdi. 
Dala qandalasi- Lygus pratensis L. Shakli jihatdan beda qandalasini eslatadi, 
ammo biroz ingichkaroq. Bo‟yi 3,5-4 mm rangi yashil, qora guli bo‟ladi. Uzunligi 


26 
1mm keladigan tuxumining uchki qismi bir oz yozilgan bo‟ladi. Lichinkasi yetuk 
qandaladan kichikligi va qanotlarini yo‟qligi bilan farq qiladi.Dala qandalasi 
ulg‟aygan holida daladagi o‟simlik qoldiqlari ostida va begona turlar orasida qisilib 
chiqadi. Erta bahorda qandala har xil o‟tlar va madaniy o‟simliklar bilan 
oziqlanadi. Qandala barglar va barg bandlari ichiga tuxum qo‟yadi. Inkubatsiya 
davri bir yarim xaftagacha cho‟ziladi. Lichinkasining rivojlanishi 25-30 kun 
davom etadi. Lavlagi, olabuta, sho‟ra, g‟o‟za qandalalarning eng xush ko‟radigan 
o‟simliklaridir. U erta ko‟klamdan kech kuzgacha g‟o‟zaning butun yer ustki 
qismlarini zararlaydi. Maysa paydo bo‟lganidan, shonalashgacha o‟suv nuqtasiga 
va yosh barglarga shikast yetkazadi, shonalash va gullash- urug‟ hosil qilish 
davrida shona va tugunchalarni to‟kadi. Tugilgan ko‟saklarda qoramtir botiq 
dog‟lar paydo bo‟ladi, ularning rivojlanishi va yetilishi kechikadi. Qandalalar yoz 
davrida 3-4 marta avlod beradi. 
Teplitsa oqqanoti- Trialeurodes vaportorum West. G‟o‟zaning nisbatan 
yangi zararkunandasi hisoblanadi. Bu hasharot tengqanotli hasharotlar turkumining 
aleyrodid oilasiga mansub. Oq qanot asosan 1970 yillardan boshlab moslasha 
boshlaydi. Bu zararkunandaning keng tarqalishiga vatanimizda teplitsa-
parniklarning keskin ko‟payib ketishi bilan uzviy bog‟liqdir. Oq qanot ochiq 
sharoitda 4 % cha saqlanib qoladi. Zararkunanda kuz-bahor davrida teplitslarda 
rivojlanib, bahorgi issiq kunlarda ochiq sharoitlarga uchib chiqadi,barcha madaniy 
o‟simliklar singari g‟o‟zaga ham zarar keltiradi. Oq qanot- noto‟liq rivojlanadigan 
hasharot hisoblanadi.U tuxum, 3 yosh lichinka davri, nimfa, yetuk zot davrlarini 
boshdan kechiradi. Oq qanotdagi bir qator biologic xususiyatlar, ularni noqulay 
tashqi muhit sharoitlaridan himoya qilib tez ko‟payib, katta masofalarga tarqalib 
ketishiga olib keladi. Bahor-kuz davrida oq qanot 7-8 marta nasl beradi, kuz-baxor 
paytida esa teplitsalarda 4-5 marta nasl beradi. Shunday qilib yiliga 11-13 ta avlod 
berishi mumkin. Oq qanot tropic mintaqdan kelib qolgan bo‟lib, namsevar hasharot 
hisoblanadi. Unga 22-27
0
havo harorati hamda 70-80%, havo namligi eng yaxshi 
hisoblanadi. Oq qanot bilan asosan shahar va qishloqlar atrofidagi paxta 
maydonlari ko‟p zararlanadi. Oq qanot g‟o‟zani mayning oxiri iyunnning boshidan 


27 
boshlab zararlay boshlaydi. Ular oldin yosh barglarning orqa tarafiga joylashib 
sanchib-so‟rib oziqlanadi va urchib tuxum qo‟ya boshlaydi. Oval shaklidagi mayda 
tuxumlar kalta inchalarga joylashadi. 5-8 kun o‟tgach tuxumlar qorayib, ulardan 
lichinka ochib chiqadi. Lichinka qulay joygacha xarakatlanib, keyin bir yerda 
oziqlanadi, ikki marta po‟st tashlab nimfaga aylanadi. Nimfa nisbatan qattiq 
qobiqqa ega bo‟lib turli xil kushandalarga chidamli bo‟ladi. 
Oq qanot o‟simlikka asosan lichinka davrida zarar yetkazadi. Lichinkalar-
hasharotlarga xos holatda, so‟rgan oziqasining bir qismi hazm bo‟lmay tashqariga 
chiqarilib yuboriladi. Natijada oq qanot bosgan o‟simlik yaproqlari ifloslanadi, 
zamburug‟lar ko‟payishi natijasida qorayadi, oqibatda o‟simlik hosilini kamayib 
sifati pasayadi. G‟o‟zada oqqanotning avlodi 22-25 kun davom etadi. G‟o‟zada oq 
qanot 3 marta avlod beradi. Iyulning II-III o‟n kunligidan boshlab oq qanotning 
miqdoriy zichligi keskin kamaya boshlaydi. 
Tsikadalar-teng qanotli hartumlilar turkumiga Homoptera mansub bo‟lib, 
og‟iz apparati sinchib so‟rishga moslashgan. Sanchish yo‟li bilan g‟o‟za va boshqa 
madaniy o‟simliklarning barglari, barg bandi, poyalarini shikastlaydi. Bular orasida 
sariq sikada ko‟p zararlaydi Cicadato ocnreata.Tsikadalarning erkagi kechasi 
chirillagan ovoz chiqaradi. Tsikada shonalash davrida urgochisi g‟o‟za poyasini 
tuxum qo‟ygichini sanchib shikastlaydi, shikastlangan joy yuqorisi so‟lib qoladi. 
Tsikada zarari ko‟paygan davrida o‟simlikning 40% nobud bo‟lishi mumkin.Iyun 
oyida tuxum qo‟yadi. Tuxumlardan chiqqan lichinkalar tuproq ostida o‟simlik 
ildizlari bilan oziqlanadi. Nimfaga aylanguncha 3 yil o‟tadi. Nimfa xolatida 
qishlab, bahorda yetuk hasharotga aylanadi.

Download 464.15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 464.15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



G‟o‟zaning so‟ruvchi zararkunandalari

Download 464.15 Kb.
Pdf ko'rish