tanlanadi, talabalarning bir-biriga psixologik
mosligi hisobga olinadi;
kichik guruhdagi har bir talaba (o’quvchi) individual ko’rsatkichi
(bilim darajasi) aniqlanadi va unga mos individual ishlar belgilanadi;
kichik guruhda talabalarning
bir-biriga yordam berishi, kuchli
o’quvchining boshqa o’quvchilarga yordam berishiga mas’uliyat yuklatilishi,
talabalarning individual ko’rsatkichining o’sishi
vaqti-vaqti bilan muhokama
qilinadi va chora- tadbirlar belgilanadi.
Talabalarning xamkorlikda ta’lim olishi metodi zamonaviy pedagogik
texnologiyalarining asosiy metodlaridan xisoblanadi va talabalarning o’quv-
metodik kompleksi asosida ma’lumotlarning axborot banki, nazorat-
sinov banki,
masofadan turib ta’lim olish, talabalarning mustaqil ishlarini to’g’ri
tashkillashtirish kabi muammolarning echilishida qo’l keladi. Natijada talabalarni
o’zini - o’zi boshqarish, o’zini - o’zi
nazorat qilish, o’zini - o’zi aqliy rivojlantirish,
o’zini - o’zi anglash kabi pedagogik muammolarni echish mexanizmlari yaratiladi.
Turli xil murakkablik darajalaridagi nazorat topshiriqlari echimi to’g’risida
xar bir kichik gurux a’zolarining fikrini tinglashning quyidagi shakllaridan
foydalanish mumkin: