XULOSA
Ilg’or pedagogik tajribalar va ta’lim nazariyasiga oid yutuqlarni
amalyotga
joriy etish bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etmoqda. O’qituvchining
pedagogik faolyatiga joriy etish uchun ko’plab tajribalar vujudga kelmoqda va
to’planmoqda. O’qituvchining pedagogik faoliyati ommaviy hamda ilgor bo'lishi
mumkin. Hozirgi vaqtda ta’lim –tarbiya sifatini oshirish dolzarb masala bo’lib
qolgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ta’lim to’g’risidagi Qonun talablari
asosida respublikamizda umumiy o’rta ta’limni rivojlantirishda inavatsion
g’oyalar keng ko’lamda amalga oshirilib kelmoqda. Ta’limning asosiy
Vazifalaridan
kelib chiqib, barcha o’quv fanlari, shu jumladan aniq fanlarni
o’qitishni yuqori saviyada rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Bugungi kunda umumiy o’rta ta’limda fanlarni o’qitishda inovatsiya va
axborot texnologiyalardan foydalanib dars o’tish yuqori natijalarga erishishda
muhim ahamyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqib, mazkur zamonaviy o’qitish
usulini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim tizimida to’g’ri
tashkil etishga erishish
o’qituvchilar uchun dolzarb muammo hisoblanadi.
Hozirgi davr talabi yosh avlodni har tomonlama yetuk, jismonan sog’lom,
o’rgangan fanlarini erkin ifodalab, amalyotda qo’lay oladigon,
keng doirada
fikrlaydigan barkamol avlod qilib tarbiyalashdan iborat. Yoshlarda ushbu
fazilatlarni shakllantirish uchun tabiy va aniq fanlardagi bilimlari muhim
ahamyatga ega.
Shunday qilib, o’qitishda fanlararo aloqadorlikni hisobga olish va amalda
qo’llash ta’lim-tarbiyada samarali omildir. Bu usul talaba-yoshlarning
bilimini
mustahkamlaydi, dunyo qarashini kengaytiradi. Matematika va fizika fanlarini
boshqa fanlar bilan aloqadorlik asosida o’qitishni amalga oshrilishi yuzasidan
quyidagi xulosalarni qilish imkonini beradi:
1. Umumtalim va kasbiy fanlarning o’quv jarayonidagi o’zaro bog’lanish
ikkita aloqador yo’nalishlar bilan taminlanadi: umumtalim fanlarining kasbga
yo’naltirilishi va kasbiy tayyorgarlikning ilmiy-texnik darajasini oshirish.
2. Matematika va maxsus fanlarning o’zaro bog’lanishini amalga oshirish
quyidagi bosqichlari asoslandi: matematika va maxsus fanlarning o’zaro
bog’lanish masalalari va ularning asosida yotuvchi tamoyillarni o’rganish
(o’quvchilarning nazariy tayyorgarligi); fanlararo aloqadorlik tamoyillari asosida
bilimlarni differensiallash (ma’lum darslarga tayyorlanish); fanlararo aloqadorlik
tamoyillari asosida o’rganiladigan bilimlarni tegishli mavzular bo’yicha
integrallash; darsni fanlararo aloqadorlik asosida tashkil etish.
3. Darsni fanlararo aloqadorlik asosida tashkil etilishi quyidagi natijalarga:
talabalani ilmiy dunyoqarashini
rivojlantirishga; kasbga, shuningdek, fanga
bo’lgan qiziqishlarni oshirishga; olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash,
mehnat faoliyatiga tatbiq etish ko’nikmalarni shakllantirishga; tanlagan
ixtisosliklari bo’yicha maxsus fanlar asoslarini egallashlari uchun zarur bilimlar
bilan taminlashga;
mustaqil va ijodiy fikrlash, uni ravon bayon etish malakalarini
shakllantrishga olib keladi
Ta’kidlash joizki, aniq fanlarni o’qitishda yangi inavatsion g’oyalardan va
axborot texnologiyalardan foydalanish zamon talabidir. Ana shundagina iqtidorli,
bilimdon, zukko o’quvchi yoshlar sonini kengaytirib, O’zbekistonni
kelajagi
buyuk davlatga aylantirish kabi ezgu maqsadga erishishga o’z hissamizni
qo’shamiz.