2. Joriy yil 7E2
16
16-li sanoq sistemasidagi sonni 10-sanoq
sistemasiga
o’tkaziladi. 7E2
16
→2018
10
7E2
16
→2018
10
3. 2018
10
-1988q30 Javob: Mening yoshim 30 da
Yuqoridada berilgan masalani boshqa usullar bilan ham echish mumkin,
ya’ni berilgan ikkilik sanoq tizimidagi sonni 16 sanoq tizimiga o’tkaziladi va
natijani joriy yildan ayriladi. Hosil bo’lgan 16 li sonni 10 li sanoq tizimiga
o’tkaziladi.
Ushbu berilgan topshiriqni bajarish jarayonida o’quvchilarda sonlar ustida
arifmetik amallarni bajarish ko’nikmalari shakllantiriladi.
2-topshiriq. Yqlog2X funktsiya berilgan. X
ϵ[2:15] da funktsiyaning
qiymatini hisoblang va grafigini quring.
Ushbu berilgan masalani Excel elektron jadvalida bajariladi.
Axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga tadbiq etishning muhim
yo’nalishlaridan biri elektron o’quv
adabiyotlar, qo’llanmalar va kurslar
yaratishdir. Elektron o’quv adabiyotlar va qo’llanmalar ma’ruza mazmunini
boyitish, yangi materiallar bilan to’ldirishga imkoniyat yaratadi. Bundan ko’rinib
turibdiki, ta’lim muassalarida yagona katalog tizimiga ega bo’lgan
kutubxonalarning paydo bo’lishi va lokal tarmoqning yaratilishi kutubxonalarga
bog’liq muammolarni yechishga olib kelishi bilan bir qatorda, ular faoliyatining
samaradorligini oshirishga va muvofiqlashtirishga imkon beradi.
Ta’lim tizimida AKTning qo’llanilishi o’quv jarayonini pedagogik dasturiy
vositalar yordamida amalga oshirishdek muhim imkoniyatni yaratdi. Bunday
yondashish o’quv jarayoni didaktik kategoriyalarining o’zaro aloqasini va
bog’liqligini o’rganishga olib
kelishi bilan bir qatorda, o’quv jarayonini to’liq
darajada o’rganishga imkoniyat yaratadi. Shu o’rinda AKTining multimediali
vositalaridan foydalanib o’qitishning an’anaviy uslub bilan o’qitishga ko’ra farqini
tahlil qilganda quyidagi asosiy:
dars o’tishda ma’ruzachining o’quv materiallarini tushuntirish
jarayonining yengillashtirilishi;
o’quv jarayonida original o’rnida kompyuter tomonidan
modellashtirilgan obyektning imitasiya qilinishi va bu
jarayonni ichkarisidan
kuzatish mumkinligi;
o’quv jarayonida berilayotgan materiallarni takroriy holda berish
imkoniyatining mavjudligi;
kompyuter texnologiyalari asosida o’tkazilayotgan
darslarni
o’zlashtirish darajasining yuqoriligiga erishilishi.
Shuni ta’kidlash lozimki, o’quv jarayonini AKT asosida tashkil qilishdan
asosiy maqsad o’qish sifatini va samaradorligini oshirish bilan bir qatorda,
kompyuter va axborot texnologiyalarini o’qituvchi-o’quvchilarning kundalik ish
quroliga aylantirishga erishishdan iborat.
Hozirgi zamon fan-texnika
taraqqiyotining rivojlanishi, yosh avlodga
ta’lim-tarbiya berishda o’qituvchilar oldiga yangi talablar qo’ymoqda. Ayniqsa
matematika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o’quv fani
sifatida keng imkoniyatlarga ega. Bu fan o’quvchilar tafakkurini rivojlantirib,
ularni maqsadga yo’nalgan matiqiy fikrlash malakalarini shakllantiradi.
Shu sababli o’quvchi yoshlarni matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini
kamol toptirish har bir o’qituvchining eng yuksak vazifalaridan biri bo’lmog’i
kerak. Matematika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning olgan bilimlarini
chuqurlashtirish uchun zamonaviy innavatsion
texnologiyalar va ulardan
foydalanish, amaliyotga tadbiq qilish, ko‘nikmalar shakllantirish, o‘quvchilarga
faqatgina tushunchalar berib qolmasdan ular yordamida mustaqil mantiqiy
fikrlash, erkin matematik mushohada yurita olish, ma’lum qarorlar qabul qila
olish kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari
ta’limining ahamiyati, uning
fan va texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish
sohasida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Maktabda
informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish ta’limning umumiy
maqsadlariga xizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy
tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o’z-o’zini anglash salohiyatini
shakllantirishi va o’stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib
toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim-tarbiya olishni keyingi bosqichlarida
davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlarni egallashi lozim.