• 13-mavzu: Badiiy asarni sahnalashtirish turlari va uni qo‘yib ko‘rsatish metodlari Maqsad
  • Kalit so’zlar
  • 1. Badiiy asarni sahnalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti




    Download 345,69 Kb.
    bet39/80
    Sana25.01.2024
    Hajmi345,69 Kb.
    #145650
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI (1)

    Nazorat savollari :
    1. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati nimalardan iborat?
    2. Turli yosh guruhlarda bolalarni o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish uslulari haqida nimalarni bilasiz ?.
    Adabiyotlar:

    1. D.R.Babaeva « Nutq o`stirish metodikasi» Fan va texnologiya.T.; 2009 y.

    2. F.R.Qodirova « Nutq o`stirish metodikasi» O`UM T.;2012y.(electron)

    3. УшинскийК.Д. Родноеслово.// Собр.соч. М., 1949.Т. С. .242-243


    13-mavzu: Badiiy asarni sahnalashtirish turlari va uni qo‘yib ko‘rsatish metodlari
    Maqsad: Sahnalashtirish o‘yinlari, bu bolalarning mustaqil ijodiy o‘yin turi bo‘lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo‘lib ijro etiladi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom va o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlarni shakllantiradi
    Kalit so’zlar: personaj, emotsional, ijodiy o‘yinlar, sahnalashtirilgan o‘yinlar, siluetlar, teatr-kitoblar, panorama-kitoblar, qurish-yasash o‘yinlari


    Reja:
    1. Badiiy asarni sahnalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
    2. Sahnalashtirilgan o‘yinlar.
    3. Badiiy asarni sahnalashtirib ko‘rsatish usullari.


    1. Badiiy asarni sahnalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Sahnalashtirish o‘yinlari, bu bolalarning mustaqil ijodiy o‘yin turi bo‘lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo‘lib ijro etiladi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom va o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlarni shakllantiradi.
    Sahnalashtirish o‘yinlarida bolalar o‘yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni o‘zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning nutq faolligi, lug’at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi.
    Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi.
    Adabiy asarlarni tanlashda quyidagi talablar qo‘yiladi:
    1. Mazmunining g’oyaviy-ma’naviy barkamolligi.
    2. Badiiy jihatdan mazmundorligi.
    3. Asardagi qatnashchi va rollarning soni (qancha ko‘p bo‘lsa, asar shuncha ahamiyatlidir).
    4. Mazmuni yaxshi bo‘lishi bilan birga, unda harakat turlarining ham ko‘p bo‘lishi.
    5. Ifodali o‘qishga mos bo‘lishi.
    6. Mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog’langan bo‘lmo g’i zarur.
    Bolalar xalq ertaklarini sahnalashtirishni yaxshi ko‘radilar. Masalan, «Sholg’om», «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g’irsoq» va boshqalar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda (qo‘g’irchoq, soya, soya teatri orqali) sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar.
    Badiiy asarni eslab qolishlari uchun uni qayta qo‘yib berish, sahnada ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
    Sahnalashtirish o‘yinlari qiziqarli o‘tishi va uzoq vaqt davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga to‘g’ri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar o‘yin rejissyori rolini amalga oshira borib, bolalarning xatti-harakatlari, qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olib boradilar. o‘yinda faol ishtirok etgan bolalarni alohida rag’batlantirilib, kelgusida qaysi asarlarni sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar.
    Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlarning roli kattadir. Pedagoglardan Z.V. Lishtvan, V.G. Nechaeva o‘z tadqiqotlarida qurish-yasash o‘yinlarining o‘ziga xos tomonlari va ahamiyatini yoritib berganlar. Bolalar nashriyotlari badiiy asarlarni sahnalashtirish uchun xalq ertaklariga siluetlar, teatr-kitoblar, panorama-kitoblar kabi turli ko‘rinishdagi ko‘rgazmali qo‘llanmalarni chop etmoqdalar.

    Download 345,69 Kb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




    Download 345,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti

    Download 345,69 Kb.