II.BOB. INFORMATIKANI FANINI FANLARARO
ALOQADORLIKDA O‘QITISH MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH
METODIKASI
2.1. Informatika va axborot texnologiyalari fanining boshqa fanlar bilan
uzviy bog‘liqligi
Ta’limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq
qo’llashayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta’lim
muassasalari o‘quv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim. fanlararo
aloqadorlikning mazmuni va materiallar hajmi ta’lim tizimining o‘quv dasturi
orqali aniqlanadi. o‘quv fanlari orasida o‘zaro bog‘liklik ikki turga bo‘linadi:
xronologik va g‘oyaviy. birinchisi, turli fanlar dasturlarining o‘zaro
mutanosibligiga, ikkinchisi esa, bir xil yo’nalishdagi ilmiy tushunchalarning
umumiy metodik holatlar asosida singdirilishiga asoslanadi.
Fanlararo bog’lanish fanlarning turiga qarab umumiy metodlar birligi bilan
ham izohlanadi. masalan, matematika va fizikada modelli metod, ekspermental
metod umumiyligi ko‘zgatashlanadi. amaliyotda matematika o’qituvchilari
fanlararo xronologik bog’lanishning ilgari, hozir, kelgusi kabi uch turidan bevosita
foydalanadilar. ilgari fanlararo bog’lanish informatika kursi materiallarini
o’qitishda oldin boshqa fanlardan olingan bilimlarga tayaniladi. hozir fanlararo
bog‘lanish-barcha fanlardan materiallar bir vaqtda o’tiladi. Kelgusi fanlararo
bog’lanish-informatikada o’tilgan materiallar kelgusida boshqa fanlarning
o’qitilishida asqotadi. ma’lumki, matematika, fizika fanlari aniq fanlarning ilmiy
asosi hisoblanadi. Buning uchun ta’lim tizimida barcha fanlarning o’zaro
bog’likligini o’qitishning dastlabki bosqichlaridayoq o’quvchilarga tushuntirib
borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu esa o’quvchilarning barcha fanlardan
olayotgan bilimlarining bir-biriga bog’langanligini, tashqi muhitning bir
butunligini tushunishiga yordam beradi.
Ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalari ahamiyati, uning fan
va texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan
o’rni bilan belgilanadi. Ta’limda informatika va axborot texnologiyalari fanini
o’qitish ta’limning umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning
ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o’z-
o’zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o’stirishi, ularda milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va
ta’lim-tarbiya olishni keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur
bo’lgan bilimlarni egallashi lozim.
O`quv jarayonida yangi texnologiyalarni qo`llash ilg`or pedagogik
metodlarning rivojlanishiga, masalalar yechish jarayonida o`qituvchi ish
uslubining o`zgarishiga olib keladi. Shuning uchun yangi axborot –
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib dars o’tish maqsadga muvoffiqdir
Birinchi Prezidentimizning quyidagi so`zlari ibratlidir: “Shuni unutmasligimiz
kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi”, boshqacha aytganda
xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday
ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va
murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko`rishi zarur.Ana shu oddiy
talabdan kelib chiqqan holda,farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash
qobiliyatiga ega bo`lgan ongli yashaydigan komil inson etib voyaga yetkazish
ta`lim tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim, deb qabul
qilishimiz kerak. Bu esa ta`lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab
etadi.
Ta’lim sifatini oshirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki
bugungi kunda insoniyat rivojlanishi shunday bosqichga yetib bordiki, bu
bosqichda inson aql -zakovati, bilimi va uning mutaxassis sifatidagi malakasi hal
qiluvchi ro‘l o‘ynaydigan bo‘lib qoldi. Ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan
foydalanish o‘quv jarayonida o‘quvchilarni faqat nazariy bilimlari bilan cheklab
qolmasdan balki, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda, ularning har tomonlama yetuk
kadrlar qilib tayyorlashida muhim rol o‘ynaydi. Ta’limdagi axborot texnologiyalari
keng me’yoriy tushuncha bo‘lib, olib borilayotgan har bir mavzu ana shu texnika,
texnologiyadan foydalanishni taqazo etadi. Chunki, zamonaviy o‘qitish
texnikasidan foydalanish ijobiy natijalar beradi.
Yoshlarga ta`lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish
o`qituvchilarning g`oyaviy e`tiqodiga, kasb mahoratiga, iste`dodi va madaniyatiga,
hozirgi zamon pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llash, o’quvchilarni
o`zaro faollikka olib kelishiga bog`liq.
Zamonaviy axborot texnologiyalari- bu ma`lumotlarni olish, saqlash,
qidirish, qayta ishlash va axborot uzatishdir. Zamonaviy axborot texnologiyalarini
quyidagilarga ajratish mumkin: audio video, kompyuter, multimediya va
kompyuter konstruktor.
Axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga tadbiq etishning muhim
yo’nalishlaridan biri elektron o’quv adabiyotlar, qo’llanmalar va kurslar
yaratishdir. Elektron o’quv adabiyotlar va qo’llanmalar ma’ruza mazmunini
boyitish, yangi materiallar bilan to’ldirishga imkoniyat yaratadi. Bundan ko’rinib
turibdiki, ta’lim muassalarida yagona katalog tizimiga ega bo’lgan
kutubxonalarning paydo bo’lishi va lokal tarmoqning yaratilishi kutubxonalarga
bog’liq muammolarni yechishga olib kelishi bilan bir qatorda, ular faoliyatining
samaradorligini oshirishga va muvofiqlashtirishga imkon beradi.
Ta’lim tizimida AKTning qo’llanilishi o’quv jarayonini pedagogik dasturiy
vositalar yordamida amalga oshirishdek muhim imkoniyatni yaratdi. Bunday
yondashish o’quv jarayoni didaktik kategoriyalarining o’zaro aloqasini va
bog’liqligini o’rganishga olib kelishi bilan bir qatorda, o’quv jarayonini to’liq
darajada o’rganishga imkoniyat yaratadi. Shu o’rinda AKTining multimediali
vositalaridan foydalanib o’qitishning an’anaviy uslub bilan o’qitishga ko’ra farqini
tahlil qilganda quyidagi asosiy:
dars o’tishda ma’ruzachining o’quv materiallarini tushuntirish
jarayonining yengillashtirilishi;
o’quv jarayonida original o’rnida kompyuter tomonidan
modellashtirilgan obyektning imitasiya qilinishi va bu jarayonni ichkarisidan
kuzatish mumkinligi;
o’quv jarayonida berilayotgan materiallarni takroriy holda berish
imkoniyatining mavjudligi;
kompyuter texnologiyalari asosida o’tkazilayotgan darslarni
o’zlashtirish darajasining yuqoriligiga erishilishi;
Shuni ta’kidlash lozimki, o’quv jarayonini AKT asosida tashkil
qilishdan asosiy maqsad o’qish sifatini va samaradorligini oshirish bilan bir
qatorda, kompyuter va axborot texnologiyalarini o’qituvchi-o’quvchilarning
kundalik ish quroliga aylantirishga erishishdan iborat.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, yosh avlodga
ta’lim-tarbiya berishda o’qituvchilar oldiga yangi talablar qo’ymoqda. Ayniqsa
matematika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o’quv fani
sifatida keng imkoniyatlarga ega. Bu fan o’quvchilar tafakkurini rivojlantirib,
ularni maqsadga yo’nalgan matiqiy fikrlash malakalarini shakllantiradi.
Shu sababli o’quvchi yoshlarni matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini
kamol toptirish har bir o’qituvchining eng yuksak vazifalaridan biri bo’lmog’i
kerak. Matematika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning olgan bilimlarini
chuqurlashtirish uchun zamonaviy innavatsion texnologiyalar va ulardan
foydalanish, amaliyotga tadbiq qilish, ko‘nikmalar shakllantirish, o‘quvchilarga
faqatgina tushunchalar berib qolmasdan ular yordamida mustaqil mantiqiy
fikrlash, erkin matematik mushohada yurita olish, ma’lum qarorlar qabul qila olish
kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat.
Dars davomida kompyuter ma`lumotlar bazasi bilan yaqindan tanishib,
audio-video yozuvlardan keng foydalanish,darslikdagi ko`rgazmali qurollardan
kompyuterda foydalanish o`quvchilarni darsga jalb qilishda katta yordam beradi.
Uch tomonlama, ya`ni o`qituvchi, o`quvchi va kompyuter birgalikdagi
faoliyati ko`pgina qulayliklarni keltirib chiqaradi. Ya`ni o`quv jarayonida
o`qituvchi va o’quvchi hamkorligi o`rnatiladi, ular fikr almashadi. O`quvchilarga
bilim olishning turli ko`rinishi o`rgatiladi, ularning ilm olish jarayoni ilmiy
xarakterga ega bo`ladi,yangi materiallarni o`zlashtirishlari osonlashadi.
|