• Ishning tuzilishi va hajmi.
  • 1-rasm.
  • Tadqiqоt natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati




    Download 464.15 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/15
    Sana14.07.2022
    Hajmi464.15 Kb.
    #24880
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    go`za, matematika 10 uzb, система уравнений, Irratsional tenglamalar, Bir noma\'lumli tenglamalar, Matematika o`qitish metodikasi S.Alixonov Toshkent 2011 y, momogul, Doc11, 5, 41986 1.1-маъруза матни, Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org, uz, Nomzod tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi (1), паспорт 37 уй
    Tadqiqоt natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqot 
    natijalari g`o`za navlarining biologiyasi va ekologik xususiyatlariga oid 
    ma‟lumotlarni yanada boyitadi.Paxta navlarining xosildorligi, biologiyasi va 
    ekologiyasiga oid xulosalar,mazkur navlarning faunadagi o‟rni hamda ahamiyatini 
    izohlash, nazariy jihatdan ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini 
    beradi.Talaba 
    Bitiruv-malakaviy 
    ishini bajarish bоrasida mavzuga оid 
    adabiyotlarni o`rgandi, tahlil qildi va eksperimental tajjribalar o`tkazish,kuzatish 
    orqali ma`lumotlar yozish ko`nikmasini egalladi. Оlingan natijalar amaliy 
    ahamiyatga ega.
    Ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi: kirish, adabiyotlar 
    tahlili, material va tadqiqot uslublari,g`o`za zararkunandalari,jumladan,g`o‟zaning 
    kemiruvchi 
    zararkunadalari,g`o‟zaning 
    so‟ruvchi 
    zararkunandalari,g‟o‟za 
    navlarining kasallikka chidamlilik darajasi ,O`zbekistonda ekiladigan g`o`za 
    navlari, amaliy tavsiyalar,xulosa,fоydalanilgan adabiyotar va internet saytlari 
    ro`yxatidan ibоrat.
    Bitiruv malakaviy ishni hajmi 62 bet, 5 ta rasm, 4 ta jadval, 28 ta 
    adabiyotdan tashkil tоpgan. 



    1-rasm. Adabiyotlar ustida ishlash jarayoni 


    10 
    I-BOB. ILMIY ADABIYOTLAR TAHLILI 
     
    G‟o‟za mamlakatimiz boyliklaridan biri, qishloq xo‟jalik ekinlarining 
    muhim qismi bo‟lib,g`o`za to`g`risidagi ma`lumotlarni deyarli barcha qishloq-
    xo‟jalik adabiytolaridan topish mumkin. 
    Adabiyotlar taxlili g‟o‟za uchun alohida monografiyalar ham yaratilganligini 
    ko‟rsatdi. Qishloq-xo‟jalik sohasida g‟o‟za qadimdan foydalanib kelinayotgan 
    o‟simlik. Aholi g‟o‟za zararkunandalariga qarshi qadimdan biologik kurash olib 
    borgan.V.V.Yaxontovning 
    ishlarida 
    g‟o‟zada 
    zararkunandalik 
    qiluvchi 
    hasharotlarning tarqalishi, biologiyasi va zarar keltirish xususiyatlari haqida keng 
    qo‟lamli ma‟lumotlar keltirgan. (Yaxontov, 1953; 1962). 
    Akademik M.N.Narziqulov tomonidan O‟rta Osiyo ekosistemasida 
    zararkundalik qiluvchi hasharotlarning morfologiyasi, biologiyasi, tasnifi va 
    zoogeografik tarqalishga oid keng qamrovli ma‟lumotlar o‟rin olgan. (Narziqulov, 
    1941, Narziqulov 1952, 1962, Narziqulov, Umarov 1969, Narziqulov, Daniyarova 
    1990). O‟rta Osiyo sharoitida g‟o‟za zararkunandalari to‟g‟risidagi dastlabki 
    ma‟lumotlar Mordvilko (1913-1919), Xolodnikov (1907) ilmiy ish tahlillarida 
    uchraydi. Turkiston entomologik stanstiyasida O‟zbekiston sharoitida uchrovchi 
    qishloq xo‟jalik ekinlarini zararkunandalarining tur tarkibini o‟rganishga oid 
    ma‟lumotlar ifodalangan. Jumladan, P.P. Arxangelskiy ( 1916 yil) shiralarni 
    o‟rganish jarayonida ularni migratsiya qilish to‟g‟risidagi dastlabki ma‟lumotlarni 
    bergan. 
    O‟rta Osiyo sharoitida uchrovchi qishloq xo‟jalik ekinlarining 
    zararkunandalari tur tarkibi to‟g‟risida monografik asarlar ham yaratilgan. V.P. 
    Nevskiyning “Tli Sredney Azii” nomli monografiyasida O‟rta Osiyo qishloq 
    xo‟jalik ekinlarida uchrovchi shiralarning tur tarkibi, monografik xususiyatlari 
    ularning ro‟yxati, yirtqich va tekinxo‟r zararkunandalar to‟g‟risida ma‟lumot 
    bergan (Nevskiy 1929 yil). 
    A.V. Zagorovskiy (1941,1957) Qirg‟izistonning O‟sh xududi sharoitida 
    tamaki zararkunandalaridan biri kuzgi tunlam lichinkasi- tomir qurti tamakidan 


    11 
    tashqari boshqa o‟simliklarda ham zararkunandalik qilishi to‟g‟risida ma‟lumotlar 
    bergan. 
    T.S. Drujalyubova (1965, 1971) ham O‟rta Osiyo sharoitida tunlam faunasi 
    va ularning ekologik xususiyatlarini o‟rganish bilan tomir qurti va ko‟sak qurtini 
    xammaxo‟r zararkunanda ekanligini izohlab bergan. Keyinchalik O‟rta Osiyo 
    respublikasida 
    asosiy 
    e‟tibor 
    paxtaga 
    qaratilganligi 
    tufayli 
    g‟o‟za 
    zararkunandalariga qarshi kurash usullarini takomillashtirish tufayli qator 
    ma‟lumotnomalar e‟lon qilindi. Hasharotlarning zarar keltirish xususiyatlari, tur 
    tarkibi to‟g‟risida, ma‟lumotlar berilgan. Adabiyotlar qatoriga T.E. Osmolovskogo 
    (1917) R.Qodirova (1965) ma‟lumotlarini, M.K. Qodirova (1987) yoki I.F. Pavlov 
    (1987) tahriri asosida chiqarilgan monografik asarlarini ko‟rsatish mumkin. 
    V.V. Yaxontovning “Go‟za va boshqa ekinlardagi umurtqasiz hayvonlarning 
    faunasi” deb nomlangan asari 1931 yilda chop etilgan bo‟lsa keyinchalik O‟rta 
    Osiyoning boshqa Respublikalarida ham bunday ishlar qator mualiflar tomonidan 
    bajarildi. Jumladan, Tojikiston sharoitida M.M. Narziqulov, A. Mumamedov, 
    M.X. Axmedovlar (1989) O‟zbekiston sharoitida shiralarning biologiyasiga oid 
    ma‟lumotlar bergan. 
    I.F. Pavlov (1987 yil)ning qator ishlarida qishloq xo‟jalik ekinlari 
    zararkunandalari ichida g‟o‟zada zararkunadalik qiluvchi tunlamlar to‟g‟risida, 
    ularga qarshi kurash choralari to‟g‟risida ma‟lumot berilgan. 
    M. T. Sagdiyev, R.A. Alimov (2007 yil) go‟za, uning o‟sish va 
    rivojlanishida mikro va makroelementlarning ro‟li, g‟o‟za rivojiga tashqi muhit 
    omillarining ta‟siri, ularning sho‟rga chidamlilik darajasini oshirish to‟g‟risida 
    ma‟lumotlar berib o‟tilgan. 
    Bitiruv malakaviy ishini bajarishda internet ma‟lumotlari ham tahlil etildi. 
    Shu qatorda g‟o‟zaning so‟ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari to‟g‟risida 
    ma‟lumotlar yig‟ildi. 
    Hozirga qadar olib borilgan ishlar natijalaridan g‟o‟za navlarining 
    zararkunandalarga chidamlilik darajasini o`rganish. Maqsadimiz g`o`za navlaridan 
    ekologik toza mahsulotlar olish hisoblanadi. Yillar o‟tishi bilan ayrim g`o`za 


    12 
    navlarini keng ommalashishi,faqat biologik kurash choralari qo`llash orqali yuqori 
    hosil olishga erishish, kimyoviy zaxarlarni umuman ishlatmaslik yoki nisbatan 
    kam foydalanish kuzatiladi.
    2-rasm. Defalyatsiya jarayonidan so‟ng ochilib turgan paxta chanog‟i 


    13 

    Download 464.15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 464.15 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqоt natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati

    Download 464.15 Kb.
    Pdf ko'rish