2.2.Informatika fanini o‘qitishda dasturlash tillari asosida fizika
fanidagi misol va masalalarni xisoblash
XX asrning buyuk mo`jizasi bo`lmish kompyuterlar XXI asr- axborot asri
bo`lishiga zamin yaratadi. Hozirgi paytda kompyuterlar kirib bo`lmagan xalq
xo`jaligini bironta soxasini ko`rsatish qiyin. Ayniqsa, ularning fizikada qo`llanish
ko`lami benihoya kengdir. Hozirgi kunda kosmik kemalardan yuborilayotgan
axborotlarni qayta ishlash tezlatgichlardagi zarralar harakatini boshqarish,
fizikadan o`ta nozik tajribalar o`tkazish nazariy fizikaning murakkab masalalarni
yechishni kompyuterlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
Respublikamizda kadrlar tayyorlash milliy dasturning amalga oshirilishining
asosiy mazmuni ta`limda nazariya bilan amaliyotning bog`lanishi, o`quv
materiallarining o`quvchi qiziqarli bo`lishi ya`ni ta`lim motivlariga katta e`tibor
berilishi talab qilinadi. Fizika fanida nazariy bilimlarni amaliyotga bog`langan
holda bir tizimga keltirib, o`quvchiga yetkazish dolzarb hisoblanadi. Fizika fanini
o`qitish nazariy va amaliy jihatdan chuqur va mazmunli tanlanishi maqsadga
muvofiq hozirgi zamon o`qituvchisi uchun mos o`quv materiallari tanlanishi va uni
pedagogik texnologiyalardan foydalanib turli variantda qayta ishlash orqali
o`rganilishi ta`limda o`qitishning yangi metodikasini yaratishga olib keladi. Har
tomonlama rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyotini axborot texnologiyalarsiz,
kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Mana shu yangi texnologiyalar jamiyat
rivojlanishining barcha yo`nalishlariga, shu jumladan ta`lim sohsaiga ham jadal
sur`atlarda kirib kelmoqda.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan talabalarga talim berish va qayta
tayorlshjarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassi
slarni kamol topdiradi. Ma`lumki, fizika ta`limida eksperimentlarga katta o`rin
beriladi. Fizikada xar bir qoyida eksperimental isbotini topganidan keyingina
qonun,tamoyil va qoyida huquini oladi. Psixologik jihatdan ham o`quvchilarning
bilim olishlarida ko`rgazmali qurollar va naoyish tajribalar muhim rol egallaydi.
Fanga oid qonun va tushunchalarni o`quvchilarga usullarda o`rgatish
maqsadida Respublika ta`lim markazi, Multimediya umumta`lim dasturlarni
rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan elektron darslik, o`quv
filmi,virtual labaratoriya ishlari animatsiyali ko`rgazmalar ishlab chiqilmoqda.
Ulardan amalda samaralai foydalanish uchun fizika fani o`qituvchisi kompyuter va
boshqa elektron qurulmalarni muayyan darajada ishlata olish ko`nikmasiga ega
bo`lishi lozim. Bu dars tuzilishini o`zgartiradi, pedgog faoliyati samaradorligini
oshirib,vaqtni tejaydi,o`quvchi diqqatini jamlab,fanga bo`lgan qiziqishini
kuchaytiradi.Fizikani o`qitishda o`qituvchi qanchalik mohirona o`z fikrini bayon
etmasin, barbir tabiatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarni o`quvchi anglab
olishi qiyin. Shu sababli tabiatda sodir bo`ladigan jarayonlarni o`z ko`zi bilan
ko`rib, mantiqan fikirlab hamda u bo`sunadigan qonun qoyidalarni o`zlashtirsa
o`qitishning samarasi yanada oshadi.Namoyish tachribalarni har biri o`ziga xos
harakterga ega bo`lib, ma`lum bir maqsadni ko`zda tutadi. Shuning uchun
namoyish qilinayotgan tajriba o`tkazilgan yoki yangi bayon qilinayotgan mavzuga
doir hodisa va jarayonlarni aniq ko`rsatib berishi, ya`ni nazari olingan bilimlarni
amaliyotda tasdiqlashi lozim.
Shunday nomoyish eksprementlari borki,ularni qo`l bilan bajarib, ko`z bilan
ko`rish imkoniyati mavjud emas. Masalan,malekulalarning harakatini oddiy
tajribalar asosida ko`rsatish imkonitai yo`q. Shu sababli ayrim tajribalarni media
resurslardan foydalanib o`quvchilarga yetkazilsa,darsning samardorligi ortadi.
Mediaresurslardan foydalanishning o`ziga xos muhim tomonlari shundaki:
Turli xil fizika qurilmalar va asboblar tayorlash shart emas;
Hodisalarni jonli va tabiiy ko`rinishda tasvirlash;
Tajribani oz fursat ichida istalgan marta takrorlash;
Kuzatish qiyin bo`lgan va umuman kuzatilishi mumkin bo`lmagan
jarayonlarni ham nomoyish eta olish imkoniyatiga ega bo`linadi. Media
resurslardan samarali foydalanish natijasida o`qituvchi faoliyatida:
Mavzularni to`liq yoritib (fizik hodisa va jarayonlarni, fizik
qonunlar)berishga imkon yaratiladi;
Fizika fani amaliyotda tajribalarga tayangan eksperimental fan bo`lganligi
sababli,o`tiladigan xar bir mavzuni tajribalar asosida ko`rgazmali o`tish faning
samardorligini oshirishga zamin yaratadi.Shunday ekan, dars jarayonida
zamonaviy o`quv labaratoriya jihozlaridan samarali foydalanib,ko`rgazmali tajriba
namoyishlarni, labaratoriya ishlarni bajarish maqsadga muvofiq.
Fizika fani amaliyotda tajribalarga tayangan eksperimental fan bo‘lganligi
sababli o‘tiladigan har bir mavzuni tajribalar asosida ko‘rgazmali o‘tish fanning
samaradorligini oshiradi. Dars jarayonida zamonaviy o‘quv laboratoriya
jihozlaridan foydalanib, ko‘rgazmali tajriba namoyishlarni, laboratoriya ishlarini
bajarish maqsadga muvofiq. Fizika darslarida vertual laboratoriya orqali nazariya
bilan amaliyot mujassam holatda o‘qitilishi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma,
malaka va kompetensiyalarni shakllantiradi va amaliyotda qo‘llashga zamin
yaratadi
O‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy tashkillashtirishning xarakterli
xususiyatlaridan biri –o‘quv jarayonini boshqarishning samaradorligini oshirish
maqsadida axborot texnologiyalaridan keng foydalanishdir. Bunda kompyuter
nafaqat hisoblash ishlarini bajarish hamda fizikaviy jarayonlarni modellashtirish
asosi hisoblanadi.
Kompyuter texnologiyalari yordamida o‘qitish quyidagi ko‘rinishlarda
amalga oshirilishi mumkin:
«Kirib boruvchi» texnologiyalar (alohida mavzular va bo‘limlar
bo‘yicha ma’lum bir didaktik masalalar uchun kompyuter o‘qitishni qo‘llash).
Asosiy, qo‘llanayotgan aniq texnologiyadan o‘ta muhim qismini
aniqlovchi.
Monotexnologiyalar (ta’lim, o‘quv faoliyatini boshqarish, tashxis va
monitoringni amalga oshirishda kompyuterlarni qo‘llashga asoslanadi).
Kompyuter o‘qitish vositasi sifatida o‘quvchiga ham, o‘qituvchiga ham
yordamchi bo‘la olishi mumkin. O‘qituvchi uchun u – avtomatlashgan sinf
jurnali, savol-javob qilish va o‘qitish natijalarini ishlab chiqish vositasi, darslarga
tayyorlanish va laboratoriya praktikumlari va namoyish tajribalarni o‘tkazish
uchun asos hisoblanadi. O‘quvchi uchun – vazifalarni bajarish vositasi, ikkovlari
uchun esa – real olamni modellashtirish vositasi hisoblanadi. Kompyuter o‘quvchi
uchun turli funksiyalarni: o‘qituvchi, o‘qitish ob’ekti, hamkorlikdagi jamoa, dam
olish (o‘yin) muhiti hisoblanadi.
Fizikadan masala yechish mashg‘ulotlarini pedagogik dasturiy vositalar
yordamida tashkillashtirish o‘quv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Dars
berish davomidagi tajribalardan ma’lumki, ko‘pgina talabalar fizika fanidan
berilgan masalaning shartini tushunishda ma’lum bir qiyinchiliklarga uchrashadi.
Talaba masala shartini tushunmasdan yechish uchun masala shartida
qatnashayotgan fizik kattaliklarni o‘zida aks ettirgan formulani topishga harakat
qiladi. Bu holatda vujudga keladigan didaktik muammolardan biri berilgan fizik
masalada kechayotgan fizik jarayonning hayoliy modelini tassavur eta
olmasligidadir. Bu holatda o‘qituvchi talabaga berilgan masalani tushunib olishi
uchun chizma chizishni taklif qiladi, lekin chizilgan chizma orqali kechayotgan
fizik jarayonni to‘laqonli tasvirlash qiyin hisoblanadi. Ayniqsa, fizikaning
mexanika bo‘limiga oid masalalarning aksariyati harakat bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalardir. Masalani yechish uchun chizilgan chizma esa qaralayotgan fizik
jarayonni statik ko‘rinishdagina tasvirlash mumkin bo‘ladi, bu esa kechayotgan
fizik jarayonning ayrim bir holatinigina aks ettira oladi.
Informatika fanining chiziqli algoritmlar mavzusida fizika fani bo’yicha
integratsion bog’lanishni quyidagi misolni ko’rsatishimiz mumkin.
|