Go‟zaning kemiruvchi zararkunadalari




Download 464.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana14.07.2022
Hajmi464.15 Kb.
#24880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
go`za, matematika 10 uzb, система уравнений, Irratsional tenglamalar, Bir noma\'lumli tenglamalar, Matematika o`qitish metodikasi S.Alixonov Toshkent 2011 y, momogul, Doc11, 5, 41986 1.1-маъруза матни, Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org, uz, Nomzod tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi (1), паспорт 37 уй
 
3.1. Go‟zaning kemiruvchi zararkunadalari. 
G‟o'zaning kemiruvchi zararkunadalari, o`simlikning barcha organlarida 
uchrab, ular xammaxo‟r zararkunadalar hisoblanadi. Bu zararkunadalarga: 
tunlamlar qurtlari, buzoqboshlar, qoratan qo‟ng‟izlar, chirildoqlar kiradi. Hosil 
organlari zararkunadasi eng xavfli hisoblanib ko‟sak qurti hisoblanadi. Bundan 
tashqari beda, mingdevona, shuvoq tunlami ham kuchli zarar keltirishi 
mumkin.Deyarli barcha paxta maydonlarida ko‟sak qurtini uchratish mumkin. 
G‟o‟za tunlami 30-40 mm (qanotini yozgandagi xolati) katta bo‟lib, tana uzunligi 
12-20mm boradi. Tanasi ko‟kish-sarg‟ish, kulranggacha o‟zgaradi. Old qanotlari 
markazida yumaloq, yuqori qismida buyraksimon qoramtir dog‟lar mavjud. Orqa 
qanotlari oldingilariga nisbatan ochroq, keng to‟q xoshiyali, o‟rtasida oysimon 
dog‟lar bor.Kapalaklar jinsiy yetuk bo‟lmaganligi sababli, qo‟shimcha o‟simlik 
nektari bilan oziqlanadi. Baxorda tuproq t
O
si 16
0
dan oshganida kapalaklar uchib 
chiqadi. Tuxumlarini asosan begona o‟tlarga qo‟yadi. G‟o‟za tunlamining birinchi 
avlodi kam bo‟ladi. Kapalaklar g‟o‟zaning shonalash davrida tuxum qo‟ya 
boshlaydi. 
Zararkunada 
yozning 
birinchi 
yarmida 
barvaqt 
rivojlangan 
o`simliklarga ,ikkinchi yarmida esa kechki ekinlarga tushadi. G‟o‟za tunlamining 
tuxumi gumbazsimon, qovurg‟ali bo‟ladi. Qo‟yilgan tuxumlar dastlab oqish keyin 
qo‟ng‟ir bo‟ladi. Kapalaklar tuxumlarini asosan bittadan g‟o‟za poyalarining uchki 
o‟suv nuqtalari yaqinidagi yosh barglarga, shona,gulyonbargchalarga va shona 
hamda gul asoslariga qo‟yadi. Shu bilan birga kapalaklar g‟o‟za tanasi g‟ovlab 
o‟sgan sernam dalalarda yoki dalaning chetki qismlarida uchraydi. Tuxumdan bir 
xafta ichida qurtlar chiqadi. Qurtlar och ko‟k, oqish bo‟lib, keyinchalik rangi 
to‟qlashib, boshi qorayadi. Qurt tanasi mayda qilcha va holchalar bilan qoplangan. 
6-yoshli qurtlar o‟simlikning qaysi qismida oziqlanishiga qarab qoradan sarg‟ish 
tusgacha o‟zgaradi.Oziqlanib bo`lgach ohirgi yoshdagi qurtlar tuproqqa tushadi va 


18 
5-12 sm chuqurlikda in hosil qilib, g‟umbakka aylanadi. Ba‟zan ko‟sak yoki 
makkajo‟xori so‟tasi ichida g‟umbakka aylanadi. G‟o‟za gumbagining rangi och 
pushtidan-jigarrangacha o‟zgaradi. G‟umbakning bo‟yi 17-21 mm keladi. Qorin 
qismining 10 segmentida parallel joylashgan ikkita tikancha bo‟ladi. Oradan bir 
hafta o‟tgach g‟umbakdan kapalak uchib chiqadi. G‟o‟za tunlami 400 dan 3000 
gacha tuxum qo‟yadi.O‟sish davrida g‟o‟za tunlami 3-4 avlod berish mumkin. 
Avlodlar rivojlanishi bir xil muddatda davom etmaydi. Mavsum boshida tunlam 
birinchi bo‟g‟imning ayrim bosqichlari nisbatan uzoq rivojlanadi, yoz davrida 
jadallashadi VIII-IX oyidan boshlab yana sekinlashadi. Umuman g‟o‟za tunlami 
rivojlanish bosqichini bir oy yoki 40 kun mobaynida tugallaydi. 
Mingdevona tunlami-Chlorideo peltqero. Bizda uchramaydi, asosan issiq 
viloyatlarda uchrashi mumkin. Qurtlari boshqa qurtlardan sertukligi bilan 
farqlanadi. Dastlab barg, shona keyin gulni shikastlaydi. 
Shuvoq tunlami- Melideptrio sentoso Schiff. Paxta ekiladigan maydonlar, 
chetlarida begona o‟tlar ko‟p bo‟lsa, zichligi yuqori bo‟ladi. Qurtlari asosan barg 
bilan oziqlanadi. Eng sevimli ozuqasi shuvoq hisoblanib-shuvoq tunlami deyiladi. 
I avlod IV-V boshida uchadi.
Metal tusli tunlam-Syngropho sirum Flexa G. Tunlamlar asosan g‟o‟zaning barg, 
qisman shona va gulni zararlaydi. Qanotlarida kumushsimon dog‟lar mavjud, 
kulrang bo‟ladi. Tuxumida oq g‟ubor bo‟lib tovlanib turadi. Qurti 32 mm 
kattalikda. Qo‟ng‟ir qurt yonida oq chiziqlar mavjud. 
G`o`zaning barg zararkunandalari. 
Zararkunandalar ichida kichik quruqlik tunlami-karadrina hozirda lyafigma 
avlodiga qo‟shilgan bo‟lsada, eski avlod nomi bian karadrina ommalashib ketgan. 
Ayrim yillari miqdoriy zichligi keskin ko‟payib xavfli zararkunandalarga aylanadi. 
Karadrina xammaxo‟r zararkunanda bo‟lib yuzdan ortiq o‟simlik turida oziqlanadi. 
Kichik yoshdagi qurtlari barg etini qirtishlab yeydi, katta yoshdagilar esa barglarni 
kemirib teshik hosil qiladi, yoki barglarni chekkalarini kemiradi, novda uchlari
mevaband, gulyonbarglarni, gullarni yeb, ayrim holatlarda ko‟sakni teshib kiradi. 


19 
Qishlovdan mart oyida chiqadi. Kapalak tanasi 11-13 mm, qanotlarida 23-24 
mmga teng. Old qanotlari qoramtir kulrang, qanot chekkalari kulrang xoshiyali, 
qanotlarida dog‟lar mavjud. O‟rta qismida buyraksimon qo‟ng‟ir dog‟, atrofi sariq 
guborli, yonida yumaloq dog‟lar bo‟lib, zangsimon to‟qsariq tusli o‟rta qismi 
ajralib turadi, orqa qanotlari oqish kulrang, chekkalari va tomirlari kulrang va 
tuklari oq yoki sarg‟ish bo‟ladi. Kapalaklar gul nektari bilan oziqlanadi. Karadrina 
g‟o‟za tunlamidan farq qilib, o‟z tuxumlarini to‟p-to‟p qilib qo‟yadi. Ularni qorin 
qismidan to‟qilgan tuklari bilan yopadi. Qishlovdan chiqan birinchi bo‟g‟im 
2000ta, keyingi bo‟g‟im 300-600cha tuxum qo‟yadi. Tuxumi tovlanuvchi, ko‟kish-
sarg‟ish bo‟ladi, tuxumi qorayib keyin to‟q yashil qurt chiqadi. Qurt tanasida 24-32 
cha to‟lqinsimon to‟q chiziqlar o‟tgan. Bularni 3ta oq yo‟l 4ga bo‟lib turadi. Qurt 
uzunligi 30 mm kelib, uning tanasi siyrak, qisqa tukchalar bilan qoplangan. II-
yoshgacha bo‟lgan qurtlar barglarda to‟p-to‟p bo‟lib turadi.Ular oziqlanib o`simlik 
barglarini teshib tashlashadi. III-marta tullaganlaridan so‟ng o‟simlik bo‟ylab 
harakatlana boshlashadi. Zararlangan beda o‟rilgandan keyin ham ular to‟laligicha 
g‟o‟za o`simligiga o‟tishadi. Kun isiganda esa turli xil yoriqlarga, tuproq qatlamiga 
tushib bekinishadi. 
16-22 kun davomida, 6 yoshni kechirgan qurtlar yerga tushib 5-15sm tuproq 
qatlamida g‟umbakka aylanadi. G‟umbak 10-15 mm sarg‟ish qo‟ng‟ir, qorin 
segmentining oxirida ikkita, qilcha mavjud. Tashqi muhit omillariga bog`liq 
ravishda I- avlod rivojlanishi uchun I-oy vaqt kerak bo‟ladi. Karadrina asosan yosh 
o‟simliklarni qiradi, qari o‟simliklar bilan oziqlangan kapalaklar kam tuxum 
qo‟yadi. Karadrina erta baxordan kech kuzgacha oziqa o‟simligini almashtirib 
turadi. 
Gamma tunlami-Phytometra gamma L. hozirda xavfli zararkunanda 
hisoblanmaydi. 
Yo‟ng‟ichqa tunlami (sebarga)-Scotogramma lifolit Rot L. Asosan barg
ayrim xolatlarda hosil organlariga ham zarar keltirishi mumkin. Yosh qurtlar 
barcha tunlam qurtlari singari barglarni teshik qilib kemiradi, yirik qurtlar esa 


20 
barglarni to`la kemirib yo‟qotadi.Bu turlar qatoriga, otquloq tunlamini xam 
keltirish mumkin. 
Poya zararkunandalari. 
Poya zararkunandalari tur jihatidan ko‟p emas, asosan g‟o‟zapoya kuyasi va 
makkajo‟hori kapalagi kiradi. 
G‟o‟zapoya kuyasi-chilpigich ham deyiladi. Asosan boshqa zararkunandalar 
tomonidan zararlanib rivojlanishidan orqada qolgan o‟simliklarni zararlaydi. 
G‟o‟zapoya kuyasining ko‟payishi begona o‟tlarga bog‟liqdir. Chunki shu begona 
o‟tlarda I-avlodi rivojlanadi. 
II-bo‟g‟indan chiqadigan kapalaklarning uchishi may oxiri- iyun boshiga, 
ya‟ni g‟o‟za gulllay boshlagan paytda to‟g‟ri keladi. G‟o‟zapoya kuyasi kichik 
kapalak bo‟lib, qanotlari yozilganda 17 mm keladi. Tanasining uzunligi 7mmgacha 
boradi, old qanotlari qoramtir kulrang, dog‟i bor, orqa juft qanoti kumushsimon 
chetlari popukchali ko‟rinishda, II-bo‟g‟in kapalaklari tuxumlarni g‟o‟zaning uchki 
qismiga bittalab qo‟yadi. Tuxumlaridan qoramtir boshli qurtlar chiqadi. Qurtning 
dastlabki ikki jufti pushtirang qizil, yetuk qurtning bo‟yi 11mm yetadi. Kichik 
yoshdagi qurtlar dastlab g‟o‟zaning yuqori qismidagi yosh barglarni teshib 
kemiradi keyin sersuv o‟suv nuqtasidagi yosh novdalarni kemirib , o‟sish nuqtasi 
sinib tushgach, o‟simlik shoxlab ketadi, zararkunandalarni shuning uchun 
“chilpichich” deb nomlangan. Zararkunanda o‟zi oziqlangan poyada g‟umbakka 
aylanadi. G‟umbak 7mm bo‟ladi, tanasining orqa qismida yo‟g‟on o‟simta bo‟ladi. 
Bizda asosan 2 avlod beradi. 
Makkajo‟xori parvonasi- Pyrousta mebilalus Hb. G‟o‟zaning tasodifiy 
zararkunandasi xamma paxtazor maydonlarida uchraydi. Bu parvona xammaxo‟r 
bo‟lib, qurtlar g‟o‟za poyasining ichiga teshib kirib, shu yerda yashaydi, uning 
ichki qismi bilan oziqlanib, yuqorga eng ingichka va nozik qismigacha yetib 
boradi. Shikastlanish orqali poyalar sinib tushadi. Bundan tashqari g‟o‟zaga 
chigirtkalar kuchli xavf tug‟dirishi mumkin. Chigirtkalar asosan yangi quruq 
yerlarga ekilgan paxta ekiniga kuchli zarar keltiradi. 


21 

Download 464.15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 464.15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Go‟zaning kemiruvchi zararkunadalari

Download 464.15 Kb.
Pdf ko'rish